|
- rasm. Rejalovchi reykalar yordamida tekislovchi qatlam hosil qilishBog'liq 14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi 15.8- rasm. Rejalovchi reykalar yordamida tekislovchi qatlam hosil qilish
a-tsement-qumli qorishmani tekislash; b-burchaklarni tekislashda ishlatiladigan
poluterka; 1-rejalovchi reyka; 2-yangi yotqizilgan qorishma; 3-reja cho’p (pravilo);
4-qorishma qutisi; 5-tayyor bo’lgan tekislovchi qatlam; 6-rejalovchi reykalar olib
tashlangandan so’ng qorishma bilan to’lg’aziladigan oraliqlar.
Sochiluvchan materiallar asosidagi issiqlik izolyatsiyasi sirtida tsement-qumli qorishma,
asfalьtbeton va beton plitalardan tekislovchi qatlam hosil qilinadi. Tekislovchi qatlam rejalovchi
reykalar bo’ylab to’shaladi (15.8-rasm). Yig’ma yoki quruq tekislovchi qatlam, ayniqsa qish
sharoitida, qalinligi 10mm bo’lgan presslangan asbesttsement listlardan hosil qilinadi. O’rama
materiallar yaxshi yopishishi uchun tekislovchi qatlamga sovuq bitumli gruntovka (eritilgan
bitumning kerosin bilan aralashmasi) surtib chiqiladi. Tayyor gruntovka 16...20oS haroratda
suyuq va bir jinsli bo’lishi kerak. Yangi yotqizilgan tekislovchi qatlamga surtilgan gruntovka
plenka hosil qiladi va qorishma tarkibidagi suvning bug’lanib ketishiga yo’l qo’ymaydi
Asosning tayyorligini tekshirish uchun dastlab o’lchami 1x1m bo’lgan o’rama material
yopishtirib ko’riladi; zarur hollarda asos olovli havoqizdirgichlar bilan quritiladi.
O’rama materiallarni yopishtirish tomning eng past joylaridan boshlanadi. Dastlab yog’in
suvlarini oqizish voronkasi atrofiga shisha mato yopishtiriladi. So’ngra uning ustidan va
yendovaga to’rt qatlam o’rama materialni choklarini qochirib yopishtiriladi. SHundan so’ng
tomning tutash qismlariga qo’shimcha o’rama materiallar yopishtirib chiqilgach, butun tom
yuzasi bo’ylab o’rama materiallarning barcha qatlamlari navbatma-navbat yopishtirib chiqiladi.
O’rama materiallarni qaynoq mastika bilan yopishtirishda barcha qatlamlarni birdaniga
yopishtirib ketishga ruhsat etiladi. O’rama materiallarni birdaniga uch qatlam qilib yopishtirish
uchta tom ishchilari zvenosi, to’rt qatlam qilib yopishtirish
to’rtta tom ishchilari zvenosi tomonidan amalga oshiriladi (15.9-rasm).
|
| |