• 199300 Aktivlar
  • 40,3 Kreditlar
  • 26,8 Aktivlarga nisbatan foizda 57 57,1 60,5
  • O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining aktivlari va kredit qo‘yilmalari dinamikasi, (mlrd. so‘m)




    Download 483,63 Kb.
    bet7/16
    Sana27.05.2024
    Hajmi483,63 Kb.
    #255001
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
    Bog'liq
    Renat

    O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining aktivlari va kredit qo‘yilmalari dinamikasi, (mlrd. so‘m)


     
    Ko‘rsatkichlar

     
    2018 yil

     
    2019 yil

     
    2020 yil

     
    2021 yil

     
    2022 yil

     
    2023 yil

    YaIM

    77751

    96600

    119000

    44900

    177400

    199300

    Aktivlar

    27453

    35744

    43868

    56223

    65176

    80362

    YaIMga nisbatan foizda

    35,3

    37

    36,9

    38,8

    36,7

    40,3

    Kreditlar

    15652

    20392

    26530

    34809

    42685

    53379

    YaIMga nisbatan
    foizda

    20,1

    21,1

    22,3

    24

    24,1

    26,8

    Aktivlarga nisbatan foizda

    57

    57,1

    60,5

    61,9

    65,5

    66,4

    Yuqoridagi 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2018-2023 yillar mobaynida kredit qo‘yilmalari mutlaq miqdorining o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Ya’ni, kredit qo‘yilmalari 2018 yilda 15652 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu 2023 yilga kelib 53379 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2018 yilga nisbatan 37727 mlrd. so‘mga yoki 3,4 barobarga oshgan. Shunga mos holda uning YaIMdagi salmog‘i mazkur davr mobaynida 2018 yilda kredit qo‘yilmalarining YaIMdagi ulushi 20,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib esa 26,8 foizni tashkil etgan. Bu ijobiy holat hisoblanib, bank tizimi aktivlari hisobidan iqtisodiyotni real tarmoqlarini bank kreditlari bilan ta’minlash imkoniyatini oshayotganligini bildiradi.
    Bundan tashqari jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2018–2023 yillar mobaynida iqtisodiyotning real sektorlariga tijorat banklari tomonidan yo‘naltirigan kredit qo‘yilmalari va bank aktivlarining dinamikasi keltirilgan.
    Tijorat banklari kredit qo‘yilmalari va aktivlari o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan.
    Tahlil qilingan davr mobaynida bank kreditlarining aktivlar hajmidagi salmog‘i o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Ya’ni, 2018 yilda jami bank aktivlari tarkibida kreditlarning hajmi 57 foizni tashil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib esa 66,4 foizni tashkil qilgan. Bu ijobiy holat hisoblanadi va tijorat banklari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilayotgan kreditlar hajmini oshayotganligidan dalolat beradi.

    Xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan andozalarga muvofiq, kreditlar tijorat banklari aktivlarining tarkibida kamida 60 foizni tashkil etadi. Respublikamiz bank amaliyotida tijorat banki Boshqaruvi va bank Kengashi kelishgan holda muddati o‘tgan kreditlarni bankning balansidan chiqarishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga ajratilgan kredit qo‘yilmalarining o‘sishi qisqa muddatli yoki uzoq muddatli kreditlar o‘sishi evaziga o‘zgarishini tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki iqtisodiyotning real sektorlariga beriladigan kreditlarning muddati bo‘yicha taqsimlanishi, bank resurslarining muddatiga ham bog‘liqdir. Banklarning kredit qo‘yilmalari tarkibida tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlari ulushini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar tufayli uzoq muddatga berilgan kreditlarning banklar kredit portfelining umumiy hajmidagi ulushi hozirgi paytda 80 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda


    Download 483,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Download 483,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining aktivlari va kredit qo‘yilmalari dinamikasi, (mlrd. so‘m)

    Download 483,63 Kb.