bitumga uzluksiz aralashtirish jarayonida 110oS gacha qizdirilgan quruq to’ldiruvchi qo’shiladi.
Bitumlar aralashmasidan bog’lovchi tayyorlash va aralashmani og’irlik bo’yicha miqdorlashda
dastlab qozonga yengil eriydigan bitum tashlanib uni suvsizlantiriladi, so’ngra mayda
bo’laklarga bo’lingan qiyin eriydigan bitum tashlanadi.
Qaynash va ko’piklash jarayonida toshib ketmasligi uchun qozonning faqat ¾ qismi
bitum bilan to’lg’aziladi. Bitumni uzoq qaynatish uning sifatini yomonlashuviga olib keladi.
Bitumni qizdirishda qozon konstruktsiyasiga bog’liq ravishda o’tin, suyuq va gaz ko’rinishidagi
yoqilg’idan foydalaniladi. Tayyorlangan bitumli mastika termoslarga quyiladi. Qatronli
mastikalar ham bitumli mastikalar kabi tayyorlanadi.
Qaynoq mastikalar 15...20oS haroratda bir jinsli va qattiq holda bo’lishi, 160...180oS
haroratda tekis sirtga cho’tka bilan 2mm qalinlikda yengil surtiladigan bo’lishi kerak. O’zaro
yopishtirilgan ikkita pergamin parchasi ajratilganda ajralish o’rama material bo’yicha yuz berishi
kerak.
Biobardoshli bo’lmagan o’rama materiallarni yopishtirishda bitumli mastika tarkibiga
ftorli natriy, kremniyftorli natriy kabi antiseptiklar qo’shiladi.
Qaynoq bitumli mastikalarning harorati ularni tayyorlash jarayonida 200oS dan, qatronli
mastikalarning harorati esa 150oS dan oshmasligi kerak. O’rama materiallarni yopishtirishda
bitumli mastikalarning harorati 160oS dan, qatronli mastikalarning harorati esa 120oS dan kam
bo’lmasligi kerak. SHu sababli mastikalarni tayyorlash va ishlatish jarayonida ularning harorati
doimiy nazorat qilib borilishi kerak.
Sovuq mastika sekin bug’lanuvchi eritgich bilan suyultirilgan bitum va to’ldiruvchi
aralashmasidan tarkib topadi. Qozonga bitum solinadi va 160...180oS haroratda ko’piklash
jarayoni tugagunga qadar eritiladi. Boshqa qozonda tegishli miqdordagi quruq to’ldiruvchi
(so’ndirilgan ohakli asbest) va eritgich (zangori moy, solyarka) aralashtiriladi. Birinchi qozonda
eritilayotgan bitum suvsizlanib bo’lgach ikkinchi qozondagi aralashma asta-sekinlik bilan
qo’shiladi va ko’piklash jarayoni tugab bir jinsli massa hosil bo’lgunga qadar aralashtiriladi.
Sovuq mastika zavod sharoitida tayyorlanadi va qurilish maydoniga tayyor holda, germetik
idishlarda keltiriladi. Havo harorati +5oS gacha bo’lganda mastikani qizdirmasdan, havo harorati
+5oS dan past bo’lgan hollarda 60...70oS gacha qizdirib ishlatiladi. 18...20oS haroratli sovuq
mastikalar oquvchan va bir jinsli bo’lishi kerak.
Sovuq mastikalar suyultirilgan bog’lovchilar va bitumli pastalar asosida tayyorlanadi.
Suyultirilgan bog’lovchilar asosidagi mastikalarga bitumli, rezinabitumli, gudrokamli mastikalar
kiradi. Bu mastikalar o’rama materiallarni yopishtirishda, himoya qatlami va bug’dan
himoyalovchi qatlam hosil qilishda ishlatiladi. Bitumli pastalar asosidagi mastikalar
deformatsiya choklarini to’lg’azishda qo’llaniladi; shuningdek issiq iqlimli hududlarda tom
qoplamasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Eritgichlar moddalarni eritib ular bilan bir jinsli sistema hosil qiladigan ximiyaviy
birikmalardir. Eritgichlar tez va to’liq uchib chiqib ketadi, shundan so’ng eritilgan materialning
dastlabki tuzilishi va hossalari qayta tiklanadi.
Sovuq mastikalar uchun eritgichlar (suyultirgichlar) sifatida suyuq organik moddalar
ishlatilib ular uchuvchan va uchmaydigan turlarga bo’linadi.
Uchuvchan eritgichlar