|
13-mavzu. Ko‘Chms mulk ob’Yektlari kadastriga doir axborotlar bazasini yaratish
|
bet | 3/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 32,57 Kb. | | #138293 |
Bog'liq 14-MAVZU (1)Axborot mahsulotlari (mahsulot) — foydalanuvchilarning ehtiyojlariga muvofiq tayyorlangan va foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan yoki qo‘llaniladigan hujjatlashtirilgan axborot.
Axborot xizmatlari — foydalanuvchilarni axborot mahsulotlari bilan ta’minlovchi sub’ektlar (mulkdorlar va mulk egalari)ning harakatlari.
Axborot resurslari yoki axborot tizimlari egasi — axborot resurslari yoki axborot tizimlariga egalik qilishni, ulardan foydalanishni va ularni tasarruf etishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar.
Axborot xavfsizligi — axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganligi holati.
Davlat yer kadastri, bino va inshootlar davlat kadastri, shuningdek ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi avtomatlashtirlgan kompyuter ma’lumotlar bazasi:
Respublikea miqiyosida – Geodeziya va kartografiya milliy markazidagi Respublika markaziy axborat-taxlil markazida;
Hududlarda hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatlaridagi “Axborat-taxlil markazlari”da shakllantiriladi.
Respublika markaziy axborat-taxlil markazi har oyda markaziy ma’lumotlar bazasini yangilaydi va ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi bazaviy ma’lumotlarni elektron shaklda internet tarmog‘ida taqdim etadi.
Markaziy ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarga egalik qilish huquqi va ularning egalari o‘rtasidagi munosabatlar Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solinadi.
Markaziy ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar foydalanuvchilarga davlat tilida taqdim etiladi. Markaziy ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar foydalanuvchilarga boshqa tillarda taqdim etish tomonlarning kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Markaziy ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish va uzatish, tarmog‘ida tarqatish shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi (davlat siri hisoblangan yoki maxfiy ma’lumotlar bundan mustasno).
Davlat organlariga, mulk egalariga murojaat etuvchining xuquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning so‘roviga binoan tekinga beriladi.
Respublika markaziy axborat-taxlil markazidagi ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarningg to‘g‘riligi uchun ma’lumotlarni markaziy ma’lumotlar bazasiga kirituvchi hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari “Axborat-taxlil markazlari” javobgardir.
Maxfiy ma’lumotlarni, ommaviy (bazaviy) ma’lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish mazkur Tartib va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat siriga kiritilgan yoki maxfiy ma’lumotlar toyifasiga kiritilgan ma’lumotlar faqat tegishli davlat organlarining ruxsati bilan foydalanuvchilarga taqdim etilishi mumkin.
Yuridik yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari ularning ruxsati bilan foydalanuvchilarga taqdim etilishi mumkin.
Ma’lumotlarni taqdim etish tartibi
|
| |