|
S4-iq 21-gurux talabasi Tursunov Zoyir Zokir o’g’lining Raqamli iqtisodiyot fanidan mustaqil ishi
|
Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 2,47 Mb. | | #251220 |
Bog'liq S4-IQ-21 Tursunov Zoyir Raqamli iqtisodiyot . S4-IQ 21-gurux talabasi Tursunov Zoyir Zokir o’g’lining Raqamli iqtisodiyot fanidan mustaqil ishi. Tekshirdi: Z. Jumayeva Mavzu: Sun’iy intellektning rivojlanishi: ijobiy va salbiy jihatlari Sun’iy intellekt insoniyatga nima beradi? - Odatda, robotlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga insonlardek gaplasha oladigan, ularning o‘rniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi. Ammo bu nisbatan kengroq tushuncha. Aslida, mobil qurilmangizdagi dasturlar: google-tarjimon, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni, bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz.
SUN’IY INTELLEKT O‘ZI NIMA? . - Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
- Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
. - XX asrning 80-yillari sun'iy intellekt – kashfiyot deya e'tirof etila boshladi. Olimlar ushbu yo'nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar. 1997-yilda shaxmat bo'yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni mag'lubiyatga uchratgan mashhur shaxmat dasturi – “Deep Blue” yaratildi Sun'iy intellekt infratuzilmani monitoring qilish, katta hajmdagi ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash, texnik hamda tibbiy diagnostika tizimlari, shaxsiy ta'lim traektoriyalarini yaratish, xulq-atvor tahlillari qilishga imkon beradi
- Sun'iy intellektning sohalarga joriy etilishi uchun asosiy sabablar: arzon narxlardagi yuqori samarali hisoblash resurslari. ta'lim uchun katta hajmdagi ma'lumotlarning mavjudligi. sun'iy intellekt mahsulotlari raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. U kompaniyalar xarajatlarini va xavflarni kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatini kengaytirishi hamda boshqa foydali omillar uchun ko'plab vositalarni taklif qila oladi “Sun’iy intellekt isoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. Sun’iy intellekt mehnat nbilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin” “Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, Sun’iy intellekt shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi.
Bu borada Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman. - Ammo nega bu savol boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman” Accenture konsalting kompaniyasi tomonidan 12ta rivojlangan mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2035 yilga kelib sun’iy intellekt yillik global iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ikki baravar oshirishi mumkin. Ushbu o‘sish uchta muhim jihat bilan xarakterlangan bu innovatsion texnologiyalar tufayli mehnat unumdorligining (40 foizgacha) kuchli o‘sishiga olib keladi va ishchi kuchi bilan bog‘liq vaqtni yanada samarali boshqarish imkonini beradi SI yangi virtual ishchi kuchini yaratadi: bu "aqlli avtomatlashtirish" deya nomlanib, muammolarni hal qilish va o‘z-o‘zini boshqarish funksiyalariga ega bo‘ladi. iqtisodiyot turli tarmoqlarga ta’sir ko‘rsatadigan va yangi daromad manbalarini yaratadigan innovatsiyalarning tarqalishidan ham foyda ko‘radi.
McKinsey Global instituti prognozlariga ko‘ra, sun’iy intellekt 2030 yilga borib taxminan 13 trillion AQSh dollari miqdoridagi qo‘shimcha iqtisodiy mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, bu esa global YaIMni har yili taxminan 1,2 foizga oshirish hisobiga amalga oshiriladi. - Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus robotlar bajarishyapti. Olimlar ularning tashqi ko‘rinishini imkon qadar odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda.
Sun'iy intellekt (SI) texnologik sohalarda keskin o'zgarishlarni keltirib chiqarmoqda, bu tizimni yanada samaradorlik va ishlash uchun avtomatlashtirish uchun amalga oshirilishi mumkin. - Hozirgi kunda sun'iy intellekt oddiygina uyali telefoningizdan kasalliklarni aniqlashga qadar yuqori samarali va aniq tizim ishini samaradorligini ta'minlaydigan bir qancha sohalarda foydalanilmoqda.Bugungi kunda SI qayerda ishlatiladi? Quyidagi sohalarda sun'iy intellektdan foydalanamiz. Virtual yordamchi yoki chat-botlar Chakana savdo Xavfsizlik va kuzatuv O'z-o'zini boshqaradigan avtomashinalar Sog'liqni saqlash Harbiy sohada
|
| |