• Bitumli emulьsiyalar.
  • Emulьsiyalar, gruntovkalar va pastalar




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/28
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #146279
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
    Bog'liq
    14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi

    Emulьsiyalar, gruntovkalar va pastalar. Tom qoplamasining asosi ko’pincha ko’plab 
    g’ovakliklarga ega bo’ladi. Agar bu g’ovakliklarni shunday qoldirilsa ular suv bilan to’ladi va 
    ko’p martalab muzlash-erish natijasida asosning yemirilishiga olib keladi. SHu sababli bu 
    g’ovakliklar gidrofob tarkiblar bilan to’lg’aziladi yoki asos uzluksiz gidrofob plenka bilan 
    qoplanadi. SHu maqsadda suyuq emulsiya va gruntovkalar qo’llaniladi. 
    Bitumli emulьsiyalar. O’ta maydalangan bitum va suv aralashmasidan tarkib topadi. 
    Emulьsiyalarning barqarorligini ta’minlash maqsadida ular tarkibiga sirt-aktiv moddalar – 
    emulьgatorlar (olein kislotasi, sulьfit-spirtli barda, asidol) qo’shiladi. 
    Gruntovkalar gidroizolyatsion tarkib hisoblanib himoyalanadigan konstruktsiya 
    (tekislovchi qatlam) sirtiga yupqa qatlam hosil qilib surtiladi va navbatdagi qatlamni asos bilan 
    yaxshi birikishini ta’minlaydi. Gruntovkalar faqat sovuq holatda ishlatiladi. Gruntovkalarning 
    massa bo’yicha taxminiy tarkiblari, %: 
    a) bitum – 40, benzin yoki kerosin – 60 
    b) bitum – 30, benzin yoki benzol – 70 
    Gruntovkalarning qurish vaqti qotgan tsementli tekislovchi qatlam uchun ko’pi bilan 10 
    soatni, yangi yotqizilgan tekislovchi qatlam uchun 12-48 soatni tashkil etadi. Gruntovkani 
    tayyorlash uchun bachok yoki termosga eritilgan va suvsizlantirilgan bitum quyiladi, so’ngra 
    doimiy aralashtirish jarayonida eritgichni qismlab qo’shib boriladi. 
    Olis masofalarga qaynoq mastikalarni avtogudranatorda tashiladi; sovuq mastikalar
    gruntovkalar va emulьsiyalarni tashishda esa germetik qopqoqli bochkalardan foydalaniladi. Bu 
    materiallar yopiq omborlarda yoki bostirmalar ostida saqlanishi kerak. 
    Pastalar gidroizolyatsiya va bug’dan himoyalovchi qatlam hosil qilishda, tom 
    qoplamasidagi choklarni zichlashda, shuningdek, sovuq mastikalar uchun bog’lovchi material 
    sifatida ishlatiladi. Bitumli pasta asosidagi sovuq mastikalar bitumli pastani mineral to’ldiruvchi 
    va antiseptik bilan aralashtirib tayyorlanadi. 

    Download 0,74 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish