1...4- o’rama materiallar.
O’rama materiallarni bir necha qatlam qilib yopishtirilishi
natijasida monolit, suv
o’tkazmaydigan tom to’shamasi hosil bo’ladi. O’rama materialli tomlar tekis (nishabligi 3%
gacha) va nishabli (nishabligi 3% dan ortiq) tomlarga bo’linadi. Nishablikning eng katta qiymati
25% ni tashkil etadi.
Ostki qatlam uchun odatda pergamin yoki mayda mineral sochma qatlamli ruberoid
ishlatiladi. Yuqori qatlam yirik sochma qatlamli ruberoiddan hosil qilinadi.
Barcha qatlamdagi
o’rama materiallar qaynoq yoki sovuq bitumli mastikalar bilan yopishtiriladi.
Nishabligi 3% dan kam bo’lgan tomlarda faqatgina biobardoshli materiallar – gidroizol,
antiseptik asosli ruberoid, bitumlashgan shisha mato, tolь-koja, turli sintetik materialli plenkalar
ishlatiladi.
Tom nishabligi 15% gacha bo’lganda o’rama materiallar nishablik yo’nalishiga
ko’ndalang
ravishda, ya’ni karniz bo’ylab yopishtiriladi. Tom nishabligi 15% dan ortiq
bo’lganda o’rama materiallar nishablik yo’nalishida (yog’in suvlarining oqish yo’nalishida)
yoziladi va ularning uchlari tom cho’qqisidan 150...200mm o’tkazib to’shaladi (4.5-rasm).
O’rama materiallarning kengligi bo’yicha chok bostirilishi, nishablik 5% dan kichik bo’lganda,
ichki qatlamlarda 70mm, tashqi qatlamda 100mm ni tashkil etadi. Tom nishabligi 5% dan katta
bo’lganda barcha qatlamlarda o’rama materiallar kengligi bo’yicha bir-birini 100mm
ga bosib
tushishi kerak.
Barcha qoplamalardagi o’rama materiallar faqat bir yo’nalishda yopishtirilishi va
qatlamlardagi choklar ustma-ust tushmasligi kerak. Buning uchun o’rama
materiallar kengligi
turlicha qilib olinadi. Misol uchun, ikki qatlamli tom qoplamasida
birinchi qatlam yarim
kenglikda (o’ram uzunasiga ikkiga bo’linadi), ikkinchi qatlam to’liq kenglikda bo’lishi kerak.
Uch qatlamli tom qoplamasida birinchi ichki qatlam 1/3 kenglikda, ikkinchi qatlam 2/3
kenglikda va uchinchi tashqi qatlam to’liq kenglikda bo’lishi kerak.
O’rama materialli tom qoplamasini hosil qilishda eng mas’uliyatli ish yog’in
suvlarini
oqizish voronkasini o’rnatish va uning tom bilan tutash qismiga o’rama material yopishtirish
hisoblanadi. Voronkalar tomning eng past joylariga o’rnatiladi va yog’in
suvlarining voronka
tomon oqish masofasi 15m dan oshib ketmasligi kerak.
Tomning parapet bilan birikish joylarida, suv o’tkazmaslikni ta’minlash
maqsadida
dastlab tom yuzasi bo’ylab asosiy o’rama materiallar yopishtirib chiqiladi. So’ngra birikish
joyida asosiy o’rama materiallar ustiga qo’shimcha o’ramlar to’shaladi,
ularni parapetga
mahkamlanadi va himoyalovchi metall fartuk o’rnatiladi (15.6-rasm).