|
Blokchynda tarmoq havfsizligi masalalari
|
bet | 2/2 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 85,5 Kb. | | #148723 |
Bog'liq Milliy iqtisodiyotning turli sohalarda blokcheyn texnologiyasida-fayllar.orgBlokchynda tarmoq havfsizligi masalalari
Havfsizlik tadbirlari tarmoqqa shunday joriy qilinganki, uning umumiy inkor etish nuqtasi bo‘lmaydi, nafaqat maxfiylik, balki har qanday harakat bekor qilinmasligi va autentifikatsiya ham ta’minlanadi. Tizimda ishtirok etishni istagan har bir shaxs shifrlashdan foydalanishi lozim – bu muhokama qilinmaydi va o‘ylamasdan qilingan harakatlar oqibatlarini faqat shu harakatlarni amalga oshirgan shaxsgina his qiladi.Xakerlik hujumlari, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, firibgarlik, kiberqo‘rqitish, fishing, spam, ziyon keltiruvchi dasturlar, virustovlamachilar – bularning barchasi insonning jamiyatdagi havfsizligiga tahdid soladi. Internetning ilk davri, ko‘plab jarayonlarni shaffof qilish va inson huquqlari buzilishini qiyinlashtirish o‘rniga, xusuiy shaxslar, institutlar va iqtisodiy faollik havfsizligini oshirmas edi. O‘rtacha internetdan foydalanuvchi ko‘pincha elektron pochta va hisob qaydlarini oddiy parollar himoya qiladi deb umid qilardi, chunki provayderlar yoki ish beruvchilar ishonchliroq parollarni talab qilmasdi. 123 Shuni ham aytish kerakki, raqamli valyuta oddiy faylda saqlanmaydi. U kriptografik xeshbilan belgilangan tranzatsiyalarda aks ettiriladi.Foydalanuvchilar o‘z pullari uchun kriptokalitlarga ega bo‘ladi va tranzaksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-biri bilan birgalikda amalga oshiradi. Bunday havfsizlik uchun ularning har biri mas’uliyatli bo‘lishi – shaxsiy kalitlarni ishonchli himoya qilishi zarurligidir.Bu yerda havfsizlik standartlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bitkoyin blokcheyni AQSH Standartlar va texnologiyalar milliy instituti tomonidan chiqarilgan va axborotni qayta ishlash federal standarti sifatida qabul qilingan mashhur va puxta ishlab chiqilgan SHA-256 shifrlash standartida ishlaydi. Blok yechimini topish uchun zarur bo‘lgan ko‘p martalik matematik hisob-kitoblarni takrorlash murakkabligi hisoblash qurilmasidan masalani yechish va yangi bitkoinlar ishlab topish uchun ko‘p elektr energyasi sarflashni talab qiladi. Ba’zi bir boshqa algoritmlar esa ancha kamroq energiya sarflaydi. Bizningcha, har qanday iqtisodiyot hamma uchun ishlaganda eng yaxshi tarzda ishlaydi.
Bu unda ishtirok etish uchun to‘siqlarni pasaytirish lozimligini anglatadi. Bu kapitalni qayta taqsimlash emas, balki qayta taqsimlangan kapitalizm uchun platforma yaratish kerakligini anglatadi.Ilk internet davri ko‘plab odamlar uchun ko‘plab mo‘‘jizalar yaratdi. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganidek, dunyo aholisining katta qismi na texnologiyalarga, na moliya tizimiga va na iqtisodiy imkoniyatlarga ulanish imkoniga ega bo‘lmagan holda, avvalgidek, tizimga ulanmasdan qolib ketmoqda. Boz ustiga, yangi kommunikatsiya vositasi hamma uchun farovonlik keltirishiga umid oqlanmadi. Ha, Internet rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalarga, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda, millionlab odamlarga ish taqdim etishga imkon berdi. U ko‘plab tadbirkorlar uchun bozorga kirishga bo’lgan to‘siqlarni pasaytirdi va aholining kam ta’minlangan qatlamlariga yangi imkoniyatlar va bazaviy axborotga ulanish imkoniyatlarini taqdim etdi.
O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasihar har bir kishining huquqlari va insoniylikni saqlashva qodir bir texnologiyadir. Moliya hizmatlari butunjahon tarmog‘i hozirgi kunda ko’plab muammolarga to‘lib-toshib yotibdi. U ancha eskirib qolgan, chunki yuqori dinamikali raqamli dunyodan ortda qolib ketayotibdi va shu sababli ham sekin va 124 ishonchsiz ishlaydigan, o‘tgan asrdan qolgan texnologiyalarga asoslanadi. U monopol bo‘lib, milliardlab odamlarga bazaviy moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermaydi. U markazlashtirilgan bo‘lib, shu sababli axborotning sizib chiqishi va boshqa hujumlar hamda inkor qilishlarga uchraydi. U monopollashtirilgan bo‘lib, shu sababli status-kvoni qo‘llab-quvvatlashga intiladi vainnovatsiyalarga to‘sqinlik qiladi. Blokcheyn novatorlar va tadbirkorlarga ushbu kuchli platformada qiymat yaratishning yangi usullarini topgan holda shu va boshqa ko‘plab muammolarni hal qilishga imkon beradi.Jahon moliya mutaxassislari blokcheyn bilan bog’liq bo’lgan quydagi g’oyalar haqida puhta o‘ylab ko‘rishlari lozim:
Attestatsiya. Tarixda birinchi marta, turli sub’ektlar bir-birini bilmagan va bir-biriga ishonmagan holda bitim tuzishi va ishlarni yuritshi mumkin. Shaxsni tasdiqlash va ishonch o‘rnatish moliyaviy vositachining huquqi va imtiyozi bo‘lmay qo‘ydi. Boz ustiga, moliyaviy hizmatlar nuqtai-nazaridan ishonch bayonnomasi yangi ma’noga ega bo‘ladi. Blokcheyn zarur bo‘lgan paytda tranzaksiyalar tarixi (blokcheynda), nufuz qiymati (agregatsiyalangan fikrlar asosida) va boshqa umumiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida har bir tomonning aynan o‘xshashligi va to‘lov layoqatini tasdiqlab, ishonchli munosabatlar o‘rnatishi mumkin. Qiymat. Blokcheynda tarmoqda qiymatni pirringli P2P uzatish kliringini amalga oshiradi va ularni tartibga soladi, buni doimiy bajaradi, shunday ekan, uning registri doimo dolzarb bo‘ladi. Agar banklar o‘zining biznes-modelini o‘zgartirmagan holda bunday imkoniyatdan avvalboshdan foydalanganlarida edi, yiliga 20 mlrd dollar atrofida operatsion harajatlarni tejab qolgan bo‘lar edilar – bu hisob-kitoblar Ispaniyaning Santander bankiga tegishli bo‘lib, real raqamlar bundan ancha yuqori.
Qiymatni keskin pasaytirish tufayli banklar bank hizmatlari ko‘rsatish bilan yetarli darajada qamrab olinmagan jamiyatlarda xususiy va korporativ mijozlarga moliyaviy hizmatlar, bozorlar va kapitalga ulanish uchun kengroq imkoniyatlar taqdim eta olgan bo‘lar edi. Bu nafaqat bozor yetakchilari uchun, balki butun dunyo bo‘ylab endi ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun ham 125 foydali hisoblanar edi. Istalgan kishi istalgan joydan turib, faqat smartfonga va internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan holdagina jahon moliyaviy oqimlariga qo‘shilish imkoniga ega boladi. Tezlik. Hozirgi paytda pul oqimini tartibga solish etti kun, birja bitimini tartibga solish – ikki-uch kun, bank ssudasi uchun esa naqd 23 kun talab qilinadi. SWIFT tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab moliyaviy institutlar o‘rtasida kuniga o‘n besh million to‘lovni o‘tkazadi, lekin ularni tartibga solish va kliringga bir necha kun sarflaydi. Xuddi shu narsa AQSHda kuniga trillionlab dollarlik to‘lovlar o‘tkazadigan ACH (Automated Clearing House) tizimida ham ro‘y beradi. Bitkoyn tarmog‘idabu vaqtda amalga oshirilgan barcha tranzatsiyalarni tartibga solish va kliringga o‘rtacha 10 daqiqa vaqt ketadi. Boshqa blokcheynlar yanada tezroq bo‘lib, Bitcoin Lightning Network kabi zamonaviy novatorlik yechimlari tartibga solish va kliring vaqtini soniyaning ulushiga teng bo‘lgan vaqtgacha qisqartirib, bitkoin blokcheyni hajmini oshirishga intiladi. «Pul jo‘natuvchi bir tarmoqda, oluvchi esa boshqa tarmoqda bo‘ladigan bank tizimida pul ko‘plab registrlar, vositachilar, tranzit maydonlar orqali o‘tib, tom ma’noda yo‘lda yo‘qolib qolishi mumkin. Aslida ham, qiymatni uzatishning bir onda ro‘y beradigan va harajatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan turiga o‘tish uzoq vaqt davomida oraliq holatda turib qoladigan kapitalni ozod qiladi; Bu esa «yo‘ldagi» pul mablag‘laridan foyda oladigan vositachilarni xursand qilmaydi, albatta. Risklarni boshqarish. Blokcheyn texnologiyasi bir necha xil moliyaviy risk turlarini bartaraf qilishga va’da beradi.
Birinchidan, tartibga solish riski – to‘lovning bitimni tartibga solish jarayonida bironta xato natijasida o‘tmaslik riski. Ikkinchidan, kontragentlik riski– ikkinchi tomon bitimni tartibga solish ro‘y bermagunga qadar defolt e’lon qilish riski. Nihoyat, eng jiddiy tizimli risk, tizimdagi barcha yirik kontragentlik risklari yig‘indisi. Qiymat innovatsiyasi. Bitkoyn blokcheynibitkoyinlar uzatish uchun yaratilgan, boshqa moliyaviy aktivlar bilan ishlash uchun emas. Biroq buochiq boshlang‘ich kodli, tajribalarni rag‘batlantiradigan texnologiyadir. Ayrim novatorlar bitkoyin to‘lovlari uchun emas, balki boshqa maqsadlar uchun 126 mo‘ljallangan alohida blokcheynlar, ya’ni altkoynlar yaratadi. Saydcheynlar – imkoniyatlari va funksiyalari bo‘yicha bitkoyn blokcheynidan farq qiladigan, lekin uning havfsizligini pasaytirmagan holda bitkoyn kompyuter infratuzilmasi va rivojlangan tarmog‘idan foydalanadigan blokcheynlardir. Saydcheynlar blokcheyn bilan ikki kanalli shtift – aktivlarni uchinchi tomon ishtirokisiz blokcheynga va blokcheyndan berish kriptografik vositasi yordamida aloqa qiladi. Xususiy blokcheynlarda savdo platformalari yaratib, umuman bitkoyin va boshqa tokenlardan foydalanishni istisno qilishga intiladigan novatorlar ham bor.
Moliyaviy institutlaraktivlar va majburiyatlarni yozish, almashinish va sotish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqda, vaqt o‘tishi bilan esaan’anaviy birjalar va markazlashtirilgan bozorlarni u bilan almashtirishi mumkin, bu esa bizning qiymat haqidagi va u bilan savdo mexanizmlari haqidani tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ochiq boshlang‘ich kod. Moliyaviy hizmatlar tarmog‘ibu – eskirib qolgan tizimlar ulkan texnologikto‘plami bo‘lib, istalgan payt qulashi mumkin. Uni texnologik jihatdan takomillashtirish qiyin, chunki har bir innovatsiya uchun qaytuvchan bo‘la olishlik talab qilinadi. Blokcheyn esa, ochiq boshlang‘ich kodli tizim bo‘lgani holda, doimiy ravishda o‘zgarishi, rivojlanishi va tarmoq murosasi asosida takomillashishi mumkin.Bu afzalliklar – attestatsiya, ancha past qiymat, bir lahzali tezlik, risklarning pasayishi, katta innovatsiya, moslashuv qobiliyati – istiqbolda nafaqat to‘lovlarni, balki qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni, investitsion bank hizmatlari ko‘rsatishni, buxgalteriya hisobi va auditni, venchurli investitsiyalarni, sug‘urtalashni, tadbirkorlik risklarini boshqarishni, xususiy shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va tarmoqning boshqa asoslarini o‘zgartirishi mumkin.
Odamlar o‘z ma’lumotlarini o’zlari nazorat qilishlari kerak. Har bir kishi o‘z shaxsiyati haqida nimani, qachon, qaerda va qanchalik batafsil gapirib berish haqida o‘zi qaror qabul qilishga haqlidir. Shaxsiy ma’lumotlarning dahlsizlik huquqini hurmat qilish va shaxsiy ma’lumotllarning havfsizligini himoya qilish – ikkalasi bir xil narsa emas. Bizga unisi ham, bunisi ham kerak. Bir-biriga ishonish zaruratini bartaraf qilib, Satosi Nakomoto shu tariqa u bilano‘zaro aloqa qilish 127 uchun ikkinchi tomon shaxsini yaxshi bilish zaruratini yo‘qqa chiqardi. Xususiy hayot daxlsizligi – insonning asosiy huquqi va erkin jamiyatning negizidir. Internet paydo bo‘lgandan keyingi oxirgi yigirma yil davomida davlat miqyosida ham, xususiy sektorda ham ma’lumotlar markaziy to‘plamlari xususiy shaxslar va tashkilotlar haqida, jumladan, ularga ma’lum qilmagan holda, xilma-xil maxfiy axborotlar to‘plagan. Hamma joyda odamlar korporatsiyalar axborot izlash asnosida butun raqamli dunyoni titib tashlagan holda qandaydir kiberklonlaryaratishidan havfsiraydi.Blokcheynda esa qatnashchilaristagan holda ma’lum darajagacha noma’lumlikni saqlashi mumkin – ular qandaydir qo‘shimcha ma’lumotlar xabar qilish yoki bu axborotlarni ma’lumotlar markaziy to‘plamida saqlashga majbur emas. Bu holatning muhimligiga noto‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Blokcheynda shaxsiy ma’lumotlar ombori yo‘q. Blokcheyn protokollarihar bir muayyan tranzaksiya yoki vaziyat uchun kerakli bo’lgan noma’lumlik darajasini tanlashga imkon beradi. Shu tariqa biz o‘zimizning elektron nusxalarimizni va ularning dunyo bilan o‘zaro aloqalarini yaxshiroq boshqaramiz.
Blokcheynda huquqlarning saqlanishi Mulk huquqi shaffof hisoblanadi va huquqiy himoya bilan ta’minlanadi. Shaxsiy erkinliklar hamma tomonidan tan olinadi va hurmat qilinadi. Bu haqiqat biz uchun oshkora bo‘lib ko‘rinadi: har bir shaxs tug‘ilgan paytidan boshlab ulardan mahrum qilinishi mumkin bo‘lmagan, ularni himoya qilish mumkin va lozim bo‘lgan huquqlarga ega bo‘ladi.Raqamli iqtisodiyotning birinchi davrida bu huquqlarni samaraliroq amalga oshirish usullariniizlab topishga harakat qilingan. Internet san’at, yangiliklar, ko‘ngilocharliklar yangi shakllari uchun, she’r, qo‘shiq, fotosurat, audio va videoyozuvlar uchun mualliflik huquqi o‘rnatish vositasiga aylandi. Tarmoqda moddiy makondagi bilan bir xil narsalarga erishish uchun umumiy savdo kodini qo‘llashga to’g’ri keladi: Moddiy substantsiyaning qiymati qanchalik past yoki baland bo‘lishidan qat’i azar, har qanday predmetni sotib olish uchun shartnoma tuzish va uni muhokama qilish zaruratini bartaraf qilishga erishildi. Lekin bu holatda ham tranzaksiyalarni boshqarishda vositachilarga umid 128 bog‘lashimizga to‘g‘ri kelardi va vositachilarpulni o‘z hisobraqamida ushlab turib (yo‘ldagi pul mablag‘lari) keyin o‘tkazishi yoki uni o‘tkazishi va so‘ngra rad etishi mumkin bo‘lgan holda tranzaksiyalarni rad qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Savdo bitimlari qatnashchilarning ma’lum bir qismi esa firibgarlik qilishi kutadi va har qanday bitimda ma’lum darajadagi firibgarlik muqarrar deb qabul qiladi. 3.3. Blokcheynda moliyaviy hizmatlar sektori qanday o‘zgaradi
Bizning fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot usullarini qo’llash tufayli eng muhim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lgan sakkizta asosiy funksiyani ko‘rib chiqamiz. Aynan shu bo’lishlik va qiymatni tasdiqlash. Hozirgi paytda bizishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish va moliyaviy tranzaksiyada ikkinchi tomonning aynan shuligini tasdiqlashda yirik vositachilarga tayanamiz. Bu vositachilarbank hisobraqamlari va zayomlar kabi asosiy moliyaviy hizmatlarga ulanishda hakamlar rolini o‘ynaydi. Blokcheyn ma’lum bir tranzaksiyalarga ishonch zaruratini pasaytiradi va bazida hatto olib tashlaydi ham. Bu texnologiya shuningdek, qatnashchilarga tasdiqlanadigan, to‘liq funksionalliva kriptografikhimoya qilingan elektron profillardan foydalanish va zarur bo‘lgan hollarda ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatishga imkon beradi.
Qiymatlar ko‘chishi. Moliya tizimi har kunipul mablag‘larini butun dunyo bo‘ylab ko‘chiradi va hatto bir dollar ham ikki marta sarflanmasligini ta’minlaydi.iTunes da bitta qo‘shiqni 99 sentga xarid qilishdan tortib, kompaniya ichida fondlarni berish, aktivlar sotib olish yoki kompaniyalar xarid qilishgacha bo‘lgan milliardlab bitimlarnitekshirib turadi. Blokcheyn har qanday qiymatlar – valyuta, aktsiyalar, obligatsiyalar, huquqlarni – yirik va kichik miqdorda, uzoq va yaqin masofaga, ma’lum va noma’lum tomonlarga ko‘chirish uchun umumiy standart bo‘lishga qodir.
Shunday qilib, blokcheyn qiymatlarni ko‘chirish uchun xuddi tovarlarni ko‘chirish uchun kerak bo’lgan standart yuk konteyneri joriy qilish kabi ishlarni bajarishi mumkin. Bu esa bahoni sezilarni ravishda pasaytirishi, operatsion tezlikni oshirishi, iqtisodiy o‘sish va farovonlikka hizmat qilishi mumkin. 129 Qiymatlarni saqlash. Moliyaviy institutlar xususiy shaxslar, tashkilotlar va davlatga tegishli bo‘lgan qiymatlar saqlanadigan ombor vazifasini bajaradi. O‘rtacha statistik fuqaro uchun bank ularni bank yacheykasi, jamg‘arma yoki joriy hisobraqamida saqlaydi. Likvidlik zarur bo‘lgan va naqd ekvivalentga kichik foiz talab qilinadigan yirik tashkilot uchun bu risksiz investitsiyalar, masalan, g‘aznachilik obligatsiyalari yoki qisqa muddatli vositalar bozoriga investitsiyalar hisoblanadi.
Blokcheyn bilan xususiy shaxslarqiymatlarni saqlash, jamg‘arma yoki joriy hisobraqami hizmatlarini yagona taqdim etuvchilar sifatida banklarga tayanishga majbur bo‘lmaydilar, tashkilotlarda esarisksiz moliyaviy aktivlar xarid qilish va ularga egalik qilishning samraaliroq mexanizmlari paydo bo‘ladi. Kreditlash. Moliyaviy institutlar ipotekadan tortib, qisqa muddatli veksellargacha kreditlar berishni: kredit kartalari, ipoteka kreditlari, korporativ, munitsipal vadavlat obligatsiyalari, aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni bilan ishlash jarayonini ancha soddalashtiradi. Kreditlash mexanizmi kredit layoqatini tekshirish, kredit tarixi yuritish, kredit reytinglari tayinlash uchun bir qator qo‘shimcha tarmoqlar yuzaga keltirdi.
Xususiy shaxslar uchun kredit tarixi muhim, tashkilotlar uchun esa –«investitsion sinf»dan to «axlat»gacha bo‘lgan kredit reytinglari mavjud. Blokcheynda istalgan shaxs an’anaviy qarz majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarishi, ayirboshlashi va tartibga solishi, shu tariqa, risk va harajatlarni pasaytirishi hamda tezlik va shaffoflikni oshirishi mumkin. Iste’molchilar bevosita boshqa iste’molchilardan qarz olishi mumkin bo‘ladi. Bu ayniqsa, bank hizmatlari bilan qamrab olinmaganlar va butun dunyo bo‘ylab tadbirkorlar uchun juda muhim amaldir. Qiymatlar almashinish. Har kuni bozorlar butun dunyo bo‘ylab umumiy qiymati trillionlab dollarni tashkil qiladigan moddiy aktivlarni ayirboshlashga imkon beradi. Savdo bu – investitsiyalash, birjada o‘ynash, xedjirlash va arbitraj, jumladan, bitimdan keyingi kliring tsikli, tartibga solish va saqlash maqsadida aktivlar va moliyaviy vositalar sotish va sotib olishdir. Blokcheyn har qanday tranzaksiyalarni tartibga solish vaqtini hafta va kunlardan daqiqa va soniyalargacha qisqartiradi. 130 Homiylik va investitsiyalar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. MelanieOqqush. Barcha huquqlar himoyalangan / Perevod. Blokcheyn. Chema novoy
ekonomiki. - M. Svon- «OlimpiyatBiznes», 2015 yil
2. URL: https://russian.rt.com/tag/blockchein
3. URL: https://bits.media/news/kak-pravitelstva-raznykh-stran-budut-
ispolzovat-blokcheyn/
4. URL: http://www.tadviser.ru/index.php_(Blockchain)
5. URL: https://www.kursiv.kz/news/hi-tech/v-kazahstane-planiruet-
ispolzovat-tehnologiu-blokcejn-v-finanasovom-sektore/
6. URL: https://habrahabr.ru/post/323128/
|
| |