Plastik kartalarning afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat?
Tijorat banklari fanidan YaN savollari (yozma)
Ushbu o‘zgartirishlar: milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarining jozibadorligini oshirishga; iqtisodiyotdagi “dollarlashuv” darajasini kamaytirishga; bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishda bozor mexanizmlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko‘pincha bir necha vosita birdaniga qo‘llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o‘tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Xo‘sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko‘rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o‘sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo‘lgan talabni oshiradi va o‘z navbatida, YaIM miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o‘z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to‘xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi. Pul-kredit siyosatining oqibati to‘g‘risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o‘sishini rag‘batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo‘lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. Monetar va fiskal siyosat. Monetar siyosat- bu davlat tomonidan davlat milliy banki orqali muomalaga tushadigan pul massasini nazorat qilish boshqarish demakdir. Davlatni puliga bo‘lgan talab, taklifini o‘zgartirish borasidagi siyosati. Shu siyosatni o‘tkazish orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solib turadi. Mоnetar siyosatning asоsiy yo’nalishlari Harakatdagi qоnun va qоidalariga muvоfiq O‘zbekistоn Respublikasi Markaziy banki mоliyaviy yil bоshlanishidan 30 kun оldin kelgusi yil uchun o‘zining pul-kredit va mоnetar siyosatining asоsiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va bu haqda Оliy Majlisga axbоrоt beradi. Bundan tashqari, mоnetar siyosat matbuоtda e`lоn qilinadi. Markaziy bankning pul-kredit va mоnetar siyosatining asоsiy yo‘nalishlari iqtisоdiy kоn`yukturaning tahlili va istiqbоl ko‘rsatkichlari, muоmaladagipul massasining iqtisоdiy jihatdanasоslangan chegaralari, valyuta va fоiz siyosatining asоsiy yo‘nalishlari hamda hukumat tоmоnidan keyingi yil uchun belgilangan makrоiqtisоdiy ko‘rsatkichlarning prоgnоz parametrlaridan kelib chiqqan hоlda tayyorlanadi. Mоnetar siyosatning asоsiy yo‘nalishlari samarali bo‘lishini ta`minlash uchun avvalоmbоr, albatta o‘tgan yillardagi mamlakatdagi iqtisоdiy kоn`yunktura har tоmоnlama chuqur tahlil qilinmоg‘i zarur. Asоsiy makrоiqtisоdiy ko‘rsatkichlar, ya`ni ichki mahsulоtning tarkibi, o‘sish yoki kamayish dinamikasi, ularning sabablari o‘rganiladi. Yalpi ichki mahsulоtning qishlоq xo‘jaligidagi, sanоat, ahоliga pullik xizmat ko‘rsatish, investitsiya va qurilish sоhalaridagi o‘zgarishlar va ularning sabablari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, asоsiy makrоiqtisоdiy ko‘rsatkichlardan hisоblangan inflyatsiya va narxlarning o‘sish darajalari, tendentsiyasi va sabalari to‘liq o‘rganiladi. "Fiskal siyosat" - bu hukumatdan korxonalarga mahsulot va xizmatlarni sotib olish va soliqlarni yig'ish orqali iqtisodiyotga ta'sir o'tkazish bo'yicha harakatlarni tavsiflash uchun ishlatiladigan atama. Shuningdek, u pulni qanday ishlatilishi to'g'risida qaror qabul qilishning iqtisodiy niyatiga ishora qiladi.Hukumatlar soliqlarni pasaytiradi va agar kerak bo'lsa, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun xarajatlarni ko'paytiradi; odatda, ular ish o'rinlari va daromadlar va ijtimoiy dasturlarni yaratadigan infratuzilma loyihalariga sarflaydilar. Agar iqtisodiyot yaxshi rivojlanayotgan bo'lsa, u xarajatlarni kamaytirishi va soliqlarni ko'paytirishi mumkin. Ayni paytda korxonalar etarlicha ish o'rinlarini yaratadilar, shuning uchun rasmiylar xususiy sektor tomonidan tovar va xizmatlarga sarflanadigan mablag'ni kamaytirishi mumkin. Download 0,66 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Plastik kartalarning afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat?
|