|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 1/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari
Variant
Yer kadastrining mazmuni:
Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni. Tarmoqlar davlat kadastrlari davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi, hamda u tabiiy, xo’jalik ob‘ekti yoki boshqa ob‘ekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to’g’risidagi yangilanib turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo’ladi. Kadastr tushunchasining zamonaviy ta‘rifi sifatida aytish mumkinki, kadastr - mamlakatimiz hududidagi tabiiy resurslar va inson yaratgan moddiy va ma‘naviy boyliklarning joriy holatiga oid ma‘lumotlarni yig’ish, saqlash va foydalanuvchilarga havola qilish tizimidir. Tabiiy va moddiy boyliklar bir qancha turlarga bo’linganligi uchun mutanosib ravishda davlat kadastrlari tizimi ham bir qancha tarmoq kadastrlarini o’z ichiga oladi. Masalan, yer kadastri, energetika resurslari kadastri, hayvonot olami kadastri, temir yo’llar kadastri, bino va inshootlar kadastri, suv resurslari kadastri, o’rmon kadastri, arxitektura yodgorliklari va tarixiy obidalar kadastri, aloqa kadastri va h.k. Mamlakat hududidagi har qanday boylik yoki yer ostida, yoki yer ustida joylashganligi tufayli mazkur kadastrlar ichida yer kadastri alohida o’rin tutadi. Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning rivojlanishini hisobga olib, tabiiy va xo’jalik resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni boshqarish tizimini takomillashtirish, hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini majmuaviy tahlil qilish va baholash eng zarur masalalardan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining asosiy elementlaridan hisoblangan kadastr tizimi O’zbekiston Respublikasi rivojlanishining asosiy tamoyillariga va mazmuniga to’la muvofiq keladi, bugungi kunda iqtisodiy sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirishda muhim rol o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000- yil 15-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining ―Davlat kadastri to’g’risida‖gi qonuni mazmuni va mohiyati bilan mamlakatimizda Davlat kadastrlarini yaratish va yuritish tomoiyllarini to’liq belgilab berdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005- yil 16- fevralda qabul qilingan ―Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida‖gi 66-sonli qarori asosida respublikamizda 21 ta davlat tarmoq kadastrlarini yaratish va yuritish bo’yicha tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar mas‘ul etib tayinlangan. Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYT) davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko’p maqsadli axborot tizimi bo’lib uni yuritish ―Davyergeodezkadastrqo’mitasi zimmasiga yuklatilgan. ―Davyergeodezkadastrqo’mitasi o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarini davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi. Davlat kadastrlarining yagona tizimi yuritish metodologiyasini, ilmiy prinsiplarini va konsepsiyalarini ishlab chiqish davlat kadastrini yurituvchi manfaatdor vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan belgilangan bo’lib bugungi kunda davlat kadastrlarini yaratish va yuritish borasida to’laqonli normativ-huquqiy baza shakllantirildi va hukumatimizning tegishli qarorlari bilan davlat kadastrlarini yuritish va yaratish to’g’risida nizomlar tasdiqlanib ishga tushirildi. Hozirgi paytda davlat kadastrlari; yer, konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; davlat suv kadastri; davlat o’rmon kadastri; qo’riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; binolar va inshootlar davlat kadastri; gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri; avtomobil yo’llari davlat kadastri; temir yo’llar davlat kadastri; aloqa ob‘ektlari davlat kadastri; energetika ob‘ektlari davlat kadastri; chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri (xavfli geologik jarayonlar bo’limi) kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo’yicha tematik qatlam ko’rinishidagi ma‘lumotlar DKYT markaziy ma‘lumotlar bazasiga kirtib kelinmoqda.
Bugungi kunda Davlat kadastrlari ma‘lumotlari asosida geografik axborot tizimi qatlamlari yaratilmoqda. Bu o’rinda davlat er kadastri ma‘lumotlari alohida muhim ahamiyatga ega. Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy maqsadi – iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning kafolatlarini ta‘minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish uchun kadastr ma‘lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida joylashgan yer uchastkalari bo’yicha kadastr hujjatlari tayyorlanib, yuridik va jismoniy shaxlarni yer uchastkasiga tegishli bo’lgan huquqlari davlat ro’yxatidan o’tkazilmoqda, shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvchilar kesimida tuman, shahar hokimliklarning tasdiqlangan qarorlari asosida yer hisoboti tayyorlanib, viloyatda umumlashtirilgan holda ―Davyergeodezkadastrqo’mitasiga har yil yakuni bo’yicha 1- yanvar holatiga taqdim etilib borilmoqda. Hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslarni yer uchastkasiga bo’lgan huquqlari davlat ro’yxatidan o’tkazilib, ro’yxatga o’tkazish jarayonidagi ma‘lumotlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar (tuman va shaharlar kesimida) va Toshkent shahri bo’yicha navbatchi elektron xaritalarga kiritilmoqda. Bugungi kunda barcha tuman, shahar yer tuzish va ko’chmas mulk kadastr xizmatlari qishloq xo’jaligi ekinlarini tezkor va aniq o’lchovini o’tkazish, topogeodeziya ishlarining sifatini oshirish maqsadida eng zamonaviy 160 ta komplekt yo’ldosh tizimli geodezik asbob-uskunalar hamda ularga tegishli dasturiy ta‘minotlar, zamonaviy kompyuterlar, shuningdek yagona dasturiy tizimni joriy qilish maqsadida viloyat boshqarmalari hamda tuman bo’limlari ArcGIS dasturiy ta‘minoti bilan ta‘minlangan. Davlat yer kadastri ma‘lumotlari har bir yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalariga bo’lgan huquqlari belgilangan tartibda tuman va shaharlarda davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan so’ng, joylarda ma‘lumotlar bazasi yaratilmoqda va koordinatlar sistemasida jadval shaklida davlat kadastrlari yagona tizimi ma‘lumotlar bazasiga kiritib borilmoqda. Hukumatimiz tomonidan keyingi yillarda qabul qilingan qarorlarga muvofiq, hozirgi paytda, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishning kompyuterlashtirilgan yagona milliy tizimini yaratish bo’yicha, ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajakda ko’chmas mulk to’g’risida atributiv va grafik ma‘lumotlarni o’z ichiga olgan yagona ma‘lumotlar banki yaratilishi ko’zda tutilmoqda.
Davlat kadastri yagona tizimi qanday vazifalarni bajaradi?
|
| |