Ma’ruza № Mavzu: Ishlab chiqarishda yog‘och qirindili plitalarni qo‘llash




Download 67.66 Kb.
Sana28.03.2024
Hajmi67.66 Kb.
#180286
Bog'liq
Maruza 5
Mavzu Korxonalar bankrotligini oldini olish va uni moliyaviy so-hozir.org

Ma’ruza № 5.
Mavzu:Ishlab chiqarishda yog‘och qirindili plitalarni qo‘llash
Yog‘och qirindili plitalarni ishlab chiqarishda bog‘lovchi modda sifatida termoreaktiv sintetik smolalar xizmat qiladi. Bunday smolalar quyidagi shartlarni bajarishi lozim:
a) smolaning mumkin bo‘lgan eng kam sarfida yog‘ochning alohida bo‘lakchalarini o‘zaro qattiq yopishtirishi, ya’ni yog‘ochga yaxshi adgeziyaga ega bo‘lishi;
b) plitalarning issiq presslashda tez qotishi va uzoq muddat xizmat qilishi;
v) plitalarning suvga chidamlilik bo‘lishi;
g) oqish rangli bo‘lishi, chunki to‘q rangli smolalar plitalarni bo‘yab, keyin ularni fakturasiz qo‘llab bo‘lmaydi;
d) hidsiz va toksik aralashmalarsiz bo‘lishi.
Bu shartlarga ko‘ra ko‘proq fenol va karbamid smolalar mos keladi. Fenol smolalar karbamidga qaraganda, plitalarga suvga chidamlilik beradi. Shu bilan birga, karbamid smolalar fenol smolalardan arzon, shuning uchun ularni yog‘och qirindli plitalar tayyorlashda ishlatilishi foydalidir.
Plitalar xususiyatini yaxshilash uchun xom ashyo aralashmaga gidrofobizatorlar, antiseptik va antipirenlar qo‘shiladi. Plitalarning suv shimuvchanligini 5-6% gacha kamaytirish va suvga chidamlilikni oshirish uchun gidrofob qo‘shilmalar sifatida parafinli suv emulsiyasi ishlatiladi. Antiseptiklar sifatida ftorli natriy, natriy pentaxlorfenoliyat va boshqa moddalar xizmat qiladi. Antipirenlar – bu oltingugurt va fosfor kislotalarining ammoniy tuzi yoki buradir.
Davriy presslash usuli bilan
Yog‘och –qirindili bir qatlamli plitalar ishlab – chiqarish
texnologik sxemasi
Yog‘och Smola

Bo‘ktirish Gidrofobizator qo‘shish
Issiq suv basseyni (parafinli emulsiya)

Po‘stloqdan ajratish Antiseptiklar qo‘shish


Po‘stoq ajratuvchi baraban (Na F va boshqalar)

Shoxlarni arralash Antipirenlarni qo‘shish


Balansirli arra (NH4)2 SO4 va boshqalar

Qirindi olish Yelemli aralashma


Qirindi stanogi tayyorlash

Qirindilarni quritish Yelemli aralashma miqdori


Quritish uskunasi


Qirindi seperatsiyasi


Seperator

Aralashtirish


Aralashtirgich

Plitalarga shakl berish


Nastilkali mashina

Plitalarni presslash


Ko‘p qatorli press

Plita yuzasini bezash



Plitalar ombori

Tolasimon massani olish yog‘ochdan po‘stini shilish, shoxlarni kesish, maydalash va tolasimon massani hosil qilish, navlashdan iborat.


Izolyasion plitalarni tayyorlash tolasimon massaga shakl berish va quritishdan iborat.
Qattiq plitalar quritilgandan so‘ng yoki quritishsiz termik qayta ishlanadi, bu issiqlik presda preslash va alohida kameralarda “aklimatizatsiya” lash bilan amalga oshiriladi.
Yog‘och tolali plitala ishlab chiqarish texnologik sxemasi quyida keltirilgan.

Yog‘och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologik sxemasi


chiqindi yog‘ochlar, qirindilar


Yog‘ochni po‘stidan ajratish


Po‘st ajratuvchi baraban

Shoxlarni aralash


Mexanik kolumlar

Yog‘ochlarni tayyorlash
Yoruvchi mashinalar

Tola olish


Difibrator yoki rafinerlar

Gidro massani olish


Massali baseyenlar

Gidro massani to‘yintirish


Massali baseynlar
Gidro massani qo‘yiltirish
Quyultiruvchilar

Gidro massaga shakl berish


Quyuvchi mashinalar

Quritish Issiq presslash


Ko‘p yarusli Ko‘p qatlamli press

quritish uskunalari

Mexanik qayta ishlov Akklimatizatsiya



Formatli stanoklar Akklimatizatsiya kamerasi

Izolyasion plitalar Mexanik qayta ishlov



Formatli stanoklar

Plitalarni bo‘yash



Bo‘yoq sepish asbobi



Izolyasion plitalar Qattiq plitalar

Tayyor mahsulot ombori


Yog‘och tolali plitalarga ishlov berish. Yog‘och tolali plitlarning barcha turlari oson mexanik qayta ishlanadi: plitalarni kesish, arralash, hamda unga mix qoqish mumkin. Plitalar yuzasini o‘rnatilgandan so‘ng, bo‘yash yoki oboylar bilan yelimlash mumkin. Yog‘och tolali plitalarning turi va vazifasiga ko‘ra, izolyasion plitalar yuzasi, odatda to‘siq konstruksiyalar ichida ishlatiluvchi plitalar qayta ishlanmaydi.


Oshxona, vanna va yuvinish xonalari devorlarini bezash uchun qattiq plitalar ishlab chiqarish jarayonida sintetik smolalar bilan to‘ydiriladi va suvga chidamli emal bilan qoplanadi. Natijada plitalar chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, keramik plitali devorlarni eslatadi.
Suvga chidamlilik. Yog‘och tolali plitalarning barcha turlari gigroskopikdir va suv shimadi; yuqori suv shimish xususiyati va gigroskopiklik izolyasion plitalarning katta g‘ovakgi natijasidir. Shimilgan namlik plitalar sifatini buzadi: ular shishadi, o‘z o‘lchamlarini o‘zgartiradi, mustahkamlik kamayib, issiqlik o‘tkazuvchanlik o‘sadi. Bundan tashqari, bunday plitalar yog‘ochni yemiruvchi uy zamburug‘lari rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Suvga chidamlilikni oshirish uchun tolasimon massani gidrofob moddalar bilan to‘ydiriladi.
Akustik xossalar. Yog‘och-tolali plitalarni ko‘pincha qurilishda akustik maqsadlar uchun ishlatiladi. Izolyasion plitalarni tovush izolyasiyasi uchun ham, tovush yutish uchun ham ishlatish mumkin. Tovush yutuvchi konstruksiyalarda asosiy qatlam izolyasion yog‘och-tolali plitalar, mineral yoki shishavand paxtali mahsulotlardan bajarilib, qattiq plitalar yordamchi (oblitsovka) material sifatida xizmat qilishi mumkin.
Yog‘och tolali plitalardan tayyorlangan tovush yutuvchi konstruksiyalar bir qatlamli va ikki qatlamli bo‘lishi mumkin: birinchi holda ular teshilgan izolyasion plitalarning faqat bir qatlamidan, ikkinchi holda esa teshik plitalarning ikkitasi o‘zaro yopishtirilgan bo‘ladi. Bunday konstruksiyadagi 12,5-16 mm qalinlikdagi izolyasion plitalar tovush yutuvchi qatlam, 3-4 mm qalinlikdagi qattiq plitalar ko‘pincha dekorativ harakterga ega tashqi qoplamani o‘zida aks ettiradi. Ikki qatlamli plitalar 0,4 dan kam bo‘lmagan o‘rtacha tovush yutish koeffitsientiga (200 dan 2000 gs gacha) ega bo‘lishi kerak. Bir qatlamli tovush yutuvchi plitalar sifatida hajmiy og‘irligi 250-300 kg/m3 bo‘lgan izolyasion – bezakli plitalar eng qulay hisoblanadi. Teshilgan plitalarda o‘rtacha tovush yutish koeffitsienti (200 dan 2000 gs gacha) 0,4 dan kam emas, ariqchali plitalarda esa 0,3 dan kam emasdir.
Hajmiy og‘irligi 180 kg/m3 va qalinligi 32 mm bo‘lgan maxsus akustik plitalarning tovush yutish koeffitsienti 0,98 gacha etishi mumkin. G‘adir-budur yuzali plitalar silliq plitalarga nisbatan tovushni yaxshi yutadi. Tovush izolyasiyasi maqsadi uchun qoplama materiallar sifatida izolyasion yoki yaxshisi, 20 mm qalinlikdagi izolyasion-bezakli plitalar ishlatilishi mumkin.
Download 67.66 Kb.




Download 67.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza № Mavzu: Ishlab chiqarishda yog‘och qirindili plitalarni qo‘llash

Download 67.66 Kb.