− Bir qavat qilib yopishtiriladigan elastomer o’rama materiallar: elon, polikrov,
kromel, krovlen, krovlelon.
Eriydigan qatlamli materiallardan tom qoplamasini hosil qilish
ikki hil usulda bajarilishi
mumkin.
1) Olovsiz (sovuq) usulda gruntovka qilingan asosdagi va o’rama materialning qoplama
qatlamidagi mastika eritgichlar – uayt-spirit yoki kerosinni 45...60g/m
2
miqdorda purkash yo’li
bilan eritiladi. O’rama materialni asosga yopishtirish uzluksiz bajariladi va oradan 7...15min
o’tgach zichlanadi.
TSement-qumli tekislovchi qatlam tarkibi 1:2 bo’lgan bitum-kerosin
eritmasi bilan
gruntovka qilinadi. Ostki qatlam uchun ishlatiladigan o’rama material mineral sochmalardan
tozalanadi, ustki qatlamdagi o’rama materiallarning bir-biri bilan ustma-ust tushadigan 100mm
kenglikdagi qismigina yirik donador sochmalardan tozalanadi. Tomda o’rama
materiallarni
yopishtirish bir vaqtning o’zida eritgichning zaruriy miqdorda purkovchi va o’ramni to’shab
boruvchi qurilma yordamida bajariladi (15.13-rasm). O’ram to’shalish jarayonida qurilmadagi
zichlagich bilan asosga zichlab boriladi. Oradan 7...15min vaqt o’tgach yopishtirilgan o’rama
material massasi 100kg bo’lgan zichlagich yordamida uch marta o’tish yo’li
bilan uzil-kesil
zichlanadi. Eritgichlarni sochishda qo’lda bo’yoq sochuvchi moslamadan foydalanish ham
yaxshi samara beradi (4.13-rasm).