Milliy iqtisodiyotning turli sohalarda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish




Download 85,5 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2024
Hajmi85,5 Kb.
#148723
  1   2
Bog'liq
Milliy iqtisodiyotning turli sohalarda blokcheyn texnologiyasida-fayllar.org



MILLIY IQTISODIYOTNING TURLI SOHALARDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Reja:

1. Blokcheyn texnologiyalarining yaratilishi va iqtisodiyotga ta’siri
2. Blokchynda tarmoq havfsizligi masalalari.
3. Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.

Blokcheyn texnologiyalarining yaratilishi va iqtisodiyotga ta’siri


Blokcheyn qanday yaratiladi Blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bo‘ladi. Bu ma’lumotlar to‘plami bloklar deb ataladigan va tartibga solingan qaydlar doimiy o‘sib boradigan ro‘yxatda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni kafolatlaydiki, foydalanuvchilarning ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo‘lmydi, yopiq kalitlar mavjudligi esa bloklar zanjirlarining ma’lum bir qisminigina o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda bloklar taqsimlangan zanjirlari nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi. Ba’zida blokcheyn texnologiyasi «qadriyatlar interneti» deb ataladi va biz buni yaxshi metafora deb hisoblaymiz. Har bir kishi internetda axborot joylashtirishi, so‘ngra boshqa odamlar unga dunyoning istalgan nuqtasidan turib ulanish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Bloklar zanjirlari blokcheyn fayli yoki qandaydir qadriyatlar ochiq bo‘ladigan dunyoning istalgan nuqtasiga ma’lumotlar jo‘natishga imkon beradi. 115 Biroq sizda faqat siz «egalik» qiladigan bloklarga kirish imkonini berish uchun kriptografik algoritm bo‘yicha yaratilgan yopiq kalit bo‘lishi lozim. Yopiq kalitni kimgadir berar ekansiz, mohiyatan bu shaxsga bloklar zanjirining mos keluvchi bo‘limida saqlanadigan pul mablag‘larini bergan bo‘lasiz.Bitkoinlar holatida, kalitlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qiymatni ifodalaydigan valyutadagi ayrim summalar saqlanadigan manzillarga ulanish uchun foydalaniladi.


Xuddi shu bilan mablag‘larni o‘tkazishni qayd qilish funksiyasi amalga oshiriladi.Bundan tashqari, yana bir muhim funksiya –ishonchli munosabatlar o‘rnatish va shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash amalga oshiriladi, chunki mos keluvich kalitlarsiz bloklar zanjirini hech kim o‘zgartira olmaydi. Tegishli kalitlar bilan tasdiqlanmagan o‘zgarishlar esa rad qilinadi. Albatta, kalitlar (jismoniy valyuta kabi) nazariy jihatdan o‘g‘irlanishi mumkin, lekin kompyuter kodining bir nechta satrini himoya qilish odatda katta harajatlar talab qilmaydi (masalan, buni mash’ur Fort-Noksda oltin zaxirasini saqlash harajatlari bilan taqqoslang). Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada? Bugungi kunda biz markazlashgan interaktiv internet platformasi orqali axborot almashinishga ko‘nikib qolganmiz. Biroq agar gap moddiy boyliklarni (pulni) o‘tkazish haqida borganda, biz odatda markazlashtirilgan moliyaviy muassasalar (banklar) hizmatlaridan foydalanishga murojaat qilamiz. Internet orqali to‘lovlar usullari amalda bu tarmoq dunyoga kelgan paytlarda paydo bo‘lgan (eng ko‘zga tashlanadigan misollardan biri — PayPal), biroq ular, qoidaga ko‘ra, bank hisobraqami yoki kredit kartasi bilan integratsiya qilishni talab qiladi.Blokcheyn texnologiyasi esa bular singari «ortiqcha bo‘g‘in»lardan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy hizmatlar sektori bajaradigan uch muhim amalni o‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish.Bu holat bank ishida ulkan ahamiyatga molik bo‘ladi, chunki butun dunyoda miqyosida moliyaviy hizmatlar bozori – bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng katta bozordir. Bu tizimning hech bo‘lmasa bir qismini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazish moliyaviy hizmatlar sohasida ko‘p sonli uzilishlarga olib kelishi 116 mumkin, lekin shu bilan bir paytda, bunday hizmatlar samaradorligini sezilarli oshirishga imkon beradi. Blokcheyn texnologiyalarining uchinchi ehtimoliy roli (shartnomalar tuzish) moliya sektoridan tashqarida ham juda foydali bo‘lib chiqishi mumkin. Yana bir valyutaning (bitkoin) muomalaga kiritilishi bilan, blokcheyn texnologiyasidan raqamli ma’lumotlarning har qanday turini, jumladan, kompyuter kodini saqlash uchun foydalanilishi mumkin.Ushbu kod fragmentini shunday dasturlash mumkinki, u ikkala kelishuvchi tomon o‘z kalitlarini kiritgan va shu tariqa shartnoma tuzishga rozilik bildirgan holda tegishli amal bajariladi.
Xuddi shu kodtashqi ma’lumot oqimlaridan axborot olishi (aksiyalar narxi, meteorologiya ma’lumotlari, yangiliklar sarlavhalariva kompyuter tahlil qilishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar)vama’lum bir shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar tuzishi mumkin.Ushbu mexanizm «aqlli shartnomalar» (smart-contract) deb ataladi va uni qo‘llash imkoniyatlari amalda cheklanmaydi.Masalan, termoregulyasiya intellektual tizimi energiya iste’moli haqidagi ma’lumotlarni intellektual elektr tarmog‘iga uzatishi mumkin. Belgilangan miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilinganda boshqa bloklar zanjiri avtomatik ravishda kerakli summani sizning hisobraqamingizdan energetika kompaniyasi hisobraqamiga o‘tkazadi. Natijada hisoblagich ishi avtomatlashtiriladi.Mazkur yondashuv intellektual mulkdan foydalanishni nazorat qilish uchun ham to‘g‘ri keladi: u foydalanuvchiga necha marta axborotga ulanish, u bilan o‘rtoqlashish yoki undan nusxa ko‘chirishga ruxsat berilganini belgilashi mumkin. Undan yana qalbakilashtirishdan himoya qilingan ovoz berish tizimi yaratish, axborotni tsenzura cheklovisiz tarqatish va boshqa amallar uchun foydalanilishi mumkin.Yirik banklar va ayrim davlat strukturalari «blokcheyn»dan taqsimlangan registrlar sifatida ishlatishadi, oddiy «blokcheyn»dan esa axborot saqlash va tranzaksiyalar amalga oshirish usulini tubdan o‘zgartirish uchun foydalanadilar.
Ular maqtovga loyiq maqsadlarni ko‘zlaydilar: tezlik va havfsizlikni oshirish, qiymatni pasaytirish, xatolar sonini kamaytirish, ishdan chiqish va zaiflik markaziy nuqtalarini bartaraf qilish kabi ishlarni amalga oshirishni rejalashtiradilar. Bunday modellarto‘lovlarni amalga oshirish uchun 117 kriptovalyutalardan foydalanishi shart emas.Biroq eng muhim va istiqbolli blokcheynlar bitkoinning Satosi Nakomoto tomonidan ishlab chiqilgan blokcheyni va modeliga asoslanadi. Ular qanday ishlashini quyida ko’rib chiqamiz. Bitkoyn, boshqa har qanday raqamli valyuta kabi, biron joyda faylda saqlanmaydi. U blokcheynda yozilgan tranzaksiyalar bilan ifodalanadi va bitkoin bir rangdagi katta tarmoq resurslari orqali bitkoindan foydalanilgan har bir tranzaksiyani tasdiqlash va uni ma’qullash uchun foydalaniladigan qandaydir butunjahon grossbux kitobi yoki katta jadval kabi boladi. Har qanday blokcheyn, bitkoyndan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’i nazar, taqsimlangan hisoblanadi: u butun dunyo bo‘ylab ushbu tizimga kirgan ko‘ngillilar kompyuterlarida ishlaydi, shuning uchun ham, unda buzib kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar markaziy to‘plami yo‘q. Blokcheyn ommaviydir: uni istalgan kishi istalgan payt ko‘rib chiqishi mumkin, chunki utranzatsiyalar auditi va hisobi bilan shug‘ullanadigan bironta tashkilotga a’zo emas hamdataqsimlangan tarmoqda joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual havfsizlikni ta’minlash uchun ommaviy va xususiy kalitlar (bank yacheykasi uchun foydalanoladigan ikkita kalit tizimi kabi) qo‘llanadigan kuchli shifrlash tizimidan foydalaniladi.
Davlat muassasasi yoki moliyaviy korporatsiyaning vijdonsiz xodimi yoki supermarketlar ulkan tarmog‘ining kuchsiz brandmauerlari haqida qayg‘urishga esa hojat yo‘q. Iqtisodiy tranzaksiyalar yangi raqamli registrini insoniyat uchun muhim va qimmatli bo‘lan istalgan axborotnisaqlash uchun ishlatish mumkin, shu jumladan, tug‘ilganlik haqida, nikoh haqida va o‘lim haqidagi guvohnomalar, oliy ma’lumot haqidagi diplomlar, moliyaviy hisobotlar, tibbiyot kartalari, sug‘urta to‘lovlari uchun murojaatlar, saylovlardagi ovozlar soni, mahsulotlarning kelib chiqishi – kod ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin bo‘lgan istalgan ma’lumotni saqlashga dasturlab qo‘yish mumkin. Yangi platforma dunyodagi hamma narsa haqida raqamli ma’lumotlarni onlayn rejimida birlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, yaqin kelajakda moddiy dunyodagi milliardlab aqlli qurilmalar o‘zgarishlar qabul qilishi va uzatishi, ularga javob qaytarishi, o‘z ehtiyojlarini ta’minlash uchun elektrenergiyasi xarid qilishivamuhim axborotlarni tarqatishi, 118 atrof-muhitni muhofaza qilishdan tortib, bizning sog‘lig‘imiz haqida qayg‘urishgacha bo‘lgan xilma-xil vazifalarni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Hulosa qilib aytganda, «hamma narsa interneti»ga «hamma narsa registri» kerak boladi. Biznes, savdo va iqtisodiyotga ham raqamli hisoblashlar talab etiladi. Barchaga ma’lumki, tadbirkorlik iqtisodiyotning rivojlanishi va jamiyatning gullab-yashnashi uchun juda muhimdir.Internet tadbirkorlarga yirik kompaniyalarning meros bo‘lib qolgan madaniyatini, rivojlanishdan to‘xtagan ish jarayonlarini va o‘tmishning og‘ir ballasti kabi muammolarini emas, balki imkoniyatlar va vositalar taqdim etgan holda tadbirkorlikni tom ma’noda ozod qilishi lozim.
Biroq o‘z egalarini milliarderga aylantirgan dotkomlarning ovoza bo‘lgan muvaffaqiyatlari yoqimsiz bir haqiqatni niqoblab turadi: ko‘plab rivojlangan iqtisodiyotlardatadbirkorlik va yangi kompaniyalar paydo bo‘lishi oxirgi o‘ttiz yilda kuchli pasayishni his qilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda Internet davlatning haloqatga eltadigan byurokratiyasiga qarshi kurashishga majbur bo‘layotgan potensial tadbirkorlar uchun to‘siqlarni deyarli pasaytirmadi. Internet milliardlab odamlarga o‘z ishini boshlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermadi. Albatta, tadbirkor bo‘lish hammaning ham taqdiriga bitilgan emas, lekin munosib pul ishlab topishga harakat qilayotgan hatto o‘rtacha statistik insonga ham moliyaviy operatsiyalarn amalga oshirish imkoniyti yo‘qligi va davlat cheklovlarining kuchayib ketganligi ancha xalal beradi.Bu albatta, murakkab muammo, lekin blokcheyn ko‘p jihatdan tadbirkorlikka va mos ravishda, biznesni gullab-yashnashga kuch-quvvat baxsh etishga qodir. Endi, muhim ahamiyatga ega bo‘lish hamda o‘z jamiyatidan tashqarida ishbilarmonlik faoliyati yuritish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘rtacha statistik fuqaro internetga ulangan qurilmaga ham ega bo‘lishi zarur. Global iqtisodiyotga Internetga ulanishni kreditlash va moliyalashtirish manbalari, ta’minotchilar, hamkorlar va investitsiyalash uchun imkoniyatlarning keng miqyosdagi ochiqligini anglatadi. Har qanday iqtidor, har qanday resurs, hatto eng kichik bo‘lsada, blokcheynda monetizatsiya qilinishi mumkin. Yangi platforma biz nimani va qanday qilib onlayn amalga oshirishimiz mumkinligini, bunda kim 119 ishtirok etishini, shu tariqa eng dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun texnologik sharoitlar yaratishga imkon beradi.
Agar bu vazifani uddalashning imkoni bo‘lmasa, ko‘p narsa va’da qiladigan blokcheyn texnologiyasi cheklanadi yoki umuman yo‘q qilinadi. Bundan ham yomoni, u kuchli institutlar qo‘lidagi qurolga aylanishi mumkin bo‘lib, uning yordamida ular o‘z holatini saqlab qoladi, yoki, agar unga hukumat ulanish imkoniga ega bo‘lsa, blokcheyn yangi total kuzatuv jamiyati uchun bir vositaga aylanadi. Taqsimlangan dasturiy ta’minot, shifrlash, mustaqil agentlar va hatto sun’iy intellekt chambarchas bog‘langan texnologiyalarinazorat ostidan chiqishi va o‘z yaratuvchilariga qarshi ishlashi ham mumkin. Tarmoqda blokcheyn va ishbilarmonlik axloqi Ishonch – jarayonning tashqi emas, ichki elementi hisoblanadi. Blokcheynning asosi esa barcha qatnashuvchilar orasidag ishonchga asoslanga. Unda ma’lumotlar bir bosqichda kodlashtiriladi va bitta qatnashchi tomonidan nazorat qilinmasdan, balki nazorat barcha qatnashchilar o‘rtasida taqsimlanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qadriyatlar almashinish ikkinchi tomon odob-axloq doirasida harakat qilishini kutgan holda amalga oshiriladi. Shunday qilib, ishbilarmonlik axloqi qadriyatlari – ishda va so‘zda halollik, o‘zgalarning manfaatlarini hisobga olish, o‘z qarorlari va harakatlarining oqibatlari uchun javobgarlik, qaror qabul qilish va harakatlar shaffofligi – qaror qabul qilish huquqlari, rag‘batlantirish tuzilmalari va operatsiyalarning o‘zi ham kodlanadi, shunday ekan, blokcheynda jamoa odob-axloq me’yorlarini buzishning imkoni bo‘lmaydi, yoki bu katta vaqt, pul, kuch-quvvat va nufuz harajatlarini talab qiladi.
Internetda bevosita biznes yuritish yoki tranzaksiya amalga oshirishshu paytgacha oddiy bir sababga ko‘ra imkonsiz bo‘lgan, chunki pul o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa axborot tovarlari va intellektual mulkdan farq qiladi. Hamma do‘stlarga bitta selfini yuborish mumkin, lekin kimgadir to‘lab bo‘lingan bir dollarni do‘stingizga yubora olmaysiz. Pul sizning hisobraqamingizdan chiqarilishi va do‘stingizning hisobraqamiga o‘tkazilishi lozim. Pul bir vaqtning o‘zida ikkita joyda bo‘la olmaydi, katta miqdordagi pul haqida esa gapirmasak ham bo‘ladi. 120 Turli joylarda raqamli valyuta birligini ikki marta sarflash riski bor – shunda ulardan biri to‘lanmagan chek kabi to‘lov uchun qabul qilinmaydi. Bu aktivni ikki marta sarflash muammosi deb ataladi.Bitkoynblokcheynida tarmoqdagi bitkoyin egasi muayyan bitkoyinni sarflagan birinchi tranzaksiyaga belgi qo‘yadivabu bitkoyndan takroriy foydalanishga to‘sqinlik qiladi, shu tariqa ikki marta sarflash imkoniyatini bartaraf qiladi. Tarmoq qatnashchilari, bitkoynto‘liq funksional boshqaruvchilari, maynerlar, eng yangi tranzaksiyalar haqida ma’lumot to‘playdi va ularni har o‘n daqiqa ma’lumotlar bloki ko‘rinishida saqlaydilar. Har bir blok faqat undan oldingi blok mavjudligidagina amalda bo‘ladi.
Bayonnomalarga shuningdek,har bir uzel blokcheynni to‘laligicha saqlashi uchun disk makonini regeneratsiya qilish usuli kiritiladi. Nihoyat, blokcheyn ommaviydir, chunkiundagi tranzaksiyalar qanday o‘tishi hammaga ko‘rinib turadi. Shunday qilib, tranzaksiyaniyashirishning hech ham imkoni yo‘q, bitkoynni kuzatish oddiy pulni kuzatishdan osonroqdir.Mayning jarayonlari – tranzaktsiyalar blokini yig‘ish, resurslar sarflash, masalani hal qilish (boshqorimalar ketma-ketlikda bo‘lganima’qul), murosa (consensus)ga erishish, tashqi registr nusxasini qo‘llabquvvatlash shu qadar muhimki, ayrimlar bitkoyn blokcheynini huddi internet kabi foydali deb aytadi va uni ommaviy qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi. Endi esa bu holatlar blokcheynniiqtisodiyotda qo’llash masalasida nimalarni anglatadi, degan savolni ko’rib chiqamiz.
Odamlar shaxsini tasdiqlash va ularning hozircha dog‘ tushmagan nomiga kafillik berishni yirik kompaniyalar va davlat muassasalariga ishonib topshirish o‘rniga bu funksiyalarni tarmoqqa ishonamiz. Butun tarix davomida birinchi marta tranzatsiyalarga va ikkinchi tomon harakatlaridan qat’i nazar, yozilgan axborotlarning katta qismiga ishonchni ta’minlaydigan blokcheyn ko’rinishidagi ochiq platforma paydo bo’ldi.Tizim ma’lumot saqlash va uni boshqarish jarayonini yagona nazorat markazi bo‘lmagan bir rangdagi tarmoqda amalga oshiradi ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha taqsimlaydi. Bironta tomon ham tizimni buzishga qodir emas. Agar bironta hukumat organibitta qatnashchi yoki qatnashchilar guruhini uzib qo‘yish yoki alohida ajratishga erisha oladigan bo‘lsa, tizim ishlashda davom etaveradi. Agar tarmoqning katta qismi uning ustidan 121 nazoratni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, nima ro‘y berayotganini hamma ko‘rib turadi.Internet paydo bo‘lgan paytda xodimlar, fuqarolar, mijozlar yoki boshqa tashkilotlardan iborat katta foydalanuvchilar bazasiga ega bo‘lgan bironta yirik institut o‘zining ijtimoiy majburiyatlari haqida o‘ylamasdi. Markazlashgan hukumat organlari muntazam ravishda bu haqida xabardor qilmasdan foydalanuvchilar fikriga zid ravishda harakat qilish, ularning ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, ularni davlat talabi bo‘yicha taqdim etish, foydalanuvchilar roziligisiz keng ko‘lamli o‘zgarishlar joriy qilishga tayyorligi va qodirligini namoyish etib kelar edi.Bitkoyn blokcheynini nazorat qilishga urinish harajatlariolinishi mumkin bo‘lgan moliyaviy foydadan ancha katta bo‘lishi mumkin.
Satosi Nakomoto foydalanuvchidan tarmoqni himoya qilish va yangi bitkoinlar ishlab chiqarish uchun katta hisoblash quvvatlari (demak, ko‘p elektr energiyasi) sarflashni talab qiladigan ishni isbotlash usulini joriy qildi. Shu sababli, vositachilarga ehtiyoj yuzaga keladi. Blokcheyn faoliyatining eng yaxshi namoyon bo‘lishga sabab ommaviy hamkorlikdir. Har bir kishi o‘z axboroti, o‘z mulki va o‘zining ishtirok etish darajasi ustidan hukmronlik qiladi. Taqsimlangan hisoblash quvvatlari taqsimlangan jamoaviy hukumat tashkil qilishga imkon beradi.Ehtimol, bunday platforma ne’matlar yaratishning yangi taqsimlangan modellari sari yo‘l ochib berar.
Ehtimol, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomarkazlashgan hamkorlik yangi usullari jamiyatda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga imkon berar. Ehtimol, ishonchsizlik inqirozini va hatto hozirgi institutlarda noqonuniylikni bartaraf qilish, piar-qadamlar o‘rniga so‘zda emas, ishda muvaffaqiyatga erishish va jamiyat hayotida ishtirok etishga imkon beradigan aholi qo‘liga real hokimlik qilishni topshirishga erishilishi mumkin. Blokcheyn tizimi barcha manfaatdor shaxslarning motivatsiyasini o’zaro muvozanatlashtiradi. Bitkoyn yoki qandydir qiymatni aks ettiradigan token – nufuz bilan bog‘liq munosabatlarning ajralmas qismdir. Satosi Nakomoto tizimda ishlaydiganlarni mukofotlashni dasturiy asoslab berdi va hamma uning saqlanishi haqida qayg‘urishi uchun hokimlik qilishni tokendan foydalanuvchi barcha jamoaga topshirdi.
Blokcheyn – moliyaviy ma’noda, global taqsimlangan savatlardagi tuxumlardir. 122 Internetning ilk avlodi davridahokimlik qilishnig korporatsiyalarda mujassam etilishi, ularning hajmi, murakkabligi va shaffofsizligiyangi imkoniyatlar taqdim etgan tarmoqlardan nomutanosib ravishda katta foyda olishga imkon berdi. Yirik banklaro‘z faoliyati bilanmoliya tizimini shaffoflik chegarasiga yetkazdi, chunki bu banklarda ko‘pchilik top-menejerlar va qator mutaxassislarni rag‘batlantirish tizimi shunday ishlab chiqilgandiki, ular uzoqni ko‘ra bilmaydigan va o‘ta riskli xulq-atvorlilarga hizmat qilar edi.Jismoniy valyutalardan farqli ravishda, bitkoyn sakkizta o‘nlik razryadgacha ulushga bo‘linishi mumkin (ya’ni bitkoindagi summa verguldan keyin sakkizta belgigacha ega bo‘lishi mumkin). Bu uzoq vaqt davomida bitta tranzaksiya doirasida summalarni birlashtirish va bo‘lishga imkon beradi: summadan ma’lum miqdor olish va bu summadan moliyalashtiriladigan barcha chiquvchi to‘lovlar yagona tranzatsiya sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin, bu esa tranzaksiyalar seriyasidan ancha qulaydir. Hizmatdan foydalanishni hisobga olish uchun smart-shartnoma tuzib, avtomatik raivshda uni muntazam vaqt oraliqlari orqali kichik ulushlar bilan to‘lash mumkin.

Download 85,5 Kb.
  1   2




Download 85,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy iqtisodiyotning turli sohalarda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish

Download 85,5 Kb.