- rasm. SHtamplangan o’yiqli cherepitsali tom qoplamasi




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana26.01.2024
Hajmi0,74 Mb.
#146279
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi

15.21- rasm. SHtamplangan o’yiqli cherepitsali tom qoplamasi 
a-cherepitsalarni joylashtirish; b-cherepitsalarni mahkamlash; 1-karniz panjarasi 
(obreshyotka); 2-chordoq to’sini (stropila); 3-yarimtalik cherepitsa; 4-butun cherepitsa;
5-yog’och panjara (obreshyotka); 6-mix; 7-sim. 
Yumshoq cherepitsa deb nomlanuvchi cherepitsalar shisha tola aralashtirilgan maxsus 
asfalьt qorishmasidan bir necha qatlam qilib tayyorlanadi. Tashqi qatlam sirti keramik yoki 
bazalьtning maydalangan qumi bilan qoplanib himoya-dekorativ vazifani bajaradi va turli rangga 
ega bo’ladi. Bu cherepitsa yuqori sifatliligi, narxining arzonligi, chiroyli ko’rinishi, o’rnatilish 
texnologiyasining oddiyligi bilan ajralib turadi. 
Metall cherepitsalar qalinlig 0,5mm bo’lgan ruhlangan po’lat varaqlardan tayyorlanib 
polimer qoplamaga ega bo’ladi. Qoplama qatlam sifatida alyuminiy, ruh va kremniy qotishmasi 
ham ishlatilishi mumkin. Varaqlar uzunligi 7m gacha, kengligi 1,1...1,2m ni tashkil etadi. 
Varaqlar oq, sariq, kulrang, qizil, jigarrang, ko’k va yashil ranglarga ega bo’lishi 
mumkin. 
Metall cherepitsalar yog’och panjaralarga mahkamlanadi. Bunda varaqlar cheti bino 
karnizidan 40mm chiqib turishi kerak. CHerepitsalar buraluvchi boltlar yoki qirqib kiruvchi 
shuruplar bilan mahkamlanadi. 
Tom qoplamasi sifatida mis varaqlardan ham foydalanilmoqda. Mis varaqlarning 
o’lchamlari 600x1200mm, 1250x1800mm, 1900x2500mm va 2600x3000mm ni qalinligi esa 
0,5...1,0mm ni tashkil etadi. Mis varaqlar lenta yoki o’ram ko’rinishida ham tayyorlanishi 
mumkin. Bunda ularning uzunligi tom o’lchamiga bog’liq holda belgilanadi. Ularni 
mahkamlashda mis yoki mislangan mixlardan foydalaniladi. Dastlab tomda taxtalardan yoki suv 
shimmaydigan ko’p qatlamli faneradan to’shama hosil qilinadi. To’shama sirtiga bitum asosli 
gidroizolyatsion material 10sm chok bostirib mixlar bilan mahkamlanadi. So’ngra metall tom 
qoplamasi hosil qilinadi. Qurilish maydoniga o’ram holida keltirilgan mis varaqlar o’rami 
yoziladi va ularni bir-biriga biriktiruvchi tik falьtslar hosil qilinadi. Falьtslar yog’och panjaraga 
qisqichlar bilan biriktiriladi. Qisqichlar kengligi 25...50mm, uzunligi 70...90mm bo’lib, mis 
varaqlardan qirqib tayyorlanadi va yog’och panjaraga bir-biridan 600mm masofada shuruplar 
yoki mixlar bilan maxkamlanadi. 

Download 0,74 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. SHtamplangan o’yiqli cherepitsali tom qoplamasi

Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish