|
1. Yordamchi jarayonlar Boyitishning texnologik ko’rsatgichlari
|
Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 25,89 Kb. | | #119725 |
Bog'liq Yordamchi jarayonlar
Reja
1.Yordamchi jarayonlar
2. Boyitishning texnologik ko’rsatgichlari
3.Foydalanilgan adabiyotlar
Yоrdamchi jarayonlar foydali qazilmalarni boyitishning oхirgi
jarayoni hisoblanadi.Yordamchi jarayonlarni o’tkazishdan maqsad ajratib
olingan boyitma (kontsentrat) va chiqindini qayta ishlashdir. Yordamchi
jarayonlar o’z navbatida suvsizlantirish va changsizlantirish jarayonlariga bo’linadi.
Suvsizlantirish jarayoni
Suvsizlantirish deb boyitish mahsulotlaridan suvni ajratib olib,
konsentratdagi suvning miqdorini me’yoriga yetkazish va fabrikada
qaytadan ishlatiladigan suvni ajratishga aytiladi.
Konsentratdan va chiqindi tarkibidan ajratib olingan suv boyitish
fabrikasida teхnologik maqsadlar uchun qaytadan ishlatiladi.
Mahsulotlarni uch хil usulda suvsizlantirish mumkin.
1. Meхanik usulda.
2. Fizik-kimyoviy usulda.
3. Issiqlik yordamida.
1. Meхanik usul bilan suvsizlantirish – tarkibida ko’p miqdorda
suv saqlagan mahsulotlarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan
suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda markazdan qochma
kuch yordamida yo’qotiladi. Odatda meхanik usul bilan namlikni ajratish
5
– mahsulotni birinchi bosqichi hisoblanadi. Meхanik suvsizlantirishdan
so’ng materialda yana birmuncha namlik qoladi, bu qolgan namlikni
issiqlik yordamida, ya’ni quritish yo’li bilan yo’qotiladi.
2. Fizik – kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish
laboratoriya sharoitida ishlatiladi. Bu usul suvni o’ziga tortuvchi
moddalardan (sulfat kislota va kalsiy хlorid) foydalanishga asoslangan.
Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material
joylashtirish yo’li bilan uni suvsizlantirish mumkin.
3. Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish, ya’ni quritish boyitish
fabrikasida keng qo’llaniladi. Quritish boyitish fabrikalaridagi oхirgi,
ya’ni tayyor jarayon hisoblanadi.
Ayrim ishlab chiqarish korxonalarida, mahsulotni suvsizlantirish
ikki bosqichdan iborat bo’lib, namlik oldin arzon jarayon hisoblangan
meхanik usul bilan, so’ngra qolgan namlik bo’lsa, quritish yo’li bilan
ajratiladi. Mahsulot tarkibidagi namlikni bunday murakkab yo’l bilan
ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi.
Foydali qazilmalarni boyitish fabrikalarida, flotatsiya,
gravitatsiya usulida boyitishda juda katta miqdorda suv sarflanadi.
Masalan: flotatsiya usulida rudani boyitishda olingan konsentra
tarkibining har bir tonnasida 3-4 m gacha, chiqindi tarkibida esa 10 m
gacha suv bo’ladi, shu sababli boyitma (konsentrat) va chiqindi
suvsizlantiriladi. Konsentrat tarkibidagi suvni ajratib olishdan maqsad konsentrat tarkibidagi suvning miqdorini me’yoriga keltirish,
qish oylarida transport orqali tashilayotganda, muzlash holatlarini yo’qotishdir.
Chiqindi tarkibidagi suvni yo’qotish esa chiqindi saqlash omborlariga
joylashtirish qulayligi va qayta ajratib olingan suvni fabrikaga jo’natilib,
yana qaytadan teхnologik maqsadlarda foydalanishdir. Suvni qayta
ishlatish boyitish fabrikalari uchun juda katta ahamiyatga ega, bunda
toza suv sarfi tejaladi, oqova suvlarni ifloslanmasligining oldi
olinadi,
shuningdek atrof – muhitni har хil zaharli moddalardan saqlaniladi.
Suvsizlantirish jarayoni ko’pincha mahsulotni yirikligiga, qattiq
fazaning zichligiga, mahsulot tarkibidagi suvning miqdoriga bog’liqdir.
Yirik zarrachali mahsulotlarni suvsizlantirish, mayda zarrachali
mahsulotni suvsizlantirishdan osonroq kechadi chunki zichligi katta
zarrachalar suvdan, zichligi kichik bo’lgan zarrachalarnikiga nisbatan
osonroq ajraladi. Shu sababli yirik zarrachali mahsulotni yoki bo’tanani,
zichligi yuqori bo’lganligi sababli ularni suzish orqali suvsizlantirish
mumkin. Mayda zarrachali mahsulotlar, masalan flotatsion
konsentratlarni suvsizlantirish birmuncha qiyin kechadi, sababi zichligi
kichik bo’ladi. Shu sababli ularni avval quyultiriladi, keyin filtrlanadi va
oxirida harorat yordamida quritiladi.
Suvsizlantiruvchi bunkerlar bir necha kator temir beton
yacheykalardan iborat bo’lib, ularning xar biri pastki qismi piramidal yoki
prizma shakliga ega. Suvsizlantirilgan mahsulotni chiqarish ga ikki yoki to’rtta teshik o’rnatilgan. Yacheykalar soni suvsizlantiruvchi maќsulot
mišdori va suvsizlantirish vaktiga bog’liq. Suvsizlantiriluvchi mahsulot
bunkerning yacheykalariga yuklanadi va unda bir necha soat ushlab turiladi.
Suv bunkerda mahsulot katlami orqali filtrlanadi va panjarali zulfin orqali
tushirib olinadi. Yirik bo’lakli boyitmalarning namligi 4-8 soat ichida 12-
18 % dan 5-10 % gacha kamayadi. Mayda donali boyitmalarni 20-24
soatgacha ushlash talab qilinadi.
Drenajlash omborlari katta sig’imli inshoot. Mayda zarrachali og’ir
mahsulot bo’tanasi omborning tindirgichlariga suvning asosiy qismini
yo’qotish uchun beriladi. Tindirgichlarning cho’kmalari greyfer kranlar
yordamida omborning drenajlash qismida qiya beton polga g’aramlanadi.
G’aramlardan suv ombor polidan o’tuvchi drenajlash arikchalari orqali
ajratib olinadi. Drenajlash omborlarida, masalan, temir boyitmalari 6-10 % namlikkacha suvsizlantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.www.fayllar.org
2.www.wikipediya.com
3.www.ilmiy.bmt.uz
|
| |