To’lqinsimon asbesttsement listlar (shifer)




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana26.01.2024
Hajmi0,74 Mb.
#146279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi

To’lqinsimon asbesttsement listlar (shifer) nishabligi katta bo’lgan (28% gacha) 
chordoqli tomlarda qo’llaniladi. 
CHerepitsalar qo’llanilganda tomning nishabligi kamida 33% bo’lishi kerak. 
Keyingi paytlarda tom qoplamasi sifatida metall cherepitsalar ham qo’llanila boshlandi. 
O’rama materialli tomlar 
Tom qoplamasi uchun o’rama materiallar sifatida karton yoki shisha mato asosida 
tayyorlanadigan va maxsus qorishmalarni shimdirish yo’li bilan tayyorlanadigan materiallar 
ishlatiladi. O’rama materiallar bog’lovchining turiga ko’ra bitumli, bitumpolimerli, qatronli, 
qatronbitumli turlarga bo’linadi. Tuzilishiga ko’ra ikki turga bo’linadi: asos (karton) ni organik 
bog’lovchiga shimdirib, har ikki tomonida organik bog’lovchi va to’ldirgichdan iborat bo’lgan 
qatlam hosil qilib tayyorlanadigan qoplama qatlamli materiallar va asosni organik bog’lovchiga 
shimdirib tayyorlanadigan qoplama qatlamsiz materiallar. Bu materiallar kengligi 400...1050mm 
va uzunligi 7...12m bo’lgan o’ram ko’rinishida ishlab chiqariladi. 


Ruberoid – kartonni neft bitumiga shimdirib, har ikki tomoniga neft bitumini surtib 
qoplama qatlam hosil qilingan material. Ruberoidning sifatini oshirish uchun qoplama qatlam 
tarkibiga polimerlar va antiseptiklar qo’shiladi. Ruberoidning bir yoki ikki tomoni sochma 
qatlam bilan qoplanadi. Ruberoidning 70mm kenglikdagi tashqi chetki sirti sochma qatlamsiz, 
toza holatda qoldirilishi kerak. 
Pergamin – kartonni yumshoq neft bitumiga shimdirish yo’li bilan tayyorlanadigan 
material. Pergamin ruberoid ostiga to’shaladigan material sifatida va qaynoq bitumli mastika 
bilan yopishtirib bug’dan himoyalovchi qatlam hosil qilishda ishlatiladi. 
Gidroizol – asbestli kartonni neft bitumiga shimdirib tayyorlanadigan, chirishga 
bardoshli qoplama qatlamsiz gidroizolyatsion material. CHordoqsiz tomlarda qaynoq bitumli 
mastika bilan yopishtirib gidroizolyatsiya hosil qilishda ishlatiladi. 

Download 0,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’lqinsimon asbesttsement listlar (shifer)

Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish