14 – Ma’ruza. Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi.
Ma’ruza rejasi:
1.Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi. Tomning yuk ko’taruvchi va to’suvchi
konstruktsiyalari. O’rama materialli tomlar. Mastikali (o’ramasiz).
2.Asbestotsementli tom qoplamalari. Po’latli profil to’shamalardan qoplamalar. Tom
qoplamasi elementlarini po’lat listlar bilan qoplash. Sifat nazorati.
3.Gidroizolyatsion qoplamalarni barpo etish texnologiyasi. Gidroizolyatsiya turlari va
ularni bajarish usullari.
4.Issiqizolyatsion qoplamalarni barpo etish texnologiyasi. Issiq izolyatsiya turlari. Sifat
nazorati.
1.
Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi. Tomning yuk
ko’taruvchi va to’suvchi konstruktsiyalari. O’rama qoplamali tomlar.
Mastikali (o’ramasiz).
Himoya qoplamalari bino va inshootlarning elementlari hisoblanib, alohida
konstruktsiyalarni hamda butun inshootni atmosfera yog’ingarchiliklaridan, suvning sizib
kirishidan, agressiv muhit ta’siridan, muzlash va ortiqcha qizib ketishdan himoyalash vazifasini
bajaradi. Asosiy himoyalovchi konstruktsiyalar tarkibiga tom qoplamasi, gidroizolyatsiya,
issiqlik izolyatsiyasi va zanglashdan himoyalovchi qoplamalar kiradi.
Bino va inshootlar konstruktsiyalarini tiklashning yakunlovchi bosqichi hisoblangan tom
qoplamasi hosil qilingach, binoning barcha qavatlarida pardozlash ishlarini bajarish imkoniyati
yuzaga keladi. Tom qoplamasini hosil qilishdagi texnologik jarayon tarkibi foydalaniladigan tom
materialiga bog’liq bo’ladi. Tom qoplamasini hosil qilishda o’rama materiallar, mastika,
asbestotsement materiallar (shifer), cherepitsa va po’lat listlar ishlatiladi. Kam qavatli, asosan
kottedj tipidagi binolar qurilishida cherepitsa ko’rinishidagi metall listlar qo’llanila boshlandi.
Gidroizolyatsiya ishlari bino konstruktsiyalarini (misol uchun, poydevorlarni) namlikdan
himoya qilish maqsadida bajariladi; shuningdek tom ishlari tarkibida gidroizolyatsiya va bug’dan
himoyalovchi qatlamlar hosil qilinadi. Bu ishlar bino konstruktsiyalarini tiklash ishlari bilan
birgalikda ham olib borilishi mumkin. Ko’pincha gidroizolyatsiya qatlamini mexanik
shikastlanishlardan saqlash ishlarini bajarishga to’g’ri keladi.
Qurilish jarayonida bajariladigan issiqlik izolyatsiyasi g’ovakli tuzilishga ega bo’lib,
uning bir yoki ikki tomonida namlikdan himoyalovchi qatlam hosil qilinadi; shuningdek
mexanik shikastlanishlardan ham himoyalashga to’g’ri keladi. Tik ko’rinishdagi (vertikalь)
issiqlik izolyatsiyasi yuqori qatlamlari cho’kmasligi uchun qo’shimcha tadbirlarni talab etadi.
Zanglashdan himoyalovchi qoplamalar odatda yig’ma temir-beton konstruktsiyalarni
montajga tayyorlash jarayonida hamda bino karakasining elementlari montaj qilinib, bir-biriga
biriktirilib bo’lingandan so’ng ulardagi metall payvandlash detallari sirtida hosil qilinadi.
|