Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni




Download 136,96 Kb.
bet13/23
Sana25.05.2024
Hajmi136,96 Kb.
#253366
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari

12-variant

  1. O‘zbekiston Respublikasida davlat kadastrlarini yaratish va yuritish?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005- yil 16- fevralda qabul qilingan ―Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida‖gi 66-sonli qarori asosida respublikamizda 21 ta davlat tarmoq kadastrlarini yaratish va yuritish bo’yicha tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar mas‘ul etib tayinlangan. Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYT) davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko’p maqsadli axborot tizimi bo’lib uni yuritish ―Davyergeodezkadastr‖ qo’mitasi zimmasiga yuklatilgan. ―Davyergeodezkadastr‖ qo’mitasi o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarini davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi. Davlat kadastrlarining yagona tizimi yuritish metodologiyasini, ilmiy prinsiplarini va konsepsiyalarini ishlab chiqish davlat kadastrini yurituvchi manfaatdor vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan belgilangan bo’lib bugungi kunda davlat kadastrlarini yaratish va yuritish borasida to’laqonli normativ-huquqiy baza shakllantirildi va hukumatimizning tegishli qarorlari bilan davlat kadastrlarini yuritish va yaratish to’g’risida nizomlar tasdiqlanib ishga tushirildi. Hozirgi paytda davlat kadastrlari; yer, konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; davlat suv kadastri; davlat o’rmon kadastri; qo’riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; binolar va inshootlar davlat kadastri; gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri; avtomobil yo’llari davlat kadastri; temir yo’llar davlat kadastri; aloqa ob‘ektlari davlat kadastri; energetika ob‘ektlari davlat kadastri; chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; tabiiy xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri (xavfli geologik jarayonlar bo’limi) kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo’yicha tematik qatlam ko’rinishidagi ma‘lumotlar DKYT markaziy ma‘lumotlar bazasiga kirtib kelinmoqda.
Bugungi kunda Davlat kadastrlari ma‘lumotlari asosida geografik axborot tizimi qatlamlari yaratilmoqda. Bu o’rinda davlat er kadastri ma‘lumotlari alohida muhim ahamiyatga ega. Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy maqsadi – iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning kafolatlarini ta‘minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish uchun kadastr ma‘lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.
Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat kadastrlarini yuritishga quyidagilar kiradi: kadastr ob‘ektlariga bo’lgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish; kadastr ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish; kadastr ob‘ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash; kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab borish; kadastr ob‘ektlarining holati haqida hisobotlar tuzish; Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish; foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan ta‘minlash. Kadastr ob‘ektlarining mulkdorlari hamda kadastr ob‘ektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr ob‘ektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to’g’risida, shuningdek ularning holatidagi joriy o’zgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart. Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat kadastrlari yuritilishini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

  1. Davlat kadastrlari yagona tizimi nechta kadastrni o‘z ichiga qamrab oladi?

1. Davlat yer kadastri; 2. Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri; 3. Davlat suv kadastri; 4. Davlat o‘rmon kadastri; 5. O‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri; 6. Hayvonot dunyosi davlat kadastri; 7. Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri; 8. Binolar va inshootlar davlat kadastri; 9. Davlat shaharsozlik kadastri; 10. Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; 11. Madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri; 12. Avtomobil yo‘llari davlat kadastri; 13. Temir yo‘llar davlat kadastri; 14. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri; 15. Aloqa ob’ektlari davlat kadastri; 16. Energetika ob’ektlari davlat kadastri; 17. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; 18. Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri; 19. Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri; 20. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri; 21. Hududlar davlat kadastri.



  1. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri;

Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri - bu chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Ushbu kadastr Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining butun hududida chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari to’g’risidagi axborotlarni to’plash, ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta‘minlash maqsadida yuritiladi.
Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlarini ro’yxatga olishni, ob‘ektlarning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini, shuningdek kadastr axborotlarini to’plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o’z ichiga oladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish uchun maxsus ajratilgan va uskunalangan joylar: sanoat yoki maishiy chiqindilar poligonlari, xavfli chiqindilarni ko’mish joylari, chiqindixonalar, kul-shlak tashlash joylari, foydalanib bo’lingandan keyin ko’mib tashlanadigan shlam to’plash joylari ushbu davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yurtitishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi butun hududidagi chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarini to’liq qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanishi; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi; Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarini xatlovdan o’tkazish, hisobga olish, baholash yo’li bilan ta‘minlanadi va Davlat yer kadastri hamda Binolar va inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy ravishda foydalanishni nazarda tutadi. Kadastr ob‘ektlariga taalluqli bo’lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko’chmas mulkka huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat yer kadastridan Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan yer uchastkalari to’g’risidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi bo’yicha yerlarning tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda belgilangan servitutlardagi mavjud cheklashlar va zo’riqishlar to’g’risidagi ma‘lumotlar), yerlarning miqdori va sifati to’g’risidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak.
Binolar va inshootlar davlat kadastridan Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan ushbu kadastr ob‘ektlariga taalluqli binolar va inshootlar to’g’risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to’g’risidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak, kadastrni yuritish qog’oz va yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari to’g’risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining quyidagi tarkibiy bo’linmalari: respublika darajasida - Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining yer-suv resurslari bosh boshqarmasi; hududiy darajada - Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo’mitalari tomonidan amalga oshiriladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni metodik ta‘minlash Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi Yer-suv resurslari bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, ularni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining tarkibiy bo’linmalariga berishni amalga oshiradi, ma‘lumotlar bazasining to’g’ri to’ldirilishini nazorat qiladi; kadastr xodimlarini kadastrni avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni tashkil qiladi; kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni kadastrning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritadi; kadastr yangi ob‘ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini to’plashni nazorat qiladi; kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi; kadastr ob‘ektlariholati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim etadi.



  1. Madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri;

Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri madaniy meros ob‘ektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta‘minlash maqsadida yuritiladi. Ushbu kadastr madaniy meros ob‘ektlarining geografik joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to’g’risidagi yangilab turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimini ifodalaydi.
Quyidagilar Davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududida madaniy merosning barcha ob‘ektlarini kadastr bilan qamrab olish; kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr yuritishni markazlashtirilgan tarzda boshqarish; kadastrlar yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to’ldirish va yangilab borishning uzluksizligi; kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi. Davlat kadastrini yuritish madaniy meros ob‘ektlariga mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni, madaniy meros ob‘ektlarini miqdoriy va sifat tavsiflarini hisobga olishni, madaniy meros ob‘ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va yangilashni, madaniy meros ob‘ektlarining holati to’g’risidagi hisobotlarni tuzishni, Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni taqdim etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta‘minlashni o’z ichiga oladi. O’zini tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zga madaniy qimmatiga ega bo’lgan yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar Davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
Ushbu kadastrni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyalari tomonidan yuritiladi. Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati: madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrining yuritilishini muvofiqlashtiradi; normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi; kadastr yuritilishini nazorat qiladi; mintaqaviy inspeksiyalar kadastr hisobotlarini turkumlashtiradi; kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta‘minlaydi; madaniy meros ob‘ektlarining davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqadi; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr materiallaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga zarur kadastr axborotini beradi. Mintaqaviy inspeksiyalar: madaniy meros ob‘ektlari, mulkchilik ob‘ektlari va sub‘ektlari, madaniy meros ob‘ektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ular ijarasi, ulardan maqsadli foydalanish to’g’risidagi ma‘lumotlar hisobini hamda ulardan foydalanish rejimini yuritadi; madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi miqdor va sifat axborotini to’playdi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha madaniy meros ob‘ektlari ro’yxatini tuzadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlari bo’yicha kadastr daftarini yuritadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlarining joylashishi sxemasini tuzadi. Davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta‘minlanadi va unda respublika hududidagi barcha madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi ma‘lumotlar yig’iladi.



Download 136,96 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 136,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni

Download 136,96 Kb.