• Talaba: Maxmudov Jasur Jaxongirovich Guruh: SBI 52 1-TOPSHIRIQ
  • J toshkent – 2023 1-variant Talaba: Maxmudov Jasur Jaxongirovich Guruh: sbi 52




    Download 62.67 Kb.
    Sana19.06.2023
    Hajmi62.67 Kb.
    #74146
    Bog'liq
    Investitsiya
    FVV daftar usti, 03 Инструкция с изменениями по заполнению Рапорта инспектора УзФХМ, obyektivka-namuna, Informatika va axborot

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
    Investitsiya va innovatsiyalar” fanidan
    Mustaqil ish

    Bajardi: 4 Kurs SBI-52 guruh


    Talabasi Maxmudov J.J.

    TOSHKENT – 2023

    1-variant


    Talaba: Maxmudov Jasur Jaxongirovich
    Guruh: SBI 52
    1-TOPSHIRIQ



    1. Investitsiyaning iqtisodiy mohiyati va turlari?

    Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun–mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o’tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi”


    Investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud: real investitsiya va moliyaviy investitsiya
    Investitsiyalar maqsad hamda vazifalariga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:


    kapital investitsiyalar;


    innovatsion investitsiyalar;


    ijtimoiy investitsiyalar.



    1. “Investitsiya” va “kapital qo’yilma” tushunchalarining farqi



    Kapital qoʻyilmalar, kapital mablagʻlar — ishlab chiqarish. va no ishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni koʻpaytirishga, obʼyektlarni qurishga sarf qilinadigan, ishlab chiqarishga qoʻyilgan mablagʻ. Kapital qo’yilma davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar, banklarning kreditlari, korxona, firma, kompaniyalarning foydasi va amortizatsiya fondlari, aholi jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi. Kapital qo’yilma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ularni zamonaviylashtirish va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlovchi muhim omil hisoblanadi. Kapital qo’yilma dastlab pul shaklida boʻlib, pulga resurslar sotib olinadi va bu resurslar i.ch. ning moddiy omiliga aylanadi, natijada iqgisodiy oʻsish yuz beradi.


    Kapital qo’yilma tarkibiga qurilish-montaj ishlariga, mashina-uskunalar, jihozlar, transport vositalari sotib olishga va b.ga yoʻnaltirilgan mablagʻlar kiradi. Kapitalqo’yilmaning asosiy qismi kapital qurilishga — yangi obʼyektlarni barpo etish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash, i.ch. uskunalarini modernizatsiyalash, i.ch.ni kengaytirish, montaj ishlariga safarbar etiladi. Kapital qo’yilma sarfida alohida tarmoq — qurilishning ahamiyati katta. Kapital qo’yilma ichki va tashqi turlarga boʻlinadi. Mamlakat daromadi (davlat byudjeti, asosiy fondlar amortizatsiyasi, aholi jamgʻarmalari) ichki kapitalqo’yilma. manbai boʻladi. Tashqi kapital qo’yilma chetdan — chet davlatlar, xorijiy banklar, yakka investorlar hisobidan amalga oshiriladi va bevosita va bilvosita shakllarga ega. Bevosita kapital qo’yilma chet el firmalari, korxonalari va banklari, tadbirkorlar tomonidan aniq xoʻjalik subʼyektlarini barpo etish, rivojlantirish uchun bevosita sarflanadigan mablagʻlardir. Bilvosita kapital qo’yilma chet el firmalari, banklarining kapital qo’yilma qabul qilayotgan mamlakat qukumati tomonidan kafolatlangan loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. 2001—2002-yillarda Oʻzbekistonda yalpi kapital qoʻyilmalarning 30% dan ortigʻi xorijiy investitsiyalar hissasiga toʻgʻri keldi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida Oʻzbekistonda Qarshiteks, Buxoroteks, Kabul-Toʻytepa, Kabul-Koʻkcha, Shoʻrtan gaz-kimyo majmui, Asakadagi "OʻzDEUavto" avtomobili zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va bu yirik sanoat korxonalari qurildi.



    1. Investitsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz?

    Investitsiya jarayoni tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlarini tashkil etish uchun mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash maqsadida investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni turli shaklda qo’yish bilan bog’liq harakatlari yig’indisi, deb tushunilishi kerak. Bu jarayon jamg’arish (resurslar)–investitsiya qo’yish (xarajatlar)–mol-mulk kapitallashuvi–iqtisodiy yoki ijtimoiy samara ketma-ketligidan iborat bo’ladi..Albatta, bu holatda pul shaklida qo’yilgan investitsiyalar mol-mulk kapitallashuvini anglatmaydiku, degan savol tug’ilishi mumkin. Shuni alohida qayd qilish lozimki, investitsiya jarayonining natijasida pul mablag’lari, oxir-oqibatda, kapital mol-mulklarning kapitallashuviga olib keladi. Chunki, investitsiya qo’yishdan maqsad daromad olish ekan, faqatgina mol-mulklarning kapitallashuvigina daromad olish uchun sharoit yaratadi. Shuning uchun ham pul mablag’lari, aksiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy shaklda investitsiya qilishdan maqsad mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash, ularni yangilash va zamonaviylashtirishdan iborat.


    4.Xorijiy investorlar deb kimlarga aytiladi?
    Xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo’lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o’zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, qo’shilgan qiymat, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy to’lov, yagona soliq to’lovi, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to’lashning mazkur korxonalar davlat ro’yxatidan o’tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo’llash huquqi berildi. Qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo’lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag’lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi. Xorijiy investorlarga o’zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat byudjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo’lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi.
    5.Real va portfel investitsiyalarning farqi?
    Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) Investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va boshqa) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va boshqalarga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
    Bunday tasniflashning afzalligi va uning boshqa tasniflashlardan farqi shundaki, unda korxona o’z investitsiyalarini qanday maqsadlar uchun safarbar etishi to’g’risida real holat aks ettirilgan. Mohiyat jihatdan, ushbu tasniflash korxonaning investitsiya portfelini xarakterlaydi. Bunda korxona uchun ushbu portfel bo’yicha riskni minimallashtirish va iqtisodiy foydani oshirish eng muhim muammolardan biri sanaladi. Yuqoridagi rasmda tasvirlangan real investitsiyalar – bevosita investitsiyalar bo’lib, investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, ya’ni investor investitsiyalash obyektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o’zi aniqlaydi. Portfel investitsiyalar – bilvosita investitsiyalarni anlatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir.
    Download 62.67 Kb.




    Download 62.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    J toshkent – 2023 1-variant Talaba: Maxmudov Jasur Jaxongirovich Guruh: sbi 52

    Download 62.67 Kb.