Hujum tasnifi Hujumchida mavjud
ma lumotlar
Hujum usullari
Hujum maqsadi
Shifr matn Tanlangan shifr matn Adaptiv tanlangan shifr matn Ochiq matn Tanlangan ochiq matn Adaptiv tanlangan ochiq matn Statistik hujumlar Chiziqli Differensial Analitik hujumlar Algebraik Kuchga asoslangan hujumlar Korrelyatsion Farqlash Kalitni aniqlash 2-rasm. Oqimli shifrlarga qo‘llaniluvchi kriptohujumlar
Analitik hujumlar sinfini ikkiga bo‘lish mumkin:
-
Shifrlovchi gammani aniqlashga yo‘naltirilgan kriptotahlil usullari;
-
Kalitni initsializatsiya va reinitsializatsiya qilish protseduralariga asoslangan
kriptotahlil usullari.
Statistik hujumlar sinfini ham ikkiga bo‘lish mumkin:
-
Shifrlovchi gammaning statistik xossalariga asoslangan kriptotahlil usullari;
-
Ketma-ketlikning murakkabligiga asoslangan kriptotahlil usullari.
Международный научный журнал № 6 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» январь, 2023 г
891
Yuqoridagi 2-rasmda sinxron oqimli shifrlash algoritmlariga qo‘llaniluvchi keng
tarqalgan kriptografik hujum tasnifi (hujum modellari) tasvirlangan[2].
Quyida, yuqoridagi hujum modellariga asoslangan keng tarqalgan ayrim hujum
usullari keltiriladi.
Korrelyatsion hujum.Oqimli shifrlar qurilishining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda eng keng tarqalgan hujum turi bu korrelyatsion hujumdir. Agar chiziqsiz
funksiya chiqishga o‘zining ichki komponentlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘tkazib
yuborsa, bunday tizimni ochish murakkabligi sezilarli darajada qisqaradi. Shu bilan birga
bunday funksiya har doim mavjud bo‘ladi. Ushbu aksiomaga binoan korrelyatsion
hujumlarda shifrlash sxemasidan chiquvchi va registrlardan chiquvchi ketma-ketliklarning
o‘zaro bog‘liqligidan foydalaniladi*1,2,3+.
Kriptotahlilchining bosh maqsadi ushbu generator yordamida generatsiya
qilinayotgan ketma-ketlikka ega bo‘lgan holda generator registrlarining boshlang‘ich
holatini ya’ni kalitni topishga qaratilgan. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, agar generator uchta
registrdan tashkil topgan bo‘lsa, bunday generatorning boshlang‘ich holatini aniqlash
uchun barcha kalit variantlarini tekshirib chiqish usuli bilan O(2 L1+L2+L3 ) ta variantni ko‘rib
chiqish talab qilinadi. Bu yerda L – mos registrlarning bitlardagi uzunligi. Bu holatda
registrlarning boshlang‘ich holatini topish uchun har bitta registr bir-biridan alohida
qaraladi. Birinchi bosqichda birinchi registrni boshlang‘ich to‘ldirishning barcha variantlari
ko‘rib chiqiladi. Bu variantlar ichidan generatordan chiquvchi ketma-ketlikka moslik
chastotasi eng yuqori bo‘lganlari tanlab olinadi. Ikkinchi registrning boshlang‘ich holatlari
ham shu kabi aniqlanadi. Uchinchi registrning boshlang‘ich holati generatorning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda birinchi va ikkinchi registrlarning variantlariga
yordamida aniqlanadi.
Oqimli shifrlash algoritmlari qurilishining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda eng keng tarqalgan hujum turi bu korrelyatsion hujumdir. Agar chiziqsiz funksiya
chiqishga o‘zining ichki komponentlari haqida axborotni o‘tkazib yuborsa, bunday
sistemani ochish bo‘yicha qilinadigan ishlar sezilarli darajada qisqaradi. Shu bilan birga
bunday funksiya har doim mavjud[8]. Ushbu aksiomaga binoan korrelyatsion hujumlarda
shifrlash sxemasidan chiquvchi ketma-ketlik va registrlardan chiquvchi ketma-ketlikning
o‘zaro bog‘liqligidan foydalaniladi*2,1,3+. Kriptotahlil jarayoni generatordan chiquvchi
ketma-ketlikka ega bo‘lgan holda generator registrlarining boshlang‘ich holatini, ya’ni
kalitni topishga asoslangan.
Oqimli shifrlash algoritmlarni korrelyatosion hujum usuliga baholashda asosiy
parametr korrelyatsion immunistlik tushunchasi hisoblanadi.
Korrelyatsion immunistlik tushunchasi dastlab kombinatsiyalovchi bul funksiyalarining
yuqorida keltirilgan yondashuvni qo‘llash imkonini bermaydigan hususiyatlari sifatida
yuzaga kelgan.
Международный научный журнал № 6 (100), часть 2 «Новости образования: исследование в XXI веке» январь, 2023 г
892