|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 9/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari8 - variant
Aloqa tarmoqlari davlat kadastrining obyekti xaqida nima bilasiz.
Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlarni, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi: xalqaro, shaharlararo, viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo’lgan telefon-telegraf stansiyalari, shu jumladan turg’un aloqa asbob-uskunalari va magistral liniyalari; aloqaning tarmoq uzellari; shahar aloqa telefon uzellari, shu jumladan stansiyalari va chiziqli inshootlari; tuman telekommunikatsiya uzellari, shu jumladan stansiya asbob-uskunalari, hududiy va qishloq chiziqli inshootlari; aloqa radiorele chiziqlari stansiya va inshootlari; yo’ldoshli aloqa stansiyalari; qabul qilish-uzatish radiostansiyalari; ko’chma ob‘ektlarga ega bo’lgan quruqlikdagi radioaloqa stansiyalari (shaxsan radiochaqiruv, radial tizimlar, uyali telefonlar); radiotelevizion stansiyalar va rentranslyatorlar; simli eshittirish stansiyalari va tarmoqlari; pochta va maxsus aloqa ob‘ektlari. O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni aloqa ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr ma‘lumotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa ob‘ektlarini qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanish; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlarni ro’yxatdan o’tkazishni ta‘minlaydi, yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat kadastrlari ma‘lumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri tug’risida” qonuni qachon qabul qilingan?
O’zbekiston Respublikasining ―Davlat yer kadastri to’g’risida‖gi qonuni (28.08.1998 y. № 666-I).
Temir yo‘llar davlat kadastrini obekti va sub’ektlari nima?
Temir yo’llari davlat kadastri - temir yo’llar ob‘ektlari, ularning jug’rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. Mavjud bo’lgan va qurilayotgan temir yo’llar, stansiyalar hamda O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo’llarning boshqa ob‘ektlari Temir yo’llari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Temir yo’llari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni temir yo’l ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Temir yo’llari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi butun hududining temir yo’l ob‘ektlarini to’liq qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo’llash; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.Temir yo’llar davlat kadastri bo’limi quyidagilarni ta‘minlaydi: temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo’lishini; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqish, uni temir yo’l korxonalariga berish, ma‘lumotlar bazasi to’g’ri to’ldirilishi ustidan nazorat qilishni; korxonalarning kadastr bilan shug’ullanadigan xodimlarini temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni; korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini tizimlashtirish va uni temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni; temir yo’llarning yangi ob‘ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlari to’planishi ustidan nazorat qilishni; kadastr axborotlari Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkor berilishini amalga oshirishni; har yili belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining temir yo’l ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etishni. Temir yo’l korxonalarining kadastr bo’linmalari: temir yo’l ob‘ektlarini miqdor va sifat holatidagi joriy o’zgarishlar, ularning atrof muhitga ta‘siri, ekologik-iqtisodiy baholash to’g’risidagi axborotlarni to’playdi va tizimlashtiradi; temir yo’l ob‘ektlari kadastr daftarlarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to’ldiradi va ularni tizimlashtirish va temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun Temir yo’llari davlat kadastri bo’limiga beradi; temir yo’llar yangi ob‘ektlarini hisobga qo’yadi, ular to’g’risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlarini to’playdi. "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud bo’lgan temir yo’l ob‘ektlarining egalari foydalanuvchilar kompaniyani kadastr xizmatiga kadastr ob‘ektlarining jug’rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy o’zgarishlari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi shart. Temir yo’llari davlat kadastrini yuritish temir yo’l ob‘ektlarining barcha turlarini ro’yxatdan o’tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, ob‘ektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini to’plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir.
Kadastr so‘zining ma‘nosi va maqsadi vazifalari?
«Kadastr» lotincha sо‘z bо‘lib, «soliqqa tortiladigan ashyolar rо‘yxati» ma’nosini anglatadi. Dastlab kadastr yer solig‘i manbaiga doir kitob (reyestr) sifatida tushunilgan, keyinchalik u davlatning hisobga olish-baholash tadbirlari tizimini ifodalaydigan bо‘ldi. Har bir mamlakatda kadastr rivoji о‘z sharoitlari va an’analariga asoslanadi, shuning uchun jahonda aynan bir xil kadastr tizimini topish mumkin emas. Shunisi qiziqki, mamlakatimiz hududida о‘tgan asrda shariatda qabul qilingan «temir daftar» termini ham kadastr tushunchasiga tо‘g‘ri keladi. Davlat yer kadastrini yuritishga tegishli barcha munosabatlar 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi, «Davlat yer kadastri tо‘g‘risida»gi qonuni va boshqa bir qator qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi.
|
| |