|
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
|
bet | 1/16 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 483,63 Kb. | | #255001 |
Bog'liq Renat Kirish 1. Tijorat banklari kreditlash amaliyotining mohiyati va asoslari; 2. Mijozlarning kreditni to’lash qobiliyatini hisoblash usullari; 3. Xorijiy davlatlarning bank amaliyotda foydalaniladigan kreditlash shakllari va usullari borasidagi tajribasi 4. O’zbekistonda tijorat banklari kredit operatsiyalari amaliyotining zamonaviy holati va tahlili; 5. “Hamkorbank” ATB Samarqand viloyat Urgut filiali bankning kreditlash tahlili; 6. Tijorat banklarining kreditlash opertasiyalarida mavjud muammolar; 7. Banklarning kreditlash samaradorligini takomillashtirish yo’nalishlariKirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, mulkchilik shakllari rivojlanishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni faollashtirish zarurati, bank ishining erkinlashtirilishi kredit xizmatini ko‘rsatish va iqtisodiyotni moliyalashtirishning yangi xizmatlarini amaliyotga kiritilishini talab qildi. Respublika bank tizimi oxirgi yillarda sezilarli darajada rivojlandi, moliyaviy salohiyati bir necha barobarga o‘sdi, mijozlarga bank xizmatlari xususan kredit xizmatlari ko‘rsatish sifati davr talabi darajasiga ko‘tarildi, bundan tashqari banklar o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishning bir qator zamonaviy va samarali turlarini joriy qilishdi, jumladan, kredit xizmatlarining faktoring va skoring operatsiyalari, plastik kartochkalar bilan operatsiyalar onlayn kartalar, klik xizmatlari, shuningdek, eng zamonaviy bank xizmatlaridan internet-bank, mobil-bank kabi operatsiyalarni misol sifatida keltirish mumkin. Hozirgi paytda banklarning kredit portfeli salmog‘i va tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz bermoqda, banklarimiz tomonidan iqtisodiyotni real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda.Shu bilan birga mamlakatimiz tijorat banklari kredit amaliyotlarida ba’zi muammolar mavjud bo‘lib ular: Birinchidan, hozirda tijorat banklarining kredit xizmatlariga bo‘lgan jami taklifining ushbu xizmatning aholi va tadbirkorlar tomonidan berilgan jami talabini to‘liq qondira olmayotganligi. Ikkinchidan, tijorat banklari tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga kredit xizmatlarini xususan, imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlari ko‘rsatishda faol tijorat banklariga imtiyozlar berish mexanizmi mavjud emasligi.
|
| |