• AXBOROT XAVFSIZLIGI fanidan (amaliy) mashg‗ulot uchun O‟QUV QO‟LLANMA
  • O‟quv qo‟llanma




    Download 3,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/76
    Sana18.11.2023
    Hajmi3,82 Mb.
    #101076
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    risklarni baholash



     
    O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM 
    VAZIRLIGI
    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
    Eshonqulov Sh.U., Qarshiboyev N.A.
    AXBOROT 
    XAVFSIZLIGI
    fanidan (amaliy) mashg‗ulot uchun
     
     
     
    O‟QUV QO‟LLANMA 
     
     
     
    Jizzax-2022 



    J
    Axborot xavfsizligi. 
    Mualliflar: JizPI ―Energetika va radioelektronika‖ fakulteti ―Ishlab 
    chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish‖ kafedrasi katta 
    o‘qituvchisi Sh.U. Eshonqulov., assistenti N.A.Qarshiboyevlar tomonidan 
    ―Axborot xavfsizligi‖ fanidan o‘quv qo‘llanma, JizPI, 148 b., Jizzax-
    2022. 
    Ushbu o‘quv qo‘llanma ―Axborot xavfsizligi‖ fanining tanlov fanlari 
    bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, xavfsizlikning asosiy tushunchalari, ularning vazifalari, 
    maxfiy xabarlarning xavfsizligini ta‘minlash usullari bilan ishlash kabi 
    ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan. Bu fanni o‘qitishdan maqsad – axborot 
    xavfsizligi profiliga mos, ta‘lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar 
    va tajribalar darajasini ta‘minlashdir. 
    Ushbu o‗quv qo‗llanma ―Axborot xavfsizligi‖ fanini o‗qitishga 
    mo‗ljallangan bo‗lib, oliy ta‘limning 60711400 – Texnologik jarayonlar va 
    ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo, neftkimyo va oziq-
    ovqat sanoati), 60610300- Axborot xavfsizligi (sohalar bo‗yicha), 70610302 – 
    Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlari bo‘yicha), 60610400 - Axborot xavfsizligini 
    boshqarish bakalavriat ta‘lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun 
    tayyorlangan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada axborot xavfsizligini ta‘minlashning 
    asosiy tushunchalari, ularning vazifalari, maxfiy xabarlarning xavfsizligini 
    ta‘minlash usullari jadal o‘sishi bilan tavsiflanadi. Kriptografiya, kriptoanaliz
    kriptotahlil, kriptobardoshlilik, axborot xavfsizligi siyosati, va usullarining 
    yutuqlari standart shifrlash algoritmlari asosida yaratilgan va kriptobardoshli 
    hisoblangan ayrim kriptotizimlar bardoshliligi bahosini katta savol ostiga 
    qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda.
    Axborot xavfsizligi, Axborot xavfsizligi mutaxassisligi kabi sohalarda 
    eng zamonaviy kodlashtirish usullari va OT(Operatsion tizim)da o‘rnatilgan 
    dasturiy vositalardan foydalanish kabi bir qancha mavzular yoritilgan.
    Ushbu o‘quv qo‘llanmadan oliy ta‘limda talabalarni o‘qitish jarayonida 
    foydalanish katta samara beradi deb hisoblayman va uni ochiq nashrga tavsiya 
    etaman. 
    O‘quv qo‘llanma JizPI Bakalavrda ta‘lim oluvchi talabalar uchun o‘quv 
    jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan. 
    Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma institut ilmiy-uslubiy kengashining qarori 
    bilan chop etishga tavsiya etildi (2022 yil ―26‖ ―yanvar‖ ―6‖ sonli bayonnoma). 

    Download 3,82 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 3,82 Mb.
    Pdf ko'rish