8
-uzatiladigan ma‘lumotlarni ochib o‘qishdan saqlanish;
-uzatiladigan ma‘lumotlarni tahlil qiliщdan saqlanish;
-uzatiladigan
ma‘lumotlarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik va
o‘zgartirishga urinishlarni aniqlash;
-ma‘lumotlarni uzatish maqsadida qo‘llaniladigan
dasturiy uzilishlarni
aniqlashga yo‘l qo‘ymaslik;
-firibgar ulanishlarning oldini olish.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda asosan kriptografik usullar qo‘llaniladi.
Axborotni himoyalash uchun
kodlashtirish va
kriptografiya usullari
qo‘llaniladi.
Kodlashtirish deb, axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma‘lum bir
belgilar yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga aytiladi.
Kriptografiya
deb,
mahfiy
xabar
mazmunini
shifrlash,
ya‘ni
ma‘lumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish
yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq qo‘yish usuliga aytiladi.