Mavzu: Favvora armaturasini ta’mirlash




Download 200,95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.05.2024
Hajmi200,95 Kb.
#246405
Bog'liq
3.A.M.Favvvora armaturasini ta’mirlash.



Mavzu:
 Favvora armaturasini ta’mirlash. 
Favvora quduqlar yer usti va yer tagi jihozlaridan tashkil topgan. Yer usti jihozlariga tizma boshchasi
favvora armaturasi va otma tizimlar kiradi. Yer tagi jihozlariga NKQ-lari hamda ko‘targichlar kiradi. 
Favvora quduqlarida NKQ-lar suyuqlik va gazni yer ustiga ko‘tarib chiqadi, quduqning ish rejimini 
bajarish, tadqiqot ishlarini olib borish, smola, parafin yotqiziqlari bilan kurashish har xil geologik – texnik 
tadbirlarni (GTT) amalga oshirish, ishlatish tizmasini korroziya va erroziyadan himoya qilish, qumli 
tiqinlarning oldini olish va bartaraf qilish, yer osti va kapital ta’mirlash ishlaridan oldin quduqni to‘xtatib 
qo‘yish, har xil geologik – texnik tadbirlarda quduqning ishlatish tizmasini yuqori bosimda himoya qilish, 
quduqlarda ta’mirlash va ishlatish ishlari amalga oshiriladi. Favvora quduqlarida choksiz, bir butun 
ishlangan NKQ-lari qo‘llaniladi, diametri 48,3 mm-dan 114,3 mm-gacha, quvurning qalinligi 4 mm-dan, 
7 mmgacha, uzunligi 5,5 metrdan 10 metrgacha (asosan 7-8 m) bo‘ladi. Quvur yuqori markali 1000 MPa 
bosimga chidamlidir. NKQ-lari silliq va tashqari uchi qalinlashtirilgan bo‘ladi. Silliq quvurlarning 
rez’bali qismining mustahkamligi butun qismini 80- 85%ni tashkil qiladi, quvurning uchi qismi 
tashqariga o‘tqazilgan, rezbali qismini mustahkamligi va quvur tanasining mustahkamligi bir xil. NKQ-
lari silliq (quvur uzunligi bo‘yicha har xil o‘lchamdagi) va tashqi tomoni (qalinlashtirilgan) kirgizmali 
ishlab chiqariladi Quduqlarda qatlamdan neft bilan birgalikda qum chiqganda, quduq tubida NKQ-da 
qumli tiqinlarning paydo bo‘lishga olib keladi. Shuning uchun NKQ-larda suyuqlikning harakat tezligi 
oshiriladi, qum suyuqlik bilan birgalikda yer ustiga olib chiqiladi. Ta’mirlash–profilaktik ishlarni yoki har 
xil geologik–texnik tadbirlar amalga oshiriladi, oldindan quduqlarni to‘xtatish (uchirish) talab qilinadi. 
Quduqga tushirilgan NKQ yordamida quduq yengillashtiradi. Gaz suyuqlik aralashmasini quduq tubidan 
yer ustiga harakatini optimal sharoitini yaratish, quduq tubidan mexanik aralashmalarni va qumlarni yer 
ustiga chiqarish uchun ko‘taruvchi quvurlar quduqning tubigacha tushiriladi. Amaliyotda nasos–
kompressor quvurlar favvora usulida ishlatilganda, quvur perforatsiya teshiklarining yuqori chegarasidagi 
teshikkacha tushiriladi. Mahsuldor qatlam zich tog‘ jinslari yotqizig‘idan iborat bo‘lsa, quduq ustunidan 
gaz ajralib chiqish boshlansa, NKQ – boshmog‘i neftni gaz bilan to‘yinish bosimining chegarasiga 
tushiriladi. Quduqning uzoq muddat favvoralanish uchun ko‘targichlar ishini shunday tashkil yetish 
kerakki, eng kam energiya sarf bo‘ladigan sharoitda yangi Qопт – optimal rejim bilan ishlatiladi. Favvora 
armaturasi va manifold Favvora va gazlift ko’targichlar erning ustki qismida favvora bilan biriktiriladi va 
quduqning tizma boshchasiga montaj qilinadi. Favvora armaturasi bir nechta vazifalarni bajaradi: 
quduqqa tushirilgan NKQning og’irligini saqlab turadi, ikki qatorli ko’targichlarda–ikki tizmada quvurlar 
oralig’idagi fazoning germetikligini ta’minlaydi va ularni o’zaro bekitadi, quduqning ish rejimini berilgan 
chegaralarda rostlashni, uning to’xtovsiz ishlashini va quduqda parametrlarning o’zgarishini tadqiqot 
qilishda quduqning ichida va yer ustida ishni olib borilishini ta’minlaydi. Favvora armaturasini buzilishi 
yoki ishlamay to’xtab qolishi ishlatish quduqlarni buzilishga, avariyaga va ochiq favvoralanish sodir 
bo’lishga olib keladi. Qatlam suyuqligini yoki gazli konlarda bosim va debit yuqori bo’lmaganda 
armaturaning ishlashini yuqori ishonchligini ta’minlashda, korroziyalovchi komponentlar va abrazivlik 
bo’lmaganda oddiy usullarda konstruktsiyalash va armaturalarni tayyorlashga erishiladi. Anomal qatlam 
bosimiga va bir necha yuzdan ming kubometr debitlarga yoki kunlik million metr kub gazga
mahsulotning tarkibida katta miqdorda abraziv va emiruvchi komponentlar bo’lgan sharoitlarga 
moslashtirilgan katta chuqurlikdagi (5000-7000 m) quduqlar uchun favvora armaturasi turkumli ishlab 
chiqariladi. Ko’p yillik konstruktsiyalash ishlari va takomillashtirilgan favvora armaturasining 
konstruktsiyasi keltirilgan. Favvora armaturasida ko’targichlarning qo’llanilishini boshlanishdan, 
suyuqlik yoki gazning sarfini boshqarish qurilmasini shtutserlar yordamida drossellab boshqarish hamda 
suyuqlik yoki gazni ko’targichlardagi bosimini quduq ustidan nazorat qilish talabidan kelib chiqib ishlab 
chiqarildi. Buning uchun sodda ko’rinishdagi favvora armaturasi qo’llanilgan, uning tarkibiga uchlik, 
to’sish qurilmalari, jo’mrak, manometr, shtutser kiradi va to’sin qurilmasidan shtutserlarni almashtirishda 
foydalanilgan. Quduqning ishini to’xtatmasdan shtutserni almashtirish ikki otma chiziqlarni, torli 
armaturalarni paydo bo’lishga olib keldi. Bu armatura uchta uchlikdan va uchta kesuvchi qurilmadan va 
shtutserdan tashkil topgan bo’lib, ularning birgalikda ishlashi favvora archasi deb yuritiladi. Manifold 


quduqni ishga tushirish va ishlatishda turli operatsiyalarni amalga oshirish uchun agregatlarning quvur va 
trubka joylariga ulanishga xizmat qiladi.An'anaviy neft quduqlari favvorani mustahkamlash manifoldlari 
bir necha zadvishka, krestovena,uchlik, va boshqa elementlardan iborat. Ko'proq mas'uliyatli neft 
quduqlarida manifold ko'plab elementlardan iborat. Sxemalar bo'yicha amalga oshiriladigan yuqori 
daromadli gaz quduqlari uchun manifoldlar yanada murakkab. 
Favvora quduq usti jihozlari Berkitish (ochish-yopish) qurilmalariga qulfaklar va kranlar mansub bo’lib, 
armatura va manifoldlarning kanallarini bekitishda va ochishda xizmat qiladi. Rostlovchi qurilmalarga 
almashtiriladigan shtutserlar va jo’mraklar o’rnatiladi, ular qatlam suyuqligini va gazning sarfini 
drossellab o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Favvora armaturasining yoki manifoldning sxemalariga 
bog’liq archadagi va quvurning boshchasidagi berkitish qurilmalarining soni 10-12 ta, manifoldda esa 15- 
20 qulfak yoki jo’mraklarni tashkil qilishi mumkin. Gzlift va haydovchi quduqlarning armaturasida bir xil 
bo’lgan berkitish qurilmalaridan foydalaniladi. Berkitish qurilmasi jihozlariga favvora armaturasida 
qo’llaniladigan qulfaklar va jo’mraklar kiradi, umuman neft va gaz qazib olinadigan hamma texnologik 
jarayonlarda va operatsiyalarda, quduqlarni burg’ilashda esa ularning ko’rinishi o’zgartirilib qo’llaniladi. 
Ular ko’pincha otilmaga qarshi jihozlarda, burg’ilash nasoslarining manifoldida, qatlamni gidravlik 
yorish jihozlarida, kislotali ishlov berishda va hamma yuvuvchi agregatlarda, neftgaz konlarining 
kommunikatsiyalarida va yig’ish inshootlarida, qatlamlarni ajratishda, qatlam suyuqligini, neft va gazni 
tashishda, qatlamga suv va gazni haydashda qo’llaniladi. Bunday berkitish qurilmalarining katta qismi 
neft va gazni dastlabki qayta ishlash va ularni tashish jihozlarida qo’llaniladi. Eng murakkab sharoitlarda 
berkitish qurilmalarini ishlatishga favvora quduqlarining favvora armaturasidan foydalanish kiradi. 
Boshqa jihozlar kabi favvora armaturasining bekitish qurilmasi ham qatlam suyuqliklari, gazi yoki 
kondensatlari bilan doimiy kontaktda bo’lganligi uchun yuqori bosim ta’sirida (70-100 MPa gacha) 
bo’ladi, o’zi orqali bir necha minglab tonna qatlam suyuqligini yoki millionlab metr kub gazni o’tkazadi, 
ularning tarkibida emiruvchi muhitli (H2S va CO2), abraziv, kuchli minerallashgan suvlar mavjuddir. 
Ba’zida qatlam suyuqligining harorati 2000C gacha yetadi. Xuddi shunday sharoitda rostlovchi vositalar 
va shtutserlar ishlatiladi. Favvora armaturalarining manifoldida ham xuddi shunday sharoitlarda berkitish 
qurilmalari ishlatiladi. Bunday muhim sharoitlarda bekitish qurilmalarini ishlatish uning konstruktsiyasi 
va tayyorlashga qoyiladigan talablardan kelib chiqib aniqlanadi: kerakli bosimni saqlab turish xususiyati 
va bunda berkitishning germetikligini ta’minlash, suyuqlik yoki gazning oqim bosimini minimal yo’qotib 
o’tkazish, emiruvchi muhitda va abrazivlikda o’zining ishlash xususiyatini saqlash, yuqori va past 
haroratlarda tezkor boshqarilishi, minimal metall sig’imdorlikka ega bo’lishdir. Debitni va bosimni keng 
oraliqda, suyuqlik va gazning kimyoviy tarkibini, haroratning qator xarakterli hususiyati, berkitish 
qurilmasini qo’llashni maqsadga muvofiq ekanligini va har xil bosimlarda, sarflarda, kimyoviy nasoslarni 
haroratga takomillashtirilgan holda bajarilishga olib keldi. Berkitish qurilmalari muhim murakkab 
sharoitlarda ishlatilganda ishonchligi nisbatan yuqori bo’lganligi uchun uzoq muddat xizmat qilishiga 
qaramasdan ularni almashtirishga to’g’ri keladi. Shuning uchun faqat bekitish qurilmasi emas balkim 
favvora armaturasining o’zi ham ishdan chiqib qolishini va butun armaturani ish qobiliyatini saqlash, 
rezervlash yo’li bilan yoki bosim ostida ishlayotgan quduqda berkitish qurilmalarini almashtirish 
talablaridan kelib chiqib tayrlanadi. Asosiy berkitish va rostlovchi qurilmalarning tartibli sxemalari 
zichlashtirish usullaridan farqlanadi (4.1-rasm). Ponali qulfakning zichlanish samarasi pona-shiberning 
qulfak kanalining uyasiga qisilib tirkalish kuchining hisobiga ta’minlanadi. Bu turdagi qulfaklarda bir 
qator jiddiy kamchiliklar mavjud: suyuqlik va gazni oqimini to’g’ri oqmasligi, buralma oqimning paydo 
bo’lishi, shiber ochiq holda bo’lganda suyuqlik yoki gazning oqimida yuvilib ketish davri va uyalar paydo 
bo’lishi kam uchraydi. Qulfakning kamchiligi – pona sirti – uyadagi kontaktning germetikligini 
ta’minlash murakkab, tayorlash ham ta’mirlash ham qiyin bo’lganligi uchun uni ishlab chiqarish keskin 
qisqargan, lekin talab juda yuqori. Qulfaklardan tashqari yopish-ochish qurilmalari sifatida har xil formali 
tiqinga ega bo’lgan kranlardan ham foydalaniladi, silindrsimon, sharsimon, konussimon. Kran suyuqlik 
yoki gazning to’g’ri oqimli yo’nalishini ta’minlaydi. Rostlovchi qurilmalar sifatida jo’mraklar va vtulkali 
almashtiriladigan shtutserlar ham qo’llaniladi. Ko’pincha jo’mraklarning boshqariladigan shtutserlaridan 


foydalanilganda favvora armaturasida kanalning kesimi yuzasini bir tekisda o’zgartirish mumkin bo’ladi 
va pog’onasiz boshqarish ta’minlanadi. Vtulkali almashtiriladigan shtutserlar pog’onali rostlashga 
hisoblangan bo’ladi, bu jarayonni amalga oshirishda har xil diametrdagi kanalli drossellarning detallari 
to’plamidan foydalaniladi. 
To’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning shartli o’tish teshigining diametri 65 mm bo’ladi, 21 MPa ishchi 
bosimga hioblangan. Qulfakning asosiy detallariga qoyidagilar kiradi: qopqoqli (4) po’lat korpus (1), 
shiber (13) va uyadan tashkil topgan. Kirishda (2) va chiqishda (13) tirkaluvchi likopchali prujinalar (11) 
o’rnatilgan. Qulfak uchun bunday turdagi konstruktsiya namunaviy bo’ladi hamda katta sarf va bosimga 
hisoblangan. Qulfakning massasi 80-100 kg. Bekitish germetikligini amalga oshirish uyani (12) halqali 
zichlamalar bilan qo’zg’alishi hisobiga erishiladi, yon sirt yuzalari va ular bilan kontaklashuvchi 
shiberning yuzasi ham yuqori sifatda tayyorlangan. Germetikligini va korroziyaga chidamligini oshirish 
uchun qulfakning korpusi yog’ bilan to’ldiriladi (3.2). Murakkab turdagi to’g’ri oqimli tekis shiberli 
qulfakning konstruktsiyasi 70 MPa ishchi bosimga hisoblangan, zichlanish tizimi oldingidan farq qiladi. 
Qulfakning korpusida ikkita yo’naltiruvchi sig’imli, maxsus surkov (yog’lash) va kanalli lunj o’rnatilgan, 
u surkovlarni zichlanuvchi yuzalarga uzatadi. Shiber ikkita plashkadan tashkil topgan bo’lib, bir nechta 
prujinalarga tirkaladi. Plashkada ariqchalar mavjud, unga shpindelning va kontrshpindelning boshchasi 
joylashtirilgan. Zichlovchi yuzalarga ishchi muhitning bosimi ostida surkov (moylash) uzatiladi, u 
zatvorning germetikligini yaxshilaydi. Moylash surkovlarning zaxirasi teskari klapanlar orqali to’ldiriladi. 
Qulfaklarni boshqarishni va teleboshqaruvni ta’minlashda ular gidro uzatmalar yoki havo uzatmalari bilan 
jihozlanadi. Havo uzatmali qulfakning shartli o’tish teshigining diametri 50 mm bo’ladi, 70 MPa ishchi 
bosimga hisoblanadi. Bu turdagi qulfakning konstruktsiyasi oldingilardan shpindelni qo’zg’atishdagi va 
uzatmali gidraklik yoki havoli silindrlarning mavjudligi hamda qurilmaning bajarilishi bilan farq qiladi. 
Konussimon tiqinli teshik kranda zichlamalarning germetikligi korpusning va tiqinning olib tayyorlanishi, 
ularning oralig’idagi tirqish o’lchamlarini hamda maxsus moylar bilan kran korpusini to’ldirishdir. 

Download 200,95 Kb.




Download 200,95 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Favvora armaturasini ta’mirlash

Download 200,95 Kb.
Pdf ko'rish