SHakar o‗rnini bosadigan boshqa moddalardan steviozid diqqatga
sazovordir. Bu modda Janubiy Amerikada o‗suvchi Stevia vebaudiana
o‗simligidan ajratib olingan. Bu o‗simlik qora dengiz qirg‗oqlarida ham o‗sib,
yuqori hosil beradi. Bu o‗simlikni barglari juda shirin bo‗lib, atigi 3-4 donasi 1 l
suvni shirin qilib yuboradi.
Bu o‗simlikni o‗stirish mahrum professor
Juraqul Tursunov tomonidan
mamlakatimizning Surxandaryo viloyatida amalga oshirilgan. Endilikda bu
viloyatda steviya o‗simligining birnecha gektarlik plantatsiyasi yaratilgan.
Steviya o‗simligi bargidan shakar o‗rnini bosadigan modda ajratish esa
professor M.M.Raximov tomonidan amalga oshirilgan. Steviozidni molekulasi 3 ta
glyukoza va 1 ta ta‘amsiz aglikondan iborat. Bu moddani toza holda ajratib olish
murakkab bo‗lganligi sababli, uni oziq-ovqat sanoatida keng qo‗llash
imkoniyati
yaratilganicha yo‗q.
Boshqa tipdagi shakar o‗rnini bosaoladigan moddalrdan biri flavonol-7-
glyukoziddir. Bu modda sitrus o‗simliklarida saqlanadi. Bu birikmani uncha
murakkab bo‗lmagan modifikatsiyaga uchratilganda – shakardan ham shirin
bo‗lgan digidroxalkonlar hosil bo‗ladi. Bu birikmalar orasida e‘tiborga loyiqlari –
naringenindigidroxalkon,
neogesperedindigidroxalkon
va
gesperedindigidroxalkon-4-β-D-glyukozid hisoblanadilar. Bu birikmalarni oxirgi 2
tasi saxarozadan 300 marotaba shirinroqdir. Naringenindigidroxalkon
marotaba
saxarozadan shirinroq bo‗lsada, karoq zaharlik xususiyatiga ham egadir. AQSHda
naringenindigidroxalkon sanoat miqyosida ishlab chiqariladi.
Neogesperedindigidroxalkon-4-β-D-glyukozid
sitrus
o‗simliklari
chiqindilaridan (sokini siqib olgandan keyin qolgan chiqindilar) ajratib olinadi.
Taumatin – oqsil tabiatli birikma. Sanoatda taumatin o‗simligini mevasidan
ekstraksiya qilish orqali ajratib olinadi. Bugungacha aniq bo‗lgan shakar o‗rnini
bosaoladigan moddalarni eng shirini taumtin hisoblanadi.
Quyidagi jadvalda sanoatda ishlatiladigan birikmalarni shirinligini
ekvivalenti keltirilgan.
6-jadval