|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 10/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari9-variant
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi qachon qabul qilingan maqsadi sharhlang?
30.04.1998 yil qabul qilingan. 91 moddadan iborat
O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi tug’risida” qonuni qachon qabul qilingan maqsadi sharhlang?
1998-yil 30-aprelda qabul qiligan. Yangi tahrirdagisi 2004-yil 26-avgust
Hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritishdan maqsadi va ob’ekti?
Hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi. Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yurivchi hayvonlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umrtqasizlar hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. Davlat kadastrini yurituvchi organlar, ov qilish va baliq ovlash xo’jaligini yurituvchi, xayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olib hamda ajratib olmasdan ilmiy, madaniy-ma‘rifiy, o’quv va tayyorlash maqsadlarida hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar hayvonot dunyosi davlat kadastrining sub‘ektlari hisoblanadi. Quyidagilar kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: respublikaning butun hududida hayvonlarning barcha turlari yoki kichik turlarining imkoni boricha ko’p sonini qamrab olish; axborotni to’plash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish metodikasining yagonaligi; Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotini to’ldirish va yangilashning ishonchliligi va uzluksizligi; davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish. Hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlarni: ro’yxatdan o’tkazishni, ular sonini hisobga olish va foydalanish sifatini, iqtisodiy baholashni, kadastr axborotini tizimlashtirishni, saqlashni, yangilashni va uni manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakllarda va hajmlarda belgilangan tartibda tezkor berishni o’z ichiga oladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kadastr axborotidan bepul foydalanadilar, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda haq to’lab foydalanadilar. Kadastrni yuritish davlat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosini davlat tomonidan hisobga olishni va davlat kadastrini yurituvchi barcha tashkilotlar mablaq bilan ta‘minlanishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining hayvonot dunyosini davlat kadastrida yovvoyi hayvonlarning har bir turi (kichik turi) bo’yicha ma‘lumotlar mavjud bo’ladi. Yovvoyi hayvonlar turlari quyidagi guruhlarga birlashtiriladi: a) Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning kamyob va yo’qolib ketayotgan turlari; b) muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi hayvonlar turlari; v) ovlanadigan hayvonlar turlari; g) baliqlar; d) qishloq xo’jaligi zararkunandalari bo’lgan hayvonlar; e) o’rmon xo’jaligi zararkunandalari bo’lgan hayvonlar; j) odam va hayvonlarning alohida xavfli yuqumli kasalliklarini tarqatuvchi hayvonlar; z) hayvonlarning boshqa turlari. Turlar (kichik turlar)ning har bir guruhida quyidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak: tur (kichik tur)ning maqomi; tarqalishi (hududlar bo’yicha taqsimlanishi); soni; biologiyasi va tur (kichik tur)ning ommaviylashuvi; foydalanilishi; iqtisodiy baholanishi. O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq yuritiladigan "O’zbekiston Respublikasi hayvonlarining genetik fondi kitobi" kadastrni tuzish uchun axborot manbai hisoblanadi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri kadastr axborotini uzluksiz yangilashni ta‘minlovchi asosiy (birlamchi) va joriy turlarni o’z ichiga oladi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri asosiy (birlamchi) turini yuritishda ob‘ektlar birlamchi ro’yxatdan o’tkaziladi (xatlanadi). Joriy turda asosiy tur o’tkazilgandan keyin yuz bergan barcha o’zgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi. Ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish va baholash axboroti hayvonot dunyosi to’g’risidagi jami kadastr axborotini tashkil etadi. Ushbu axborot harf-raqamli (matnlar, jadvallar) va chiziqli (haritalar, sxemalar) shakllarida, an‘anaviy va avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi.
Hayvonot dunyosining davlat kadastrini Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi yuritadi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akadamiyasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish bo’yicha maslahat organi hisoblanadi.
Madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri;
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri madaniy meros ob‘ektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta‘minlash maqsadida yuritiladi. Ushbu kadastr madaniy meros ob‘ektlarining geografik joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to’g’risidagi yangilab turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimini ifodalaydi.
Quyidagilar Davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududida madaniy merosning barcha ob‘ektlarini kadastr bilan qamrab olish; kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr yuritishni markazlashtirilgan tarzda boshqarish; kadastrlar yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to’ldirish va yangilab borishning uzluksizligi; kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi. Davlat kadastrini yuritish madaniy meros ob‘ektlariga mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni, madaniy meros ob‘ektlarini miqdoriy va sifat tavsiflarini hisobga olishni, madaniy meros ob‘ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va yangilashni, madaniy meros ob‘ektlarining holati to’g’risidagi hisobotlarni tuzishni, Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni taqdim etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta‘minlashni o’z ichiga oladi. O’zini tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zga madaniy qimmatiga ega bo’lgan yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar Davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
Ushbu kadastrni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyalari tomonidan yuritiladi. Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati: madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrining yuritilishini muvofiqlashtiradi; normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi; kadastr yuritilishini nazorat qiladi; mintaqaviy inspeksiyalar kadastr hisobotlarini turkumlashtiradi; kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta‘minlaydi; madaniy meros ob‘ektlarining davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqadi; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr materiallaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga zarur kadastr axborotini beradi. Mintaqaviy inspeksiyalar: madaniy meros ob‘ektlari, mulkchilik ob‘ektlari va sub‘ektlari, madaniy meros ob‘ektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ular ijarasi, ulardan maqsadli foydalanish to’g’risidagi ma‘lumotlar hisobini hamda ulardan foydalanish rejimini yuritadi; madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi miqdor va sifat axborotini to’playdi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha madaniy meros ob‘ektlari ro’yxatini tuzadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlari bo’yicha kadastr daftarini yuritadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlarining joylashishi sxemasini tuzadi. Davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta‘minlanadi va unda respublika hududidagi barcha madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi ma‘lumotlar yig’iladi.
|
| |