Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni




Download 136,96 Kb.
bet12/23
Sana25.05.2024
Hajmi136,96 Kb.
#253366
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari

11-variant



  1. Maqsadiga qarab kadastr nechta toifaga bo‘linadi?

3 ta toifga bo’linadi.




  1. Misrda kadastr syomkasi qachon boshlangan?

Eramizdan 3000 yil oldin misrliklar tomonidan kadastr s‘yomkasi o’tkazilgan. Bu ishlar natijasida ishlab chiqilayotgan yer uchastkasining chegaralari o’rnatilgan, yer to’g’risidagi batafsil ma‘lumotlar, yer uchastkasining chegarasi va maydoni, egalik qiluvchilarning nomlarini hisobga olgan holda ro’yxatga olingan. Keyinchalik (bizning eramizdan 1700 yil oldin) Misrda yangi s‘yomka o’tkazilgan, bundan maqsad yerni taqsimlash va ko’chmas mulkdan soliq olishni amalga oshirish bo’lgan. Olingan daromadning 1/5 qismi soliq sifatida to’langanligi aniqlangan, bu miqdorga bizning davrimizgacha amal qilinib kelingan. Bunday yondashuv to’rt ming yildan ortiq davrda mavjud bo’lgan, keyinchalik XX asrda u mukammallashtirilgan.

  1. Binolar va inshootlar davlat kadastri;

Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo’yicha tashkil etiladi va bu ob‘ektlarning huquqiy, xo’jalik va arxitektura-qurilish maqomi to’g’risidagi ma‘lumotlar tizimini mujassamlashtiradi. Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu ob‘ektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta‘minlash uchun yuritiladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo’yicha munosabatlar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma‘lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma‘lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlar to’g’risidagi kadastr ma‘lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma‘lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar to’g’risidagi kadastr ma‘lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashishi mumkin. Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yurituvchilar hamda bunda qonun buzilishlarini aniqlaganlar, bu haqida tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar. Mulk egasi bo’lgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega yuridik va jismoniy shaxslar o’z huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi hujjatlarga ega bo’lishlari shart. Bino va inshootlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni ro’yobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga bo’lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo’lgandan, o’zgargandan va to’xtagandan yoxud huquqiy holati o’zgargandan keyin bino va inshootga kadastr yig’ma jildini tayyorlash va uni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun «Davyergeodezkadastr» qo’mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonasiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtma berishlari shart.
Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter ma‘lumotlaridan iborat bo’ladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an‘anaviy (kadastr daftarida ro’yxatdan o’tkazish, kadastr rejasiga kiritish) va ham avtomatlashtirilgan (ma‘lumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda uch bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich — binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xo’jalik va arxitektura-qurilish maqomi to’g’risida ma‘lumotlar to’plash va kadastr daftarida ro’yxatdan o’tkazish;
2-bosqich — ob‘ektlarni chizmada joylashtirib kadastr planini tuzish;
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan ma‘lumotlarni hisobga olgan holda ma‘lumotlar kompyuter bazasini yaratish.



  1. Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri;

Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va tizimli kuzatishlar, o’lchashlar, tadqiqotlar hamda axborotlar to’plash natijalari bo’yicha tayyorlanadigan texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalarning unifikatsiya qilingan qisqacha tavsiflari va tasvirlari to’plamidan iborat bo’ladi. Kadastr ob‘ektlarini hisobga olishni, ularning holatini va ro’y bergan xavfli texnogen hodisalar oqibatlarini baholash maqsadida yuritiladi. Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini yuritish texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalarni xatlovdan o’tkazish, uning tavsiflari va parametrlarini baholash, kadastr axborotlarini hujjatlashtirish, hisobga olish hamda undan texnogen avariyalar va halokatlarni oldini olish bo’yicha profilaktika va ogohlantirish choralarini o’z vaqtida va samarali amalga oshirish, ular vujudga kelgan taqdirda esa - ularni tezkorlik bilan mahalliylashtirish va bartaraf etish orqali ta‘minlanadi. Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastri ob‘ektlari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish ob‘ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq belgilangan xavfli ishlab chiqarish ob‘ektlarida ro’y berishi mumkin bo’lgan texnogen hodisalar (yong’inlar, portlashlar, xavfli zararli moddalarni tashqariga chiqarish, binolar, inshootlar, texnik qurilmalar va shu kabilar) zonalari:
Radioaktiv moddalar va materiallar ishlab chiqariladigan, ulardan foydalaniladigan, ular qayta ishlanadigan, hosil bo’ladigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo’q qilib tashlanadigan ob‘ektlar; barcha turdagi sanoat elektr qurilmalari qo’llanadigan ob‘ektlar; gidrotexnika inshootlaridan, shu jumladan yirik korxonalar chiqindixonalari va tindirgichlaridan foydalaniladigan ob‘ektlar; ionli nurlanishlar manbalaridan foydalaniladigan ob‘ektlar; favqulodda vaziyatlarga (suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi ta‘minotining to’xtab qolishiga, uy-joy massivlarini suv bosishiga, kanalizatsiya va suvni tozalash tizimlarining ishdan chiqishiga) olib keluvchi buzilishlar (zararlanishlar) sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ob‘ektlar hisoblanadi. Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini yuritish quyidagi bo’linmalar tomonidan: Ishlab chiqarish ob‘ektlarida, portlash-yong’in chiqishi va radiatsiya xavfi mavjud bo’lgan ob‘ektlarda avariya hollari sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yuqori xavfli zonalar, sanoat, konchilik va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishi bo’yicha davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalarining Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalari bosh kadastr markazi; odamlarni evakuatsiya qilishni yoki ko’chirishni talab qiladigan xavf yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastri markazi; portlash va yong’in chiqishi xavfi yuqori bo’lgan zonalar (ob‘ektlar) bo’yicha -O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong’in xavfsizligi xizmatining Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastr markazi; kuchli ta‘sir qiluvchi zaharli ximikatlar, pestitsidlar, radioizotop buyumlar, radioaktiv va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish ob‘ektlari bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va uning hududiy markazlari Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalarning kadastr markazi; yadro fizikasi korxonalarida radiatsiya xavfi yuqori bo’lgan zonalar bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastri markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar bosh kadastri markazi kadastrni yuritishni muvofiqlashtiradi. Quyidagilar Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalarni to’la respublika butun hududida qamrab olishi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; barcha ob‘ektlar metodologiyasining yagonaligi; makon koordinatalari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanishi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Quyidagilar Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi: Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar to’g’risidagi axborotlarni to’plash, tahlil qilish, ishlash, hisobga olish, tizimlashtirish, saqlash, yangilab borish; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar pasportlarini tuzish va yuritish; kadastr daftarini yuritish, kadastr plan va haritalarini tuzish; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni zarur kadastr axborotlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta‘minlash. Kadastrni yuritish bo’yicha ishlar davlat byudjeti mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Kadastrni tegishli vakolatli organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar va jadvallar asosida yuritiladi, ularda kuzatishlar, zonalarning boshlang’ich va joriy kadastr axborotlarini to’plash, ishlash, tadqiqotlar tartibi belgilanadi. Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini ob‘ektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar: ob‘ektlarni identifikatsiya qiladi; boshlang’ich va joriy kadastr axborotlari hamda miqdori va sifat holati, iqtisodiy bahosi, atrof muhitga ta‘sir ko’rsatishidagi o’zgarishlarni to’plash va tizimlashtirishni amalga oshiradi; kadastr daftarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to’ldiradi va tizimlashtiradi hamda texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar davlat kadastrini avtomatlashtirilgan ahborot tizimiga kiritish uchun ushbu kadastrni bosh markaziga beradi; texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastr pasportlarini ishlab chiqadi; o’zgarishlarni kadastr pasportlariga o’z vaqtida kiritishni ta‘minlaydi; texnogen xavf yuqori bo’lgan yangi zonalar hisobini yuritadi, ular to’g’risidagi axborotlarni to’playdi. Har qaysi texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar uchun "Sanoatkontexnazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda belgilangan namunadagi kadastr pasporti rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Quyidagilar ob‘ektning kadastr pasportini tuzish uchun boshlang’ich ma‘lumotlar hisoblanadi: kuzatishlar, o’lchashlar va tadqiqotlar natijalari bo’yicha olinadigan ma‘lumotlar; sanitariya-texnika pasportlari, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi, ishlab chiqarish-texnika, konstruktorlik, texnologik, foydalanish hujjatlari; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar to’g’risida korxonalar, tashkilotlar va boshqa rasmiy manbalardan olinadigan axborotlar. Kadastr pasportlarini ishlab chiqqan vakolatli organlar 5 kun muddatda ulardan bir nusxadan: Ushbu bosh kadastr markaziga; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar bosh kadastr markazining tegishli mintaqaviy bo’linmasiga; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastr markaziga; Texnogen xavf yuqori bo’lgan zonalar kadastr markazining tegishli mintaqaviy bo’linmasiga taqdim etadi.



Download 136,96 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Download 136,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni

Download 136,96 Kb.