|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 3/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari2-variant
O‘zbekston Respublikasida Davlat kadastri tarkibidagi eng muxim rivojlangan kadastr turlari:
1. Davlat yer kadastri; 2. Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; 3. Davlat suv kadastri; 4. Davlat o‘rmon kadastri; 5. O‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri; 6. Hayvonot dunyosi davlat kadastri; 7. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; 8. Binolar va inshootlar davlat kadastri; 9. Davlat shaharsozlik kadastri; 10. Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; 11. Madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri; 12. Avtomobil yo‘llari davlat kadastri; 13. Temir yo‘llar davlat kadastri; 14. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri; 15. Aloqa ob’ektlari davlat kadastri; 16. Energetika ob’ektlari davlat kadastri; 17. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; 18. Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri; 19. Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri; 20. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri; 21. Hududlar davlat kadastri.
Davlat yer kadastri nima vazifani bajaradi.
Davlat kadastri - Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy kismi xisoblanadi xamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xoʼjalik obʼekti yoki boshqa obʼekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʼgʼrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar va xujjatlar tizimidan iborat boʼladi.
Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
kadastr obʼektlariga boʼlgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat
roʼyxatidan oʼtkazish;
kadastr obʼektlarining miqdor va sifat tavsifini hisobga olish;
kadastr obʼektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
kadastrga doir axborotni tizimga solish,saqlash va yangilab borish;
kadastr obʼektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
foydalanuvchilarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan taʼminlash.
Hududlar kadastri yagona tizimi (DKYAT) qanday tashkilot tomonidan olib boriladi?
|
| |