|
13-mavzu. Ko‘Chms mulk ob’Yektlari kadastriga doir axborotlar bazasini yaratish
|
bet | 1/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 32,57 Kb. | | #138293 |
Bog'liq 14-MAVZU (1)
13-MAVZU. KO‘ChMS MULK OB’YeKTLARI KADASTRIGA DOIR
AXBOROTLAR BAZASINI YaRATISh
1. Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlar tarkibi.
Vakolatli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar DKYaTga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar:
Davlat yer kadastri bo‘yicha – vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi):
er uchastkasining kadastr raqami;
er uchastkasining o‘rnashgan joyi;
yuridik yoki jismoniy shaxsning – yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasining nomi va manzili;
maqsad vazifasi;
erlar toifasining turi;
er uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
er uchastkasining chegaralari, maydoni (imoratlar solingan va imorat solinmagan) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
er uchastkasining uning chegaralari burilish nuqtalarining koordinatalari ko‘rsatilgan kadastr plani (kartasi);
qishloq xo‘jalik ixtisoslashuvi zonasi;
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi yerlari uchun bonitet balli;
qiymat bahosi.
Binolar va inshootlar davlat kadastri bo‘yicha – vakolatli tashkilot: “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi:
kadastr ob’ektining nomi;
yuridik yoki jimoniy shaxsning – mulkdor, egalik qiluvchi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining nomi va manzili;
kadastr ob’ektining idoraviy mansubligi;
bino, inshootning kadastr raqami;
kadastr ob’ekti ishga solingan sana;
kadastr ob’ektiga bo‘lgan mulkiy huquqlarning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
kadastr ob’ektining funktsional vazifasi;
kadastr ob’ektining konstruktsiyasi;
qavatlar soni;
muhandislik uskunalari to‘g‘risida ma’lumotlar;
bino va inshootlar deformatsiyalarini naturada kuzatishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
bino, inshootlarning holati (eskirish, zilzilaga chidamlilik);
kadastr ob’ektining qiymat bahosi;
turli ahamiyatdagi bino va inshootlarning muhofaza zonalarida joylashuvining alohida shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
kadastr ob’ekti to‘g‘risidagi batafsil hujjatlashtirilgan ma’lumotlarning mavjudligi va turgan joyi.
|
| |