• Namangan-2017
  • – laboratoriya ishi
  • Umumiy mahlumotlar
  • Metalqirqish dastgohlarida ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari
  • Ish tugagandagi xavfsizlik texnikasi qoidalari
  • Namangan muhandislik-texnologiya instituti




    Download 109.48 Kb.
    bet1/25
    Sana03.03.2024
    Hajmi109.48 Kb.
    #165996
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    1-лаборатория иши-fayllar.org
    photo 2023-07-31 12-11-26, 2 kurs 631tayyor, the interum years, Abdumutalov Boburjon, 5 amaliy mashg’ulot. Dasturiy ta’minot dizayni va amaliy ko’rini-fayllar.org, Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari (Q.Odilov), Academic-Data-392221101457, Наманган вилоят Косонсой туман КЕЙС , O‘zbekistonning ma’danli konlari haqida qisqa ma’lumot, NIshonova.d kurs ishi (2), xasanov testi, РАСМИЙ ОГОХЛАНТИРИШ ХАТИ, 140741, nb 6

    1-лаборатория иши


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI



    Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi


    Texnologik vositalarni hisoblash va loyixalash
    fanidan 5320300 – Texnologik mashina va jihozlar ta`lim yo’nalishi uchun laboratoriya ishlarini bajarishga oid


    USLUBIY KO’RSATMA

    Namangan-2017

    «Texnologik vositalarni hisoblash va loyixalash» fanidan laboratoriya ishiga uslubiy ko´rsatma 5320300 - Texnologik mashina va jihozlari bakalavriat ta`lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo´lib, unda 8 ta laboratoriya ishi berilgan. Har bir laboratoriya ishida ishni bajarishga doir uslubiy ko´rsatmalardan tashqari mavzuga oid qisqacha nazariy ma`lumotlar xam keltirilgan.


    Tuzuvchi: k.o’q. M.E. Kabulov
    Г. Хасанова (3ау-14 гурухи талабаси)
    Takrizchilar: NamMPI «Tehnologik mashina va jihozlar»

    kafedrasi mudiri: dots. G. Payziev.


    NamMTI «Tehnologik mashina va jihozlari» kafedrasi dotsenti A. Burhanov

    Uslubiy ko’rsatma «Texnologik mashina va jihozlar» kafedrasi yig’ilishida muhokama qilingan.


    Bayonnoma № « 2017 y.
    Institut uslubiy Kengashining 2017 y « » avgustdagi majlisida muhokama qilingan va foydalanishga ruxsat etilgan. Bayonnoma №

      1. laboratoriya ishi



    METALL QIRQUVCHI DASTGOXLARDAGI XARAKATLAR
    Ishning maqsadi:
    1. Metallarni qirqib ishlashdagi xavfsizlik texnikasining umumiy qoidalarini o’rganish.


    2. Turli dastgohlarda metallarni qirqib ishlashda bajariladigan harakatlarni o’rganish.


    Umumiy mahlumotlar

        1. Ish joyida bajariladigan xavfsizlik texnikasi qoidalari:

      1. Korjomani (kombenizon, xalat, bosh kiyim) kiyib olinadi. Korjomani barcha tugmalari taqib yoki bog’lagichlari bog’lab olinadi. Soch bosh kiyimini ostiga yig’ishtirib olinadi. Kiyim boshning osilib turgan qismlari bo’lmasligi kerak.


      2. Dastgoh salt (xolostoy) yurgizilib, uning harakatlanuvchi qismlarining ravon harakatlanishi tekshirib ko’riladi.


      3. Dastgoh korpusining va elektrodvigatelining yerga ulanish moslamasining sozligi tekshirib ko’riladi.


      4. Tezliklar va uzatmalar qutisidagi richaglar va limblarni sozligi, ihota va ehtiyot qismlari, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligini, knopka, rubilnik, yurgizib yuborgichlarni ishlashini tekshirib ko’riladi.


      5. Ishga halaqit beradigan barcha narsalar chetga olib qo’yiladi.


      6. Qirindi uchun cho’tka-supurgi va kurakcha oyoq ostiga qo’yiladigan taglik (trap) borligi tekshirib ko’riladi.


      7. Qilinadigan ishlar to’g’risida o’qituvchining yoki o’quv ustasining ko’rsatmalarini diqqat bilan tinglanadi.



        1. Metalqirqish dastgohlarida ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari:

      1. Ish o’rnini qirindi, moydan o’z vaqtida tozalab turiladi.


      2. Dastgohda ustida detallar, zagotovkalar, asboblar, mahkamlash detallari hamda artish materiallari turmasligi kerak.


      3. Patronga, tiskiga va moslamalarga zagotovka to’g’ri o’rnatilishi va puxta mustahkamlanishi lozim.


      4. Ishlov berilayotgan zagotovkani qo’l bilan tutib turish mumkin emas.


      5. Patronga zagotovka yoki asbob mahkamlangandan keyin buragichni patronda qoldirmaslik kerak.


      6. Aylanib turgan shpindel, patron, zagotovka yoki asbobni qo’l bilan to’xtatish yaramaydi.


      7. Materiallarga ishlov berishda himoya ko’zoynagi taqib olish yoki organik shishadan yasalgan himoya to’sig’i o’rnatish zarur.


      8. SHpindelning aylanish tezligi belgilangan mehyorga yetganidan keyingina kesuvchi asbobni zagotovkaga asta sekin keltirish kerak.


      9. Kesuvchi asbob singanda, mahkamlash detallari bo’shab qolganda va boshqa nuqsonlar payqalganda dastgoh darxol to’xtatilishi lozim.



        1. Ish tugagandagi xavfsizlik texnikasi qoidalari:

      1. Dastgoh elektr tarmog’idan o’chiriladi.


      2. Ilmoq va cho’tka yordamida dastgoh qirindidan tozalanadi.


      3. Dastgohning ishqalanuvchi bazalari artib tozalanadi va ularga yupqa qilib moy surtiladi.


      4. Asboblar, moslamalar va kerakli asboblar tozalanadi va shkafdagi joy-joyiga qo’yiladi.


      5. Qirindi va ishlatib bo’lingan artish metariallari maxsus yashiklarga solib qo’yiladi.



    Download 109.48 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 109.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-texnologiya instituti

    Download 109.48 Kb.