Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni




Download 136,96 Kb.
bet8/23
Sana25.05.2024
Hajmi136,96 Kb.
#253366
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari

7 - variant



  1. Temir yo‘llar davlat kadastrini yuritish nima uchun zarur?

Temir yo’llari davlat kadastri - temir yo’llar ob‘ektlari, ularning jug’rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. Mavjud bo’lgan va qurilayotgan temir yo’llar, stansiyalar hamda O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo’llarning boshqa ob‘ektlari Temir yo’llari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Temir yo’llari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni temir yo’l ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Temir yo’llari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi butun hududining temir yo’l ob‘ektlarini to’liq qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo’llash; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
Temir yo’llar davlat kadastri bo’limi quyidagilarni ta‘minlaydi: temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo’lishini; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqish, uni temir yo’l korxonalariga berish, ma‘lumotlar bazasi to’g’ri to’ldirilishi ustidan nazorat qilishni; korxonalarning kadastr bilan shug’ullanadigan xodimlarini temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni; korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini tizimlashtirish va uni temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni; temir yo’llarning yangi ob‘ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlari to’planishi ustidan nazorat qilishni; kadastr axborotlari Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkor berilishini amalga oshirishni; har yili belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining temir yo’l ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etishni. Temir yo’l korxonalarining kadastr bo’linmalari: temir yo’l ob‘ektlarini miqdor va sifat holatidagi joriy o’zgarishlar, ularning atrof muhitga ta‘siri, ekologik-iqtisodiy baholash to’g’risidagi axborotlarni to’playdi va tizimlashtiradi; temir yo’l ob‘ektlari kadastr daftarlarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to’ldiradi va ularni tizimlashtirish va temir yo’llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun Temir yo’llari davlat kadastri bo’limiga beradi; temir yo’llar yangi ob‘ektlarini hisobga qo’yadi, ular to’g’risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlarini to’playdi. "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud bo’lgan temir yo’l ob‘ektlarining egalari foydalanuvchilar kompaniyani kadastr xizmatiga kadastr ob‘ektlarining jug’rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy o’zgarishlari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi shart. Temir yo’llari davlat kadastrini yuritish temir yo’l ob‘ektlarining barcha turlarini ro’yxatdan o’tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, ob‘ektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini to’plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir.



  1. Avtomobil yo‘llar davlat kadastrining obekti:

Avtomobil yo’llari davlat kadastri - avtomobil yo’llari ob‘ektlarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kadastrni yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Avtomobil yo’llari ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun "Davyergeodezkadastr" qo’mitasi bilan kelishuv bo’yicha "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi. Hisobga olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va avtomobil yo’llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.Ushbu kadastr Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va avtomobil yo’llari ob‘ektlarini hisobga olish hamda ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi. Mavjud bo’lgan va qurilayotgan avtomobil yo’llari, ulardan inshootlar hamda hududlarda joylashgan avtomobil yo’llarining boshqa ob‘ektlari Avtomobil yo’llari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kadastrni yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Avtomobil yo’llari davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni avtomobil yo’llari ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan.



  1. O‘zbekiston Respublikasi “Dexqon xo‘jaligi tug’risida” qonun qachon qabul qilingan va qonunning maqsadi?

2021-yil 13-yanvarda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan.

  1. Hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritishdan maqsadi va ob’ekti?

Hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi. Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yurivchi hayvonlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umrtqasizlar hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. Davlat kadastrini yurituvchi organlar, ov qilish va baliq ovlash xo’jaligini yurituvchi, xayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olib hamda ajratib olmasdan ilmiy, madaniy-ma‘rifiy, o’quv va tayyorlash maqsadlarida hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar hayvonot dunyosi davlat kadastrining sub‘ektlari hisoblanadi. Quyidagilar kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: respublikaning butun hududida hayvonlarning barcha turlari yoki kichik turlarining imkoni boricha ko’p sonini qamrab olish; axborotni to’plash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish metodikasining yagonaligi; Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotini to’ldirish va yangilashning ishonchliligi va uzluksizligi; davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish. Hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlarni: ro’yxatdan o’tkazishni, ular sonini hisobga olish va foydalanish sifatini, iqtisodiy baholashni, kadastr axborotini tizimlashtirishni, saqlashni, yangilashni va uni manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakllarda va hajmlarda belgilangan tartibda tezkor berishni o’z ichiga oladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kadastr axborotidan bepul foydalanadilar, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda haq to’lab foydalanadilar. Kadastrni yuritish davlat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosini davlat tomonidan hisobga olishni va davlat kadastrini yurituvchi barcha tashkilotlar mablaq bilan ta‘minlanishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining hayvonot dunyosini davlat kadastrida yovvoyi hayvonlarning har bir turi (kichik turi) bo’yicha ma‘lumotlar mavjud bo’ladi. Yovvoyi hayvonlar turlari quyidagi guruhlarga birlashtiriladi: a) Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning kamyob va yo’qolib ketayotgan turlari; b) muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi hayvonlar turlari; v) ovlanadigan hayvonlar turlari; g) baliqlar; d) qishloq xo’jaligi zararkunandalari bo’lgan hayvonlar; e) o’rmon xo’jaligi zararkunandalari bo’lgan hayvonlar; j) odam va hayvonlarning alohida xavfli yuqumli kasalliklarini tarqatuvchi hayvonlar; z) hayvonlarning boshqa turlari. Turlar (kichik turlar)ning har bir guruhida quyidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak: tur (kichik tur)ning maqomi; tarqalishi (hududlar bo’yicha taqsimlanishi); soni; biologiyasi va tur (kichik tur)ning ommaviylashuvi; foydalanilishi; iqtisodiy baholanishi. O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq yuritiladigan "O’zbekiston Respublikasi hayvonlarining genetik fondi kitobi" kadastrni tuzish uchun axborot manbai hisoblanadi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri kadastr axborotini uzluksiz yangilashni ta‘minlovchi asosiy (birlamchi) va joriy turlarni o’z ichiga oladi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri asosiy (birlamchi) turini yuritishda ob‘ektlar birlamchi ro’yxatdan o’tkaziladi (xatlanadi). Joriy turda asosiy tur o’tkazilgandan keyin yuz bergan barcha o’zgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi. Ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish va baholash axboroti hayvonot dunyosi to’g’risidagi jami kadastr axborotini tashkil etadi. Ushbu axborot harf-raqamli (matnlar, jadvallar) va chiziqli (haritalar, sxemalar) shakllarida, an‘anaviy va avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi.
Hayvonot dunyosining davlat kadastrini Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi yuritadi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akadamiyasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish bo’yicha maslahat organi hisoblanadi.

Download 136,96 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 136,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni

Download 136,96 Kb.