tozalash talab etiladi. Sovuq mastikalar ishlatilganda esa bunga zarurat bo’lmaydi, chunki
sochmalar mastikaga to’liq shimilib to’ldiruvchiga aylanadi va yopishtiruvchi qatlamning
qovushoqligini oshiradi.
Mastika tarkibiga so’ndirilgan ohakning qo’shilishi o’rama materialning asosga yopishish
mustahkamligining o’sishini birmuncha sekinlashtiradi, lekin umumiy holatda mastika
mustahkamligining ortishiga olib keladi. Mastika tarkibidagi asbest yoki shisha tola havo
harorati ortganda mastikaning oquvchanligini kamaytiradi va qo’shimcha simlash vazifasini
bajaradi. Sovuq mastikalarni tayyorlashda zangori moydan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki u
ishchilarning teri va ko’z pardalariga zararli ta’sir etadi.
O’rama qoplamaning ostki qatlamiga pergamin o’rniga ruberoid ishlatish tavsiya etiladi,
chunki ruberoidning yopishish mustahkamligi pergaminga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi.
Sovuq mastikalar asos sirtiga yupqa qatlam hosil qilib surtiladi. Mastika sarfi 1m
2
yuza uchun
250g dan ortib ketmasligi kerak, chunki mastikaning bundan ortiq miqdori tom qoplamasi
sifatining yomonlashuviga olib keladi.
Qaynoq bitumli va bitum-rezinali mastikalar markazlashgan holda hamda bevosita
qurilish maydonida tayyorlanishi mumkin. Sovuq bitumli va bitum-rezinali mastikalar odatda
markazlashgan holda tayyorlanadi va qurilish maydoniga zich yopiladigan idishlarda keltiriladi.