15.4-rasm. O’rama materiallarni tozalab qayta o’rovchi mashina
a-umumiy ko’rinishi; b-ishlash sxemasi; 1-chiqindi yig’ish; 2-o’ram mahkamlanuvchi o’q;
3-tozalanadigan o’ram; 4-tozalovchi valiklar; 5-tozalangan o’ram; 6-chiqindi yig’gichga
yuborilayotgan sochmalar.
O’rama materiallarni sovuq mastika bilan yopishtirishda
sochma himoya qatlamidan
tozalash talab etilmaydi, chunki sochma material mastikaga to’liq shimilib, to’ldiruvchiga
aylanadi. Lekin tom qoplamasining yuqori qatlamidagi o’rama
materiallarning bir-biriga
yopishtiriladigan qismi sochma materiallardan tozalanishi kerak.
Himoya qatlami tomga to’shalgan o’rama materiallarni mexanik ta’sirlardan himoya
qilish vazifasini bajaradi. Himoya qatlami qum, yirikligi 5...10mm bo’lgan
chaqiq tosh,
maydalangan slyudani mastika qatlamiga botirib hosil qilinadi. Quyosh radiatsiyasi intensiv
bo’lgan hududlarda quyosh nurlarini qaytarish uchun tom qoplamalariga alyuminiyli bo’yoq –
alyuminiy pudrasini lak bilan aralashtirilgan suspenziyasi surtiladi.
O’rama materialli tom qoplamasini hosil qilish
O’rama materialli tom qoplamalari sanoat va fuqaro binolarida qo’llaniladi.
O’rama materiallarni to’shash ishlari potok uslubida olib boriladi. O’rama materialli tom
qoplamasini hosil qilish ishlari tayyorlovchi,
tashuvchi, mastika tayyorlovchi va o’rama
materiallarni to’shovchi zvenolardan tarkib topgan kompleks brigada tomonidan amalga
oshiriladi.
Tom ishlarini bajaruvchi brigadaga ajratilgan uchastkaga
ish fronti deyiladi.
Uchastka
o’lchami tom ishchilari, ular foydalanadigan asboblar, mexanizmlar
va materiallar joylashishi
uchun yetarli darajada bo’lishi kerak.
Brigadaga ajratilgan ish fronti (butun tom yoki uning bir qismi) ga
qamrov (zaxvatka)
deyiladi.
Tom ishchilari zvenosiga ajratilgan ish frontiga
bo’lma (delyanka) deyiladi.
O’rama materiallarni to’shashdan avval buyurtmachi tom qoplamasi asosini yopiq ishlar
aktini rasmiylashtirib, qabul qilib olishi kerak. Dastlab karniz o’stirmasi, yendova va yog’in
suvlarini oqizish voronkasi atrofiga gidroizolyatsion materiallar yopishtirib chiqiladi.
O’rama materialli tom qoplamasidagi qatlamlar soni tom nishabligiga bog’liq ravishda
qabul qilinadi:
Tom nishabligi, %
1...3
3...7
7...15 >15
O’rama materiallar qatlamlarining soni
5
4
3
2