• Intellekt
  • Ularning asosiy xususiyatlari
  • Ekspert tizimlarining strukturasi
  • Ekspert tizimlarining turlari Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari
  • Tashxislovchi ekspert tizimlari
  • Takrorlash uchun savollar
  • Intellektual tizimlar haqida tushuncha. Suniy intellekt texnologiyasi. Ekspert tizimlari




    Download 2,48 Mb.
    Sana22.01.2024
    Hajmi2,48 Mb.
    #142737
    Bog'liq
    Quvondiqov Almanbet TJICHAB21AS


    Mavzu:Sun’iy intelekt.
    Reja:
    • Sun’iy intelekt rivojlanish tarixi
    • Sun’iy intelekt insoniyatga nima beradi
    • Sun’iy intelekt fikirlaydigan mashinalar va ongli robotlar.

    Intellekt - so’zi lotincha «intellestuz» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki fahmlash (aql) ma’nosini beradi. Maqsadga erishishda zarur boʻladigan faktlar va metodlar toʻplamidan iborat.
    Maqsadga erishish – bu faktlarga zaruriy qoidalarni qoʻllash xisoblanadi. Odam bilimlarni fikrlash usulini oʻzgartirmasdan, ma’lum boʻlgan dalillarni esdan chiqarmasdan jamlash.
    Sun’iy intelekt(SI) – bu dasturiy muxitning shunday tizimiki, unda inson tafakkuri kompyuter jarayoniga imitastiyalangan. Sodda qilib aytganda, sun’iy intellekt kompyuterlarni odam kabi o’ylash va echim topishga yo’naltirilgan texnologiya hisoblanadi.
    Intellekt – maqsadga erishishda zarur bo’ladigan faktlar va metodlar to’plamidan iborat.
    Maqsadga erishish – bu faktlarga zaruriy qoidalarni qo’llashdan iborat.
    Ma’lum fan soxasidagi Sun’iy intelekt tizimi ekspert deb ataladi. ET – bu aniq fan soxasidagi mutaxassislarning bilimlarini to’plovchi va kam ixtisoslashgan foydalanuvchilarga konsultastiya uchun tajribani tirajlashtirvchi (nusxasi yozish) murakkab dasturlar kompleksi.
    Bilimlar bazasi - bu ayrim predmet soxalari murakkab vazifalar echimini topish uchun taxlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir.
    ET uchun bilimlarni qabul qilishda shu fan soxasidagi ekspertlar xizmat qiladi.
    Ularning asosiy xususiyatlari:
    1. ET masalani echish uchun yuqori sifatli tajriba va bilimni qabul qiladi;
    2. ETdagi bilimlar doim to’planib va yangilanib boriladi;
    3. ET oldindan aytib berish qobilyatiga ega bo’ladi.
    ET asosliligini qarab chiqamiz, inson tafakkurini va SI tizimini solishtirish.
    Bu tizimlarni afzalliklari va kamchiliklarini taxlil qilib, inson eskpert asosiy afzalliklari, u ko’p soxada, masalan, ijodkorlikda, topqirlikda, ma’lumot uzatishda va umuman mazmunan SIdan ustunlikka ega.
    Ekspert tizimlarining strukturasi
    Oddiy axborotni qayta ishlovchi dasturlardan ETning farqli tomonlari:
    1. An’anaviy komp’yuter dasturlari – ixtiyoriy qo’yilgan masalaga ular doim bir xil jarayonlar ketma-ketligida yondashishadi; ET xar bir qo’yilgan masalaga xususiy echim daraxtini quradi.
    2. ET ixtiyoriy simvolli ifodani qayta ishlaydi. Oddiy dasturlarda maqsad – sonli qiymatlarni xisoblash, o’zgarmaslarni to’plash va xotiradan chiqarish bo’lsa, ET uchun maqsad – ob’ektlar va xodisalar oqimini kuzatishda oldindan asosli ko’rsatmalar va tavsiyalar berishdan iborat.
    3. ET inson tafakkurini, aniqlangan muammolarning faraz qilingan echimlarini imitastiya qiladi, keyin ulardan eng mos, to’g’ri keladiganini tanlaydi. Bunda eng oldin keraksiz echimlarni tashlab yuboriladi.
    Ekspert tizimlarining turlari
    Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan dasturlarni ishlab chiqishga mo’ljallangan.
    Bashoratlovchi ekspert tizimlari o’tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak sstenariysini oldindan aytib beradi, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqaradi.
    Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan xodisalarning normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to’plami taxlil uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon xatti-xarakatdan chetlanish aniqlanadi va tashxis qo’yiladi.
    O’rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan soxada tashxis qo’yish va taxlil etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti-xarakat to’g’risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va xarakat usullarini aniqlash talab etiladi.
    Takrorlash uchun savollar:

    1. Sun’iy intelektni ta’riflang.


    2. Ekspert tizimi nima?
    3. Bilimlar muxandisining vazifalari.
    4. ET loyixalanishining instrumental muxitiga nimalar kiradi?
    5. Ekspert tizimlarining oddiy dasturlardan farqlari.
    Download 2,48 Mb.




    Download 2,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Intellektual tizimlar haqida tushuncha. Suniy intellekt texnologiyasi. Ekspert tizimlari

    Download 2,48 Mb.