|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 16/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblariServitut (lot. servitus, servitutis — boʻysinuvchi holat) — oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qoʻshni boʻlgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Ushbu holat Oʻzbekitston Repulikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan tartibga solinadi. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtishda; oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazishda; oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar * oʻtkazish va ulardan foydalanishda; oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olishda;
mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtishda;
oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanishda; oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etishda.
Temir yo‘llar davlat kadastri;
Temir yo’llari davlat kadastri - temir yo’llar ob‘ektlari, ularning jug’rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. Mavjud bo’lgan va qurilayotgan temir yo’llar, stansiyalar hamda O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo’llarning boshqa ob‘ektlari Temir yo’llari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Temir yo’llari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni temir yo’l ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Temir yo’llari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi butun hududining temir yo’l ob‘ektlarini to’liq qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo’llash; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
Temir yo’llar davlat kadastri bo’limi quyidagilarni ta‘minlaydi: temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo’lishini; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqish, uni temir yo’l korxonalariga berish, ma‘lumotlar bazasi to’g’ri to’ldirilishi ustidan nazorat qilishni; korxonalarning kadastr bilan shug’ullanadigan xodimlarini temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni; korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini tizimlashtirish va uni temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni; temir yo’llarning yangi ob‘ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlari to’planishi ustidan nazorat qilishni; kadastr axborotlari Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkor berilishini amalga oshirishni; har yili belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining temir yo’l ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etishni. Temir yo’l korxonalarining kadastr bo’linmalari: temir yo’l ob‘ektlarini miqdor va sifat holatidagi joriy o’zgarishlar, ularning atrof muhitga ta‘siri, ekologik-iqtisodiy baholash to’g’risidagi axborotlarni to’playdi va tizimlashtiradi; temir yo’l ob‘ektlari kadastr daftarlarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to’ldiradi va ularni tizimlashtirish va temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun Temir yo’llari davlat kadastri bo’limiga beradi; temir yo’llar yangi ob‘ektlarini hisobga qo’yadi, ular to’g’risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlarini to’playdi. "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud bo’lgan temir yo’l ob‘ektlarining egalari foydalanuvchilar kompaniyani kadastr xizmatiga kadastr ob‘ektlarining jug’rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy o’zgarishlari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi shart. Temir yo’llari davlat kadastrini yuritish temir yo’l ob‘ektlarining barcha turlarini ro’yxatdan o’tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, ob‘ektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini to’plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir.
|
| |