Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi




Download 234.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.12.2023
Hajmi234.76 Kb.
#119746
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 (9) (1)
Internetda ma’lumotlarni izlash”, Tarix majburiy (4), 1.1. Ma\'ruza, Mariya Montessori, Ismoilova Aziza (2), 4100tttttt, resume, iqtisodiyotni-modernizatsiyalash-sharoitida-qishloq-xo-jaligini-innovatsion-rivojlantirish-yo-nalishlari, 9-mavzu, kreditnaya politika UZB, export-to-pdf


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Washington, DC USA 
httpseconferencezone.org March 20
th
-21
st 
2022 

BINO VA INSHOOTLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYASI 
 
Qurbonov Jahongir Komiljon o’g’li 
Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti
“Bino va inshootlar qurulishi” yo’nalishi II-bosqich talabasi. 
 
 
Annotasiya: Maqolada bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi haqida tahlil qilingan. 
 
Kalit so’zlar: Bino, inshoot, texnologik loyiha. 
 
Texnologik loyihalashning vazifasi, qurilish jarayonlarini, ishlarni, umuman bino va 
inshootlarni barpo etishda ma’qul texnologik yechimlarini va yetarli tashkiliy sharoitlarini 
aniqlashga qaratilgandir. Ishlarni loyihalashning maqsadi, qurilayotgan ob’yektning sifatini 
ta’minlagan holda muljallangan muddatda bajarilishini ta’minlovchi ishlarni bajarish 
texnologiyasini va tashkil etishini tanlashdir. Bunda namunaviy loyihalar bazasidan foydalanish, 
bino karkasini barpo etishda va barcha pardoz ishlari siklini bajarganda industrlashtirish usullarini 
qo’llash, majmuaviy mexanizatsiyalashtirish va ilgor elektr, qo’l asboblaridan foydalanish hisobiga 
ma’qul yechimga erishish mumkin. Qurilishni texnologik loyihalash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL);
• ishlarni bajarish loyihasi (IBL);
• murakkab qurilish jarayonlari uchun texnologik xaritalar;
• mehnat jarayonlarining xaritalari;
• operatsiyalarni bajarishning texnologik sxemalari.
Qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) inshoot loyihasining yoki texno-ishchi loyihasining 
asosiy tarkibiy qismidir. Ikki bosqichli loyihalashda ketma-ket, ya’ni loyiha va ishchi hujjatlar 
bosqichi bajariladi; ayrim alohida barpo etiladigan ob’yekt uchun loyihalash texno-ishchi loyiha 
sifatida bir bosqichda ishlab chiqilishi mumkin.
QTEL ob’yekt qurilishi davomiyligini, uning tannarxi, material va kerakli uskunalarga bo’lgan 
talablarini aniqlaydi.
QTELni bosh loyiha tashkiloti yoki uning buyurtmasi asosida loyihaning qurilish qismini 
loyihalovchi tashkilot bajaradi. Yirik va murakab yangi konstruksiyali ob’yektlar uchun QTELning 
ayrim bo’limlarini ixtisoslashgan tashkilotlar ishlab chiqishi mumkin.
QTEL ob’yektdagi barcha inshootlar majmuasini qamrashi kerak va majmua qurilishining 
to’liq davriga mos ravishda ishlab chiqilishi kerak. Agar yirik ob’yektni barpo etilishi qismlar yoki 
navbat bilan amalga oshirish nazarda tutilgan bo’lsa, u holatda QTEL butun ob’yekt uchun yoki 
majmuani ayrim navbatlari uchun mustaqil yanada aniqroq holda ishlab chiqilishi nazarda tutiladi. 
Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) binoning to’liq qismiga, binoni barpo etishning ayrim sikllariga va 
murakkab qurilish ishlariga ishlab chiqiladi. IBL ishlar bajarilishini boshlanguniga qadar bosqichda 
yaratilishi kerak.
Har bir ob’yektni qurilishi faqat QTEL yoki IBL da qabul qilingan echimlar asosida amalga 
oshirilishi kerak. Texnologik xaritalar murakkab qurilish jarayonlari va oddiy qurilish ishlari uchun 
ishlab chiqiladi. Mexnat jarayonlari xaritalari oddiy texnologik jarayonlarni bajarish uchun 
tayyorlanadi.
Texnologik sxemalar ishchilarga ayrim operatsiyalar bajarilishini ma’qul yo’llarini 
tushuntirish uchun loyihalanadi QTEL va IBL ni tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari Qurilishni 
tashkil etish loyihasi tarkibiga kiradi:
• kapital mablag’ va qurilish-montaj ishlari hajmlarining alohida ob’yektlar bo’yicha 
taqsimlanishini e’tiborga olgan holda, majmuani tashkil etuvchi barcha bino va inshootlarni barpo 
etish muddatlari va navbatlarini aks ettiruvchi kalendar(taqvimiy) rejasi. Majmua qurilishida 
ishlarni tayyorlov davri uchun alohida kalendar reja ishlab chiqiladi;



Download 234.76 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 234.76 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Download 234.76 Kb.
Pdf ko'rish