|
O‟quv qo‟llanmaBog'liq risklarni baholash1-Amaliy mashg‟ulot
Mavzu: Axborot xavfsizligida himoyalash usullari va axborot
xavfsizligini dolzarbligi va asosiy atamalarini o‟rganish.
Kirish:
Kompyuter
tarmoqlarida
axborotni
himoyalash
deb,
foydalanuvchilarni ruhsatsiz tarmoq elementlari va zahiralariga egalik qilishni
man etishdagi texnik, dasturiy va kriptografik usul, vositalar, hamda tashkiliy
tadbirlarga aytiladi.
Ishdan maqsad: Ushbu amaliy ishni bajarish jarayonida talabalar axborot
xavfsizligida himoyalash usullari, axborotni kodlashtirish va kriptografik
himoyalash usullari haqida nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Kerakli jixozlar: Kompyuter, dasturlar( Java, C++, C#, ixtiyoriy),
printer, daftar, A4 formatdagi oq qog‘oz.
Qisqacha nazariy ma‟lumot:
Fizikaviy texnik vositalar - bu avtonom holda ishlaydigan qurilma va
tizimlardir. Masalan, oddiy eshik qulflari, derazada o‘rnatilgan temir panjaralar,
qo‘riqlash elektr uskunalari fizikaviy texnik vositalarga kiradi.
Dasturiy vositalar – bu axborotlarni himoyalash funksiyalarini bajarish
uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta‘minotdir.
Axborotlarni himoyalashda birinchi navbatda eng keng qo‘llanilgan
dasturiy vositalar hozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi hisoblanadi.
Bunga misol sifatida parol tizimini keltirish mumkin.
Tashkiliy himoyalash vositalari - bu telekommunikasiya uskunalarining
yaratilishi va qo‘llanilishi jarayonida qabul qilingan tashkiliy-texnikaviy va
tashkiliy-huquqiy tadbirlardir. Bunga bevosita misol sifatida quyidagi
jarayonlarni keltirish mumkin: binolarning qurilishi, tizimni loyihalash,
qurilmalarni o‘rnatish, tekshirish va ishga tushirish.
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari- bu hisoblash texnikasini
rivojlanishi oqibatida paydo bo‘ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar
qonun darajasida bo‘lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro‘siga
ziyon yetkazishi mumkin.
|
| |