• 1. Boshoqning shakli
  • 2. Boshoqning zichligi
  • Quyida javdarning eng muhim navlarining tavsifi keltirilgan. Qirgizskaya—1.
  • Tetraploidnaya.
  • Tritikalening asosiy xususiyati
  • Mavzu: Javdar va tritikalini yetishtirish texnologiyasi




    Download 4.97 Kb.
    Sana13.04.2023
    Hajmi4.97 Kb.
    #50875
    Bog'liq
    Mavzu Javdar va tritikalini yetishtirish texnologiyasi Javdarni-fayllar.org
    2-lab, 21-мавзу (2), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T, Tarix Savollar UZB 9, Muxammadiyeva Marjona KURS ISHI 111!, 2-nb (2), kjk, Tizimlar va Signallarni qayta ishlash, Firma foydasini aniqlash va maksimallashtirish Reja Firma darom, Nukus davlat pedagogika instituti kelishilgan , 01. 9-sinfdan test, O’zbekiston Respublikasida mehnat bozorining shakllanishi va ish-fayllar.org, 1-amaliy matematika analiz, 2 - amaliy Scratch. SANJAR

    Mavzu: Javdar va tritikalini yetishtirish texnologiyasi Javdarning asosiy xususiyati

    Mavzu: Javdar va tritikalini yetishtirish texnologiyasi


    1.Javdarning asosiy xususiyati.
    2.Javdar navlarining xususiyatlari
    3. Tritikalening asosiy xususiyati.
    REJA
    Javdar yettita tumi o'z ichiga olgan Secale avlodiga kiradi. Shu turlardan dehqonchilikda faqat bitta tur — S.cereale L. ekiladi. N.I. Vavilov fikriga ko‘ra, yowoyi javdar bilan bug'doy tog'da birgalikda o'sganida ular o'rtasidagi raqobat natijasida yowoyi javdardan madaniy javdar kelib chiqqan.
    Yowoyi javdar sovuqqa ancha bardosh beradigan birmuncha chidamli o'simlik bo‘lib, noqulay sharoitga kamroq chidamli bo'lgan bug'doyni ekinlar orasidan siqib chiqarishi va shu tariqa faqat o'zi o'sishi mumkin. Bug'doy barham topib ketgan, javdar esa hosil beravergan, bu hosildan qadimgi dehqonlar foydalanganlar.
    Javdarning seleksiya yo'li bilan chiqarilgan barcha navlari vulgare (vulgare-oddiy) turiga kiradi. Bu tur xiliga kiradigan javdar boshog‘ining oq rangdaligi va murt bo‘lmasligi, donining va tashqi gul qobig'ining po'stsiz bo'lishi bilan tavsiflanadi. Javdarning navlari quyidagi asosiy belgilariga qarab farq qiladi.
    1. Boshoqning shakli: prizmasimon boshoq — bu xildagi boshoqning old va yon tomonlari bor bo'yiga bir xil kenglikda bo'ladi (yeng uchi bir oz toraygan bo'lishi mumkin); duksimon-bunday boshoqning asosida old tomon yon tomonidan enliroq bo'ladi, cho'ziq-ellipssimon boshoq — bunday boshoqning old tomoni o'rta qismida birmuncha enli bo'lib, uchi bilan asosiga tomon torayib boradi.
    2. Boshoqning zichligi, xuddi bug'doydagi kabi, bittasi chegirib tashlangan boshoqchalar sonini boshoq o'zagining santimetrlar hisobidagi uzunligiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Boshoqning zichligi: yuqori — 4,0 va bunday yuqori; o'rtachadan yuqori — 3,6—3,9; o'rtacha — 3,2—3,5; past (yumshoq boshoq) — 3,2 dan past bo‘ladi.
    3. Doni: rang jihatidan har xil tovlanadigan yashil, sariq, jigarrang, sariq-yashil, kulrang; 1000 donasining vazni jihatidan yuqori — 28 g va undan ortiq: o‘rtachadan yuqori — 24—27,9 g; o‘rtacha — 20—23,9 g; o‘rtachadan past — 16—19,9 g; past — 15,9 g bo‘ladi.
    Quyida javdarning eng muhim navlarining tavsifi keltirilgan.
    Qirgizskaya—1. Qirg‘iziston dehqonchilik ilmiy tekshirish institutida chiqarilgan. Biologik jihatdan kuzgi, vegetatsiya davri 195 kun, tuplanuvchanligi 4,9 o‘simligining bo‘yi 84— 101 sm, serbarligi 60-69 %. Bu nav sariq zang kasalligiga chidamli, tupi yotib qolishga o‘rtacha chidamli bo'lib, kam kasallanadi, ko‘kat massasining oziqlik sifati yaxshi. Ko‘kat vazni va pichan hosili yuqori. U ko‘kat oziq olish uchun barcha lalmikor zonalarda hududlashtirilgan.
    Pamirskaya. Qozog‘istondagi Krasnovodapad seleksiya stansiyasida chiqarilgan, biologik jihatdan kuzgi, o‘simligining bo‘yi 155—163 sm, serbarligi 47—57 %, vegetatsiya davri 159—165 kun. Sariq zang kasalligi bilan kam kasallanadi, poyasi yotib qoladi, ko‘kat vaznining oziqlik sifatlari yaxshi. Ko‘kat vazn va pichan hosili yuqori. Sug‘oriladigan yerlar ekish uchun tavsiya etish mumkin.
    Tetraploidnaya. 0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Botanika institutida seleksiya yo‘li bilan chiqarilgan. Bu nav biologik jihatdan kuzgi bo‘lib, o‘simligining bo‘yi 151— 166 sm, serbarligi 53—61 %, vegetatsiya davri 165—168 kun. Kasalliklarga chidamli. Yuqori ko‘k massa va pichan hosili olinadi sug‘oriladigan yerlarga ekish uchun tavsiya etish mumkin.
    Tritikale – bug‘doy va javdar xususiyatlarini mujassam etgan o‘simlik, g‘alla ekini. Tritikalening kuzgi va bahorgi shakllari mavjud. Ildizi yaxshi rivojlangan, tuproqqa 1,5-2,0 m gacha kirib boradi, murtak ildizlari 6 ta, poyasi nisbatan baland (90-150 sm), boshog‘i uzun (10-15 sm), doni yirik. Boshog‘ining tashqi gul qobig‘ida qiltanoq o‘sadi. Tritikale 5°С va undan yuqori haroratda una boshlaydi, 20°С maqbul hisoblanadi. Kuzda ekiladi. Ekilgandan keyin 5-7 kunda unib chiqadi.
    Tritikalening asosiy xususiyati
    O‘zbekistonda ekiladigan navlarining amal davri 165-200 kun, o‘zidan va chetdan changlanadi. Tritikale yorug‘sevar, uzun kun, namsevar o‘simlik. Unish paytida, nay o‘rash, donlanish va to‘lishish davrlarida suvni ko‘p talab etadi. Tuproq unumdorligiga talabchan emas, yer tanlamaydi, lekin sho‘rlangan, botqoqlangan tuproqlarni yoqtirmadi. Tritikale doni to‘yimliligi bo‘yicha bug‘doy va javdarga nisbatan yuqori. Donida 11-12 %, pichanida 10-11% oqsil bor. Hozirgi kunda O‘zbekistonda tritikalening 6 navi yetishtiriladi.
    Etiboringiz uchun raxmat
    http://fayllar.org
    Download 4.97 Kb.




    Download 4.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Javdar va tritikalini yetishtirish texnologiyasi

    Download 4.97 Kb.