|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 14/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari13-variant
Kadastr ob‘ektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish?
Kadastr ob‘ektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr ob‘ektlariga bo’lgan huquqlari davlat tomonidan e‘tirof etilishi va tasdiqlanishining yuridik hujjati hisoblanadi. Kadastr ob‘ektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotlarni davlat reestrlariga kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi. Kadastr ob‘ektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish kadastr ob‘ektlarining barcha mulkdorlari va kadastr ob‘ektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.
Davlat yer kadasining ob‘yekti nima?
Yer, foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, suvlar, о‘rmonlar, о‘simliklar va hayvonot dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bо‘lgan tegralar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini kо‘mib tashlash va utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yо‘llari va temir yо‘llar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining obyektlari hisoblanadi. Qonunda davlat kadastrlarining boshqa obyektlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Davlat yer kadastri o‘tkazilish mazmuniga ko‘ra turlari?
Quyidagilar davlat yer kadastrining mazmunini tashkil etadi: yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish, yer miqdori va sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash), yerni qiymat jihatidan baholash, shuningdek yer kadastri axborotini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor shaxslarga tegishli shakllar va hajmlarda berish. Mulk huquqi sub‘ektini, yer uchastkalariga egalik qilish va foydalanishni belgilovchi, yer uchastkasiga bo’lgan huquqlar kafolatlanishini ta‘minlovchi, yerni hisobga olish va baholash uchun asos yaratuvchi yerni ro’yxatdan o’tkazishga doir axborot yer kadastri axborotining asosiy, dastlabki tarkibiy qismi hisoblanadi. Dastlabki ro’yxatdan o’tkazish axborotini shakllantirish paytida ishlarni o’tkazish paytigacha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq holda paydo bo’luvchi yer uchastkalariga bo’lgan huquqlar chegaralari belgilanadi va ro’yxatdan o’tkaziladi (qayta ro’yxatdan o’tkaziladi).
Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri;
Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri - bu chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Ushbu kadastr Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining butun hududida chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari to’g’risidagi axborotlarni to’plash, ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta‘minlash maqsadida yuritiladi.
Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlarini ro’yxatga olishni, ob‘ektlarning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini, shuningdek kadastr axborotlarini to’plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o’z ichiga oladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish uchun maxsus ajratilgan va uskunalangan joylar: sanoat yoki maishiy chiqindilar poligonlari, xavfli chiqindilarni ko’mish joylari, chiqindixonalar, kul-shlak tashlash joylari, foydalanib bo’lingandan keyin ko’mib tashlanadigan shlam to’plash joylari ushbu davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yurtitishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi butun hududidagi chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarini to’liq qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanishi; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi; Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarini xatlovdan o’tkazish, hisobga olish, baholash yo’li bilan ta‘minlanadi va Davlat yer kadastri hamda Binolar va inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy ravishda foydalanishni nazarda tutadi. Kadastr ob‘ektlariga taalluqli bo’lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko’chmas mulkka huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat yer kadastridan Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan yer uchastkalari to’g’risidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi bo’yicha yerlarning tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda belgilangan servitutlardagi mavjud cheklashlar va zo’riqishlar to’g’risidagi ma‘lumotlar), yerlarning miqdori va sifati to’g’risidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak.
Binolar va inshootlar davlat kadastridan Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan ushbu kadastr ob‘ektlariga taalluqli binolar va inshootlar to’g’risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to’g’risidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak, kadastrni yuritish qog’oz va yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari to’g’risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining quyidagi tarkibiy bo’linmalari: respublika darajasida - Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining yer-suv resurslari bosh boshqarmasi; hududiy darajada - Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo’mitalari tomonidan amalga oshiriladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni metodik ta‘minlash Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi Yer-suv resurslari bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, ularni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining tarkibiy bo’linmalariga berishni amalga oshiradi, ma‘lumotlar bazasining to’g’ri to’ldirilishini nazorat qiladi; kadastr xodimlarini kadastrni avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni tashkil qiladi; kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni kadastrning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritadi; kadastr yangi ob‘ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini to’plashni nazorat qiladi; kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi; kadastr ob‘ektlariholati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim etadi.
|
| |