Международный научный журнал № 6 (100), часть 2
«Новости образования: исследование в XXI веке» январь, 2023 г
889
OQIMLI SHIFRLASH ALGORITMLARI TAHLILI
Rahmatullayev Ilhom Raxmatullayevich
TATU Samarqand filiali katta o`qituvchi
Annotatsiya:
Ilmiy – tadqiqot ishi bardoshli oqimli shifrlash algortimini yaratish
maqsadida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar doirasida bajarilgan. Mazkur tadqiqot ishida
oqimli shifrlash algoritmlariga nisbatan qo‘llaniluvchi kriptotahlil usullari o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: Grafik testlar, Baholash testlari, Analitik hujumlar, Statistik hujumlar,
Kuchga asoslangan hujumlar, Korrelyatsion hujum, “Vaqt-hotira” kompromissi, Faraz qilish
va aniqlash, Inversion hujum, “O‘rtada uchrashish” usuli, Statistik hujumlar, Chiziqli
kriptotahlil, Differensial kriptotahlil, NESSIE.
Har qanday kriptografik algoritmlarni yaratishda ularning kriptobardoshligi bugungi
kunda ma’lum bo‘lgan kriptografik hujumlarga bardoshliligi bilan baholanadi.
Shu bilan
birga oqimli shifrlar hosil qilgan gamma ketma-ketliklarning tasodifiyligi tasodifiylikka
tekshiruvchi testlar orqali tekshiriladi.
Tasodifiylikga tekshiruvchi testlar 2 xil bo‘ladi*1]:
1. Grafik testlar – Grafik testlar foydalanuvchiga tekshirilayotgan ketma-ketlikning
ma’lum bir grafik bog‘liqligi haqidagi ma’lumotni berib, u bo‘yicha tekshirilayotgan ketma-
ketlik xossalari to‘g‘risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
2. Baholash testlari – Baholash testlari tekshirilayotgan
ketma-ketlik statistik
xossalarini tahlil qilib, uning chin tasodifiylik darajasi haqida xulosa chiqarish imkoniyatini
beradi.
METODOLOGIYA
Tasodifiylik darajasini aniqlovchi testlar quyidagi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. Tasodifiylik darajasini aniqlovchi testlar
Grafik
Baholash
1. Gistogramma.
2. Tekislikdagi taqsimlanish.
3. Baytli avtokorrelyatsiya
testi.
4. Bitli avtokorrelyatsiya testi .
5. Monotonlikga tekshirish.
1. Xi- kvadrat testi.
2. Oraliqlar testi.
3. Umumlashgan- poker testi.
4. O‘rin almashtirish testi.
5.
Kesishuvchi n - grammalar
testi.
Tasodifiylik darajasini aniqlovchi testlar
Международный научный журнал № 6 (100), часть 2
«Новости образования: исследование в XXI веке» январь, 2023 г
890
Oqimli shifrlarning bardoshliligini baholash uchun yuqorida keltirilgan tasodifiylikka
tekshiruvchi testlarning o‘zi kamlik qiladi. Oqimli shifrlarning bardoshliligini to‘liq baholash
uchun uning kriptotahlil usullariga bardoshligi tekshiriladi.
Oqimli shifrlash algoritmlariga qo‘llaniluvchi kriptotahlil
usullarini shartli ravishda
uchta guruhga ajratish mumkin[2]:
-
Analitik hujumlar;
-
Statistik hujumlar;
-
Kuchga asoslangan hujumlar.
Analitik hujumlarga hujum algoritmning qurilishi kriptosxemani analitik prinsiplarga
asoslangan holda ochishga qaratilgan kriptohujumlar misol bo‘ladi.
Statistik hujumlarga
shifrlovchi gammaning statistik xossalarini baholashga asoslangan kriptohujumlar kiradi.
Kuchga asoslangan hujumlarga kalitning barcha mumkin bo‘lgan variantlarini ko‘rib
chiqishga asoslangan kriptohujumlar kiradi.