|
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
|
bet | 15/16 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 483,63 Kb. | | #255001 |
Bog'liq Renat Kreditlash amaliyotini rivojlanishiga ta’sir qiluvchi yana bir sabab, tijorat banklari kredit bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida xizmat vazifalari taqsimotini to‘g‘ri tashkil etilmaganligidir. Bank muassasalari banklararo raqobatda nafaqat o‘z o‘rnini saqlab qolish, balki yetakchi banklar qatoridan joy olish maqsadida, shuningdek, mijozlarga deyarli kun bo‘yi ularga xizmat qilish tartibini joriy etmoqdalar. - Kredit amaliyoti daromad olish maqsadida mablag‘lar (yoki tovar)ni shartnoma asosida ma’lum muddatda ma’lum foizi bilan qaytarish sharti bilan pul (yoki tovar)ni olish va qaytarib berish bilan bog‘liq munosabatlar.
- Shunga mos ravishda tijorat banklari kreditlash tizimining huquqiy asoslari xam yaratilib, ushbu normativlar jahon tajribasini hisobga olgan xolda, ularni mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari o‘rganib, hozirda jahon andozalariga deyarli mos tushadigan shaklga keltirilgan.
- Ularga ko‘ra yangi ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun olingan tovarlarni garov sifatida hisobga olgan holda eng kam ish haqining 20 barobarigacha miqdorda mikrokreditlar ajratish
Bundan tashqari mamlakatimiz rahbarining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan 2022 yil 28 yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining «O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish bo‘yicha Tarraqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-sonli farmoni asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Bank kreditlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining oshishi iqtisodiyotning kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini oshayotganligidan dalolat beradi. Bu jarayon, pirovard natijada, iqtisodiy o‘sish uchun qulay zamin hozirlaydi. Shunday ekan kreditlash amaliyotining tijorat banklari faoliyatida tutgan o‘rnini baholashda kredit qo‘yilmalarining YaIMdagi xamda tijorat banklarining aktivlaridagi salmog‘i yildan-yilga oshib bormoqda. Kreditlash bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bankning kreditlash siyosati xalqaro tajribaga tayangan holda qarzdorliklarni diversifikatsiya qilish orqali xatarlilik darajasini kamaytirish hamda bank daromadlilik darajasini oshirish bilan uning raqobatbardoshlik holatini mustahkamlashga qaratilgan. Bankning kreditlash bozoridagi ustuvor yo‘nalishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat.
|
| |