• 1.Axborot xaqida tushuncha. Axborotning xossalari.
  • Reja: Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2




    Download 41.67 Kb.
    bet1/12
    Sana29.03.2024
    Hajmi41.67 Kb.
    #181382
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Reja Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2-fayllar.org
    FM0stfajpPw7cLmBceFEQficlR7MP8bR5dmMsQij

    Reja: Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2


    Axborotlarning nazariy asoslari




    Reja:
    1. Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari
    2. Axborot hususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar
    3. Kompyuterning arifmetik va mantiqiy asoslari

    Tayanch iboralar: axborot, rеsurs, tasvir, animatsiya, grafika, progmatik moslik, sеmantik moslik, sintaktik moslik, axborot hajmi, axborotning o’lchov birligi, sanoq tizimlari, kodlashtirish,


    1.Axborot xaqida tushuncha. Axborotning xossalari.
    "Axborot" (informatio) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib
    biron-bir voqea, hodisa, jarayon yoki faoliyat haqida xabar qilish ma’nosini bildiradi. Axborot tushunchasi real voqe’likning amaliy holatini to‘la mazmunda aks ettirishdan iboratdir.
    Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
    Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar, 1deb atasa ham bo‘ladi.
    Axborot – resurs sifatida boshqa resurslar (energiya, gaz, suv yoki foydali qazilmalar zaxiralari) kabi muxim ahamiyatga egadir. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, san’at, tibbiyot kabi turli sohalarga oid axborot resurslari soha rivojlanishining muxim omillaridan biriga aylanib bormoqda.
    Axborot texnologiyaning asosiy resursi bu – axborotdir.

    5 - rasm. Axborot texnologiyaning asosiy resursi.
    Axborot - olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.


    Download 41.67 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 41.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari 2

    Download 41.67 Kb.