|
Plastik kartalarning afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat?
|
bet | 1/4 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #129097 |
Bog'liq Tijorat banklari fanidan YaN savollari (yozma)
Javoblar:
Plastik kartalarning afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat?
1.Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar to‘lovi uchun plastik kartochkalar keng qo‘llaniladi. Aholi uchun ham, banklar uchun ham va chakana savdo uchun ham ulardan foydalanish qulay. Plastik kartochkalarning bir qator afzalliklari bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistonda ulardan foydalanish ko‘pincha turli qiyinchiliklarni tug‘diradi. Asosiy muammo — ba’zi savdo rastalarida terminallarning yo‘qligi va karta ichidagi mablag‘ni naqdlashtirish masalasi.
Plastik kartochkalar — pul muomalasini “raqamlashtirish”ning asosiy qurollaridan biri, insoniyat tarixidagi ulkan ixtiro va yutuq hisoblanadi.
Kartochkalar nima uchun qulay va foydali?
Aholi uchun:
- xarid vaqtida o‘zi bilan katta miqdordagi pulni olib yurishga hojat yo‘q;
- tovar va xizmatlar uchun to‘lovni internet orqali amalga oshirish mumkin.
Chakana savdo uchun:
- naqd pul bilan bog‘liq tartibsizliklar yuzaga kelmaydi;
- mijozlarning sotib olish hajmini oshiradi — qoida tariqasida, ko‘proq xaridor keltirishi mumkin;
- internet orqali savdo hajmi oshadi.
Banklar uchun:
- banklarning depozit bazasini kengaytiradi va ulardan faol operatsiyalari uchun foydalanish mumkin, masalan, kredit sifatida.
Butun jamiyat uchun:
- moliyaviy operatsiyalar yanada shaffoflashadi (soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va noqonuniy faoliyatga barham berish).
Depozitlarni majburiy zaxiralash normasi Depozitlarni majburiy zaxiralash normasi
Pul-kredit siyosati deganda, to‘liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o‘sish, to‘liq bandlikni, baholarning hamda to‘lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko‘rsatiladi:
Hisob stavkasi;
Majburiy zahiralar normasi;
Ochiq bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko‘rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o‘tkazadi, taklifini o‘zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri -majburiy bank zahira me’yorini o‘zgartirish siyosatidir. Majburiy zahiralar - bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zahira normasi ikki asosiy funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo‘lgan zahiralarning eng quyi normasini o‘rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo‘lsa, ortiqcha zahiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo‘li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo‘ladi. Ilk majburiy zahira normalari AQSh da 1865 yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zahirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zahiralari ortadi, bu esa pul taklifining multiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me’yor 25 % bo‘lsa, unda bankka qo‘yilgan 800 so‘mdan 200 so‘m majburiy bank me’yorini tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 so‘mni qarzga berishi mumkin bo‘ladi. Endi faraz qilaylik, me’yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so‘mni qarzga berish imkoniyatiga ega bo‘ladi va boshlang‘ich pul taklifini 720 so‘mga oshiradi.
Majburiy bank zahirasi me’yorini ko‘tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zahiralari qisqarishiga olib keladi. Pul-kredit siyosatini o‘tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir etadi. Turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan
majburiy zahira normalari turlichadir. Yuqori inflatsiya darajasi sharoitida Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo‘lgan bo‘lsa, Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yo‘g‘i -2.5 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy zahiralash normasidagi so‘nggi o‘zgarishlar
Majburiyat valyutasi
|
Muddati
|
Yangi
me’yorlar
(01.10.2018
yildan)
|
01.06.201,
01.10.2018
|
8 yildan - yilgacha
|
|
|
| |