|
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
|
bet | 8/16 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 483,63 Kb. | | #255001 |
Bog'liq Renat Banklarning investisiya maqsadlariga ajratilgan kreditlari hajmi ham 2021 yilga nisbatan qariyb 1,2 barobar oshib, 2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 12,2 trln. so‘mni tashkil qildi. Hukumatimizning kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ajratilgan kreditlar hajmi 2023 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2022 yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyodga oshib, qariyb 15,9 trln. so‘mni, shundan mikrokreditlar hajmi 1,3 barobarga ortib, 3,3 trln. so‘mdan ortiqni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari xisobidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan kreditlar, shundan, mikromoliyaviy xizmatlar va “Hamkorbank” ATB Samarqand viloyat Urgut filiali tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar Jumladan, mikrokreditlar hajmi 2,5 trln. so‘mdan oshib, bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyodga o‘sdi. Tijorat banklari tomonidan ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar o‘sib, shu yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 1,2 trln. so‘mdan oshib ketdi. Shuningdek, banklar tomonidan yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2023 yili mazkur yo‘nalishga ajratilgan mikrokreditlar 362,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi yoki 2022 yilga nisbatan qariyb 1,3 barobar o‘sishi ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining daromadlari tarkibida kredit operatsiyalaridan olingan daromadlar ulushi
|
| |