|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 2/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblariDavlat kadastri - Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy kismi xisoblanadi xamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xoʼjalik obʼekti yoki boshqa obʼekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʼgʼrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar va xujjatlar tizimidan iborat boʼladi.
Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
kadastr obʼektlariga boʼlgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat
roʼyxatidan oʼtkazish;
kadastr obʼektlarining miqdor va sifat tavsifini hisobga olish;
kadastr obʼektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
kadastrga doir axborotni tizimga solish,saqlash va yangilab borish;
kadastr obʼektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
foydalanuvchilarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan taʼminlash.
Davlat kadastri yagona tizimi (DKYAT) qanday tashkilot tomonidan olib boriladi?
Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) - davlat kadastrlarining turlarini birlashtiruvchi ko’p maqsadli axborot tizimidir. Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritsh O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi (―Davyergeodezkadastrqo’mitasi) tomonidan amalga oshiriladi. Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish hukumatimiz tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib boriladi. Davlat kadastrlari yagona tizimi davlat hokimyati va boshqaruvi organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur bo’lgan barcha turdagi davlat kadastrlari axborotlari bilan tezkor taminlash uchun mo’ljallangan.
Chiziqli kadastr turlari haqida ma’lumot bering
1. Avtomobil yo’llari davlat kadastri - avtomobil yo’llari ob‘ektlarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kadastrni yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Avtomobil yo’llari ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun "Davyergeodezkadastr" qo’mitasi bilan kelishuv bo’yicha "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi. Hisobga olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va avtomobil yo’llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
2. Temir yo’llari davlat kadastri - temir yo’llar ob‘ektlari, ularning jug’rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. Mavjud bo’lgan va qurilayotgan temir yo’llar, stansiyalar hamda O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo’llarning boshqa ob‘ektlari Temir yo’llari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Temir yo’llari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni temir yo’l ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Temir yo’llari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi butun hududining temir yo’l ob‘ektlarini to’liq qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo’llash; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
Temir yo’llar davlat kadastri bo’limi quyidagilarni ta‘minlaydi: temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo’lishini; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqish, uni temir yo’l korxonalariga berish, ma‘lumotlar bazasi to’g’ri to’ldirilishi ustidan nazorat qilishni; korxonalarning kadastr bilan shug’ullanadigan xodimlarini temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni; korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini tizimlashtirish va uni temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni; temir yo’llarning yangi ob‘ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlari to’planishi ustidan nazorat qilishni; kadastr axborotlari Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkor berilishini amalga oshirishni; har yili belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining temir yo’l ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etishni. Temir yo’l korxonalarining kadastr bo’linmalari: temir yo’l ob‘ektlarini miqdor va sifat holatidagi joriy o’zgarishlar, ularning atrof muhitga ta‘siri, ekologik-iqtisodiy baholash to’g’risidagi axborotlarni to’playdi va tizimlashtiradi; temir yo’l ob‘ektlari kadastr daftarlarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to’ldiradi va ularni tizimlashtirish va temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun Temir yo’llari davlat kadastri bo’limiga beradi; temir yo’llar yangi ob‘ektlarini hisobga qo’yadi, ular to’g’risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlarini to’playdi. "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud bo’lgan temir yo’l ob‘ektlarining egalari foydalanuvchilar kompaniyani kadastr xizmatiga kadastr ob‘ektlarining jug’rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy o’zgarishlari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi shart. Temir yo’llari davlat kadastrini yuritish temir yo’l ob‘ektlarining barcha turlarini ro’yxatdan o’tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, ob‘ektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini to’plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir.
3. Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlarni, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi: xalqaro, shaharlararo, viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo’lgan telefon-telegraf stansiyalari, shu jumladan turg’un aloqa asbob-uskunalari va magistral liniyalari; aloqaning tarmoq uzellari; shahar aloqa telefon uzellari, shu jumladan stansiyalari va chiziqli inshootlari; tuman telekommunikatsiya uzellari, shu jumladan stansiya asbob-uskunalari, hududiy va qishloq chiziqli inshootlari; aloqa radiorele chiziqlari stansiya va inshootlari; yo’ldoshli aloqa stansiyalari; qabul qilish-uzatish radiostansiyalari; ko’chma ob‘ektlarga ega bo’lgan quruqlikdagi radioaloqa stansiyalari (shaxsan radiochaqiruv, radial tizimlar, uyali telefonlar); radiotelevizion stansiyalar va rentranslyatorlar; simli eshittirish stansiyalari va tarmoqlari; pochta va maxsus aloqa ob‘ektlari. O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni aloqa ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr ma‘lumotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa ob‘ektlarini qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanish; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlarni ro’yxatdan o’tkazishni ta‘minlaydi, yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat kadastrlari ma‘lumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
4. Energetika ob‘ektlari davlat kadastri ushbu ob‘ektlarni, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
Faoliyat ko’rsatayotgan va qurilayotgan gidro hamda issiqlik elektr stansiyalari, o’z ichiga yordamchi stansiyalarni oladigan elektr tarmoqlari, "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida jamlangan havo va yer osti kabel liniyalari hamda O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, texnologik jarayonning yaxlitligi vositasida energiya tizimi bilan bog’langan boshqa energiya ob‘ektlari Energetika ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni energetika ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr ma‘lumotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi energetika ob‘ektlarini to’liq qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llash; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish energetika ob‘ektlarini xatlovdan o’tkazish, hisobga olish, baholash bilan ta‘minlanadi hamda davlat yer kadastri va bino va inshootlar davlat kadastri ma‘lumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi. Energetika ob‘ektlariga tegishli yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish energetika ob‘ektlarining barcha turlari ro’yxatini, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishni, ob‘ektlarni ekologik-iqtisodiy baholashni, shuningdek kadastr axborotlarini to’plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilashni hamda ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o’z ichiga oladi
5. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri - Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va ushbu ob‘ektlarni hisobga olish hamda holatini baholash maqsadida yuritiladi. Neft, gaz va gaz kondensatini Yetkazib berishga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasi hududidagi mavjud va qurilayotgan quvurlar va ularga xizmat ko’rsatish ob‘ektlari: armaturali Yetkazib berish quvurlarining chiziqli qismi, kompressor va nasos stansiyalari, elektrokimyoviy himoya vositalari, gaz taqsimlash stansiyalari, neft, gaz va gaz kondensati transporti korxonalari balansida bo’lgan, katta uzunlikdagi, yuqori bosimli, qo’riqlash zonasiga ega bo’lgan ularning yuqori xavfliligi munosabati bilan Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O’zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr markazi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O’zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlashdan iborat. Quyidagilar Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasining butun hududida lokal va magistral quvurlarning butun tizimini va ularga xizmat ko’rsatish ob‘ektlarini qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo’llash; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish quvur ob‘ektlarini ro’yxatga olish, baholash va davlat yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlariga tegishli bo’lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish qog’oz va/yoki elektron manbalarda olib boriladi va tizimlashtirilgan kadastr axboroti Davlat kadastrlari yagona tizimiga belgilangan tartibda beriladi. Kadastrni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish "O’zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasining tegishli korxonalari mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
6. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri - O’zbekiston Respublikasi hududida bajarilgan geodezik va kartografik ishlar materiallari, geodezik tayanch tarmoqlar punktlarining yer osti markazi va yer usti belgilari, ularning miqdor va sifat tavsiflari to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi hududida Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini ro’yxatga olish ob‘ektlari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi barcha hududlarining turli masshtablardagi topografik haritalari; O’zbekiston Respublikasi shaharlari, shaharchalari va qishloq aholi punktlarining topografik planlari; O’zbekiston Respublikasining raqamli elektron haritalari; O’zbekiston Respublikasining navbatchi ma‘lumotnoma haritasi; O’zbekiston Respublikasi hududini aerofoto va kosmik suratga olish materiallari; O’zbekiston Respublikasi davlat geodeziya tarmoqlari va zichlash tarmoqlari punktlari, reperlari va ularni yer usti belgilari; yer uchastkalari chegaralarini belgilovchi chegara tarmoqlari punktlari; barcha geodezik tarmoqlar punktlari, reperlari hamda chegara belgilari koordinatlari va balandliklari kataloglari; geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajarish sanasi ishlarni bajaruvchilar to’g’risidagi ma‘lumotlar, bajarilgan ishlar. O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi (keyingi o’rinlarda "Davyergeodezkadastr") Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kartografiya-geodeziya axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan.
|
| |