|
Jahon faktoring bozorida mintaqalar ulushi 2023-y
|
bet | 5/16 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 483,63 Kb. | | #255001 |
Bog'liq RenatJahon faktoring bozorida mintaqalar ulushi 2023-y
Yuqoridagi ma’lumotlar bu mamlakatlarda kreditlsh amaliyotining anchayin kengligidan va rivojlanganligidan dalolat beradi. Jahonda keng qo‘llaniladigan kreditlash shakllaridan biri sifatida faktoringni ta’kidlash mumkin, bu kreditlash shakli jahon amaliyotida Tovar va xizmatlar yetkazib beruvchining pul mablag‘lari bilan taminlashda eng maqbul moliyaashtirish usullaridan biridir va muddati ham qisqaligi (asosan 90 kungacha) faktoring bilan shug‘ullanuvchi banklar va kompaniyalar uchun juda qulaylik tug‘diradi. Rivojlangan mamlakatlarda banklardan ham ko‘ra bu kreditni faktoring kompaniyalari ko‘plab taqdim etadilar, 2022 yilda 2.3 trln yevrodan ortiq, 2023 yili esa 2.4 trln yevrodan ortiq faktoring kreditlari ajratilgan jahonda.
Mintaqalar borasida olib qaraydigan bo‘lsak faktoring Yevropada juda rivojlangan kreditlash shakli hisoblanadi (jahon faktoring bozorining qariyb 67% ulushi shu mintaqaga hissasiga to‘g‘ri keladi), keying o‘rinda esa Osiyo mintaqasini aytish mumkin (Osiyo minyaqasining jahon faktoring bozoridagi ulushi 24% ni tashkil etadi). Jahonda faktoring juda keng qo‘llaniladigan mamlakatlar sifatida Buyuk Britaniya (320 mlrd yevrodan ortiq yilik faktoring krediti summasi) va Xitoyni (yillik 300 mlrd yevrodan ortiq faktoring krediti summasi) misol qilib keltirish mumkin, chunki bu mamlakatlar so‘ngi yillarda faktoring kreditlari hajmi bo‘yicha o‘z mintaqalarida ham dunyoda ham yetakchilik qilmoqda. 2017-2021 yillarda Xitoy karvonboshilik qilgan bo‘lsa undan keyin Buyuk Britaniya Jahonda yetakchi bo‘lib turibdi. Xitoyda faktoring bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar juda ko‘p bo‘lib ularning soni 5600 tadan oshadi.
Osiyo-okeaniya mintaqasi faktoring bozorida mamlakatlar ulushi
Yuqorida berilgan diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinadiki eksport salohiyati jahondagi eng yuqori bo‘lgan davlat Xitoy Osiyo qit’asidagi jami faktoringning yarmidan ko‘pini amalga oshiradi. Buyuk Britaniya esa Yevropada amalga oshiriladigan Faktoring kreditlarining qariyb 20% dan ortiq qismini o‘zida jamlaydi, bu borada Fransiya va Germaniya davlatlari undan keyingi o‘rinlarni band etadi bu mamlakatlarda ham bu kredit turi keng qo‘llaniladi.
Yaponiya tijorat banklari kreditlash amaliyotiga nazar tashlar ekanmiz yuqorida berilgan diagrammalardan ma’lumki faktoring kreditlari berish bo‘yicha bu mamlakat Osiyoda Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi va yiliga 50 milliard yevroga yaqin faktoring kreditlari taqdim etiladi bu mamlakatda, faraz qilish uchun - bu summa yevroning so‘mga nisbatan kursi bo‘yicha oladigan bo‘lsak, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidan ikki barobar ko‘p deganidir, bu esa mamlakatda kreditlash amaliyoti kengligidan belgi beradi Yaponiyada veksellar muomalasi ha rivojlanganligi bois veksellar garovi ostidagi, veksellarni qayta hisobga olgan holda amalga oshiriladigan kredit shakllari yaxshi rivojlangan.
|
| |