|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 7/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari6 - variant
Aloqa obektlari davlat kadastri:
Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlarni, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi: xalqaro, shaharlararo, viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo’lgan telefon-telegraf stansiyalari, shu jumladan turg’un aloqa asbob-uskunalari va magistral liniyalari; aloqaning tarmoq uzellari; shahar aloqa telefon uzellari, shu jumladan stansiyalari va chiziqli inshootlari; tuman telekommunikatsiya uzellari, shu jumladan stansiya asbob-uskunalari, hududiy va qishloq chiziqli inshootlari; aloqa radiorele chiziqlari stansiya va inshootlari; yo’ldoshli aloqa stansiyalari; qabul qilish-uzatish radiostansiyalari; ko’chma ob‘ektlarga ega bo’lgan quruqlikdagi radioaloqa stansiyalari (shaxsan radiochaqiruv, radial tizimlar, uyali telefonlar); radiotelevizion stansiyalar va rentranslyatorlar; simli eshittirish stansiyalari va tarmoqlari; pochta va maxsus aloqa ob‘ektlari. O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni aloqa ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr ma‘lumotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa ob‘ektlarini qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanish; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlarni ro’yxatdan o’tkazishni ta‘minlaydi, yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat kadastrlari ma‘lumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
Davlat shaharsozlik kadastri qachon tashkil etilgan?
O’zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (O’zbekiston Respublikasining 04.04.2002 y. 353-II-son qonuni bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 04.04.2002 y. 354-II-son qaroriga muvofiq amalga kiritilgan)
Tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat kadastrining obekti:
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri madaniy meros ob‘ektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta‘minlash maqsadida yuritiladi. Ushbu kadastr madaniy meros ob‘ektlarining geografik joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to’g’risidagi yangilab turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimini ifodalaydi.
Quyidagilar Davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududida madaniy merosning barcha ob‘ektlarini kadastr bilan qamrab olish; kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr yuritishni markazlashtirilgan tarzda boshqarish; kadastrlar yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to’ldirish va yangilab borishning uzluksizligi; kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi. Davlat kadastrini yuritish madaniy meros ob‘ektlariga mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni, madaniy meros ob‘ektlarini miqdoriy va sifat tavsiflarini hisobga olishni, madaniy meros ob‘ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va yangilashni, madaniy meros ob‘ektlarining holati to’g’risidagi hisobotlarni tuzishni, Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni taqdim etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta‘minlashni o’z ichiga oladi. O’zini tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zga madaniy qimmatiga ega bo’lgan yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar Davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
Ushbu kadastrni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyalari tomonidan yuritiladi. Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati: madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrining yuritilishini muvofiqlashtiradi; normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi; kadastr yuritilishini nazorat qiladi; mintaqaviy inspeksiyalar kadastr hisobotlarini turkumlashtiradi; kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta‘minlaydi; madaniy meros ob‘ektlarining davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqadi; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr materiallaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga zarur kadastr axborotini beradi. Mintaqaviy inspeksiyalar: madaniy meros ob‘ektlari, mulkchilik ob‘ektlari va sub‘ektlari, madaniy meros ob‘ektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ular ijarasi, ulardan maqsadli foydalanish to’g’risidagi ma‘lumotlar hisobini hamda ulardan foydalanish rejimini yuritadi; madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi miqdor va sifat axborotini to’playdi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha madaniy meros ob‘ektlari ro’yxatini tuzadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlari bo’yicha kadastr daftarini yuritadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlarining joylashishi sxemasini tuzadi. Davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta‘minlanadi va unda respublika hududidagi barcha madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi ma‘lumotlar yig’iladi.
Avtomobil yo‘llar davlat kadastrining obekti:
Avtomobil yo’llari davlat kadastri - avtomobil yo’llari ob‘ektlarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kadastrni yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Avtomobil yo’llari ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun "Davyergeodezkadastr" qo’mitasi bilan kelishuv bo’yicha "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi. Hisobga olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va avtomobil yo’llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Ushbu kadastr Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va avtomobil yo’llari ob‘ektlarini hisobga olish hamda ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi.
Mavjud bo’lgan va qurilayotgan avtomobil yo’llari, ulardan inshootlar hamda hududlarda joylashgan avtomobil yo’llarining boshqa ob‘ektlari Avtomobil yo’llari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kadastrni yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Avtomobil yo’llari davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni avtomobil yo’llari ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan.
|
| |