Html 1-dars




Download 5,95 Mb.
bet2/5
Sana09.01.2024
Hajmi5,95 Mb.
#132880
1   2   3   4   5
Bog'liq
Individual loyiha 1

I.NAZARIY QISM
1.1. HTML va uning ishlatilishi
HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (inglizcha: Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro turda ishlatiladi.
HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (tasvirtovushanimatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi.
HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:

  • Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, ro'yxat va hokazo).

  • Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay bo'lib o'zaro bog'langan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.

  • Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift ko'rsatkichlarini belgilash.

  • Maxsus belgilar qo'yish. ASCII kodirovkasida ko'rsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qo'yish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar.

  • Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.

  • Multimedia fayllarini ochish.

  • Boshqa imkoniyatlar



Internetning WWW hizmati, asosan, wyeb-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug‘ulishi tabiiy. Wyeb-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (wyeb-sahifa) tayyorlash uchun Windows’ning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari “<” ва “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg (inglizcha tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi.
Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglarni yuqori yoki quyi registrdagi lotin alifbosi harflari yordamida yozish mumkin, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo‘linadi:

Download 5,95 Mb.
1   2   3   4   5




Download 5,95 Mb.