|
Html 1-dars
|
bet | 1/5 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 5,95 Mb. | | #132880 |
Bog'liq Individual loyiha 1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING DASTURIY TA’MINOTI KAFEDRASI
INDIVIDUAL LOYIHA 1
MAVZU: HTML, CSS, JavaScript texnologiyalarini qo’llagan holda
kalkulyator ilovasini yaratish.
Bajardi: DI-11-21 guruh talabasi
Abraxmatov Ozodbek
Qabul qildi: Nosirov Baxtiyor
Ball (baho) _____________
Kommisiya a’zolari: ______ ________________
______ ________________
Qarshi 2023
MUNDARIJA
K I R I S H………………………………………………………………. 3
I. Bob. ASOSIY (NAZARIY) QISM…………………………………….. 4
1.1. HTML va uning ishlatilishi………………………………………. 4
1.2. CSS va undan foydalanish……………………………………….. 9
1.3. JavaScript dasturlash tili haqida ………………………………… 13
II. Bob. AMALIY (DASTURIY) QISM……………………………….. 14
2.1. Masalaning qo’yilishi…………………………………………... 14
2.2. loyihaning dasturiy kodi va natijasi………………….. 20
XULOSA………………………………………………………………… 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….. 31
K I R I S H
“Axborot texnologiyalari vazirligi nafaqat o‘z tarkibidagi korxonalar bilan, balki barcha tarmoq va hududlarda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bilan bevosita shug‘ullanishi shart”, — deydi prezident.
Endilikda vazirlik rahbariyati har hafta tumanga, qishloqqa, mahallaga, korxonalarga borib, joylardagi muammolarni o‘rganadi va hal etib boradi. Har bir vazirlik, idora va hokimlarning IT’ga mas’ul o‘rinbosari AKT vaziriga bo‘ysunadi, ularning ishi har chorakda aniq natijalarga qarab baholanadi.
Davlat rahbari O‘zbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qo‘ygan. Buning uchun:
IT eksportini yil yakuniga qadar kamida 100 million dollarga yetkazish;
ichki IT xizmatlari hajmini yiliga kamida 50 foizga o‘sishini ta’minlash;
joriy yilda qolgan 6 ta hududda ham IT-parklarni to‘liq ishga tushirish va malakali kadrlar ta’minlash;
qolganlarida kamida 20 tadan kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va 5 ming nafar yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
2020-yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis oldida nutq soʻzlab, unda 2020-yilni “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qildi. Prezidentimiz oʻz murojaatida erishilgan natijalar haqida gapirib oʻtdi va kelgusi 5 yil ichida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalarni, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Parlamentining vazifalarini ham belgilab berdi.
Oʻz nutqida u axborot texnologiyalari sohasiga ham alohida toʻxtalib oʻtdi:
“Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va axborot texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirishimiz kerak, bu esa bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa yoʻldan borishimizga imkon beradi. Bugungi dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol oʻynamoqda.
2019-yilda “Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” boʻyicha mamlakatimiz 8 pogʻonaga koʻtarilganiga qaramay, biz hali ham bu sohada juda orqada qolmoqdamiz. Aksariyat vazirliklarimiz va idoralarimizda, koʻpchilik korxonalarimizda hali ham raqamli texnologiyalar toʻlaqonli joriy etilmagan desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, katta mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini barchamiz juda yaxshi bilamiz. Ammo, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz bu ishni bugun boshlashimiz kerak, aks holda ertaga juda kech boʻladi. Shu sababli raqamli iqtisodiyotga jadal oʻtish kelgusi besh yil uchun eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi.
Maʼlumki, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulotlar va xizmatlar sifatini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi, balki meni juda qattiq tashvishga soladigan eng jiddiy muammo – korrupsiyaga qarshi kurashda ham samarali vosita hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi davlat va jamiyat boshqaruvining samaradorligini oshirishga, ijtimoiy sohani rivojlantirishga, bir soʻz bilan aytganda, odamlar hayotini tubdan yaxshilashga yordam beradi”.
|
| |